280
7-modda. Buxgalteriya hisobi obyektlari
Aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zahiralar, daromadlar, xa-
rajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik oper-
atsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir.
Buxgalteriya hisobi obyektlari sintetik va analitik hisoblarda yuri-
tiladi.
8-modda. Sintetik va analitik hisob
Sintetik hisob qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda buxgalter-
iya hisobi obyektlari haqidagi ma’lumotlarni muayyan iqtisodiy belgilari
bo‘yicha umumlashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Analitik hisob buxgalteriya hisobi obyektlari
haqidagi batafsil
buxgalteriya axborotini shakllantirish maqsadida buxgalteriya hisobining
subyekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadigan tartibda yuritiladi.
9-modda. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tartibga solish, buxgal-
teriya hisobi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga yuklatiladi.
Buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari buxgalteriya hisobi
standartlari, shu jumladan kichik tadbirkorlik
subyektlari uchun sodda-
lashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritish standarti bilan belgilanadi.
Byudjet
tashkilotlarining
hamda
davlat
maqsadli
jamg‘armalarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotini tartibga
solish byudjet hisobi standartlari hamda boshqa
qonun hujjatlari asosida
amalga oshiriladi.
Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi
hamda hisobotini tartibga solish O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy
banki tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
10-modda. Buxgalteriya hisobi standartlari
Buxgalteriya hisobi standartlari buxgalteriya hisobini yuritish va
moliyaviy hisobotni tuzishga doir minimal talablarni belgilaydi.
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari
buxgalteriya hisobini
tashkil etish, yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishga doir maxsus tal-
ablarni belgilaydi.
Buxgalteriya hisobi subyektlari moliyaviy
hisobotning xalqaro
standartlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo‘llashi mumkin.
Dostları ilə paylaş: