289
27-modda. Tugatish chog‘idagi moliyaviy hisobot
Xo‘jalik yurituvchi subyektni tugatish chog‘ida yakuniy moliyaviy
hisobot tuziladi.
Tugatish bo‘yicha operatsiyalarni hisobga olish, tugatish balansini
va hisobotni tuzish, aktivlar qiymatini aniqlash yuzasidan javobgarlik tu-
gatish komissiyasining (tugatuvchining) zimmasiga yuklatiladi.
Umidsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga kiritilmaydi.
Tugatish balansida majburiyatlar uni
tuzish sanasida hisoblangan
foizlari bilan aks ettiriladi.
28-modda. Buxgalteriya axborotining maxfiyligi
Buxgalteriya hisobini yuritishda maxfiylikka rioya qilinadi.
Buxgalteriya hisobi registrlarining mazmuni bilan tanishishga buxgalteri-
ya hisobi subyekti rahbarining ruxsatiga ko‘ra yoki qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Buxgalteriya hisobi registrlari bilan
tanishishga ruxsat olgan
shaxslar maxfiylikni saqlashi shart. Maxfiylikni buzganlik qonunda bel-
gilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: