285
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar ularning boshlang‘ich (qay-
ta tiklanish) qiymati bo‘yicha hisobga olinadi.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qiymatini hisobdan
chiqarish ularning qiymati to‘liq qoplanguniga yoki obyekt hisobdan chi-
qib ketguniga qadar eskirishni (amortizatsiyani) hisoblash yo‘li bilan
amalga oshiriladi. Amortizatsiya ajratmalari obyekt foydalanishga top-
shirilganidan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi. Yerning qiymati
amortizatsiya qilinmaydi.
Moliyaviy qo‘yilmalar buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq
hisobga olinadi.
Majburiyatlar taraflarning kelishuviga muvofiq pulda ifodalangan
holda aks ettiriladi.
Sud qarori bo‘yicha yuzaga kelgan majburiyatlar tegishli summada
aks ettiriladi.
Shartli aktivlar va majburiyatlar buxgalteriya hisobi standartlariga
muvofiq aks ettiriladi.
Byudjet tashkilotlarining aktivlari va majburiyatlarini baholash
byudjet hisobi standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Buxgalteriya hisobi milliy valyutada — so‘mda yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: