286
ekvivalenti chet el valyutasida ifodalangan ustav fondini (ustav kapitalini)
shakllantirish jarayonida yuzaga keladigan kurs farqini aks ettiradi.
Zahira kapitali uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashda hosil
bo‘ladigan inflyatsiya zahiralarini, qonun hujjatlarida va ta’sis hujjatlari-
da nazarda tutilgan miqdorlarda
sof foydadan ajratmalarni, shuningdek
tekinga olingan mol-mulkning qiymatini aks ettiradi.
Taqsimlanmagan foyda foydaning jamg‘arilayotganligini
ifoda-
laydi va mulkdorlarning qaroriga binoan ustav fondiga (ustav kapitaliga)
qo‘shilishi mumkin.
20-modda. Garovni hisobga olish
O‘zining yoki o‘zgalarning majburiyatlarini ta’minlash uchun ga-
rovga
berilgan mol-mulkning qiymati, shu jumladan pul mablag‘lari
buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan boshqa aktivlardan alohida
hisobga olinadi.
Garovga olingan mol-mulkning qiymati, garov sifatida qabul qilib
olingan pul mablag‘lari va valyuta boyliklari
alohida balansdan tashqari
schyotlarda aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: