I. Булим. Бухгалтерия хисоби


-modda. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/201
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204181
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
11-modda. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish 


281 
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni buxgalteriya 
hisobi subyektining rahbari amalga oshiradi. 
Buxgalteriya hisobi subyektining rahbari quyidagi huquqlarga ega: 
buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari boshchiligida buxgalteriya 
hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan 
buxgalter xizmatidan foydalanish; 
buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga (au-
ditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida 
buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish nazarda tutilgan 
boshqa tashkilotlar) shartnoma asosida yuklash; 
buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish. 
Buxgalteriya hisobi subyektining rahbari: 
hisob siyosati, ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini; 
ichki nazorat tartibini; 
buxgalteriya hisobi to‘liq va ishonchli yuritilishini; 
hisob hujjatlarining but saqlanishini; 
moliyaviy hisobotning tayyorlanishini; 
soliq hisobotining va boshqa moliyaviy hujjatlarning tayyorlan-
ishini; 
hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini; 
ushbu 
Qonun 12-moddasining talablariga 
rioya 
etilishini 
ta’minlashi shart. 
12-modda. Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari 
Bosh buxgalter yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish 
vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxs buxgalteriya 
hisobi xizmatining rahbaridir. 
Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari bevosita buxgalteriya 
hisobi subyektining rahbariga bo‘ysunadi. 
Buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining xo‘jalik operatsiyalarini 
hujjatlar asosida rasmiylashtirish va ularni buxgalteriya hisobi xizmatiga 
taqdim etish bo‘yicha talablari buxgalteriya hisobi subyektining barcha 
xodimlari uchun majburiydir. 
Buxgalteriya hisobi subyektining rahbari va buxgalteriya hisobi 
xizmatining rahbari o‘rtasida ayrim xo‘jalik operatsiyalarini amalga 
oshirishga doir kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ular bo‘yicha 
hujjatlar operatsiyalar amalga oshirilishining oqibatlari uchun shaxsan 
javobgar bo‘lgan buxgalteriya hisobi subyekti rahbarining yozma farmoy-
ishi bilan ijroga qabul qilinishi mumkin. 


282 
Majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteri-
ya hisobi subyektining (banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan 
mustasno) buxgalteriya hisobi xizmati rahbari quyidagi talablarga javob 
berishi kerak: 
oliy ma’lumotga ega bo‘lish; 
oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda, oxirgi besh kalen-
dar yildan kamida uch yili, noiqtisodiy oliy ma’lumotga ega bo‘lgan 
taqdirda esa, oxirgi o‘n kalendar yildan kamida yetti yili buxgalteriya 
hisobini yuritish yoki moliyaviy hisobotni tuzish yoxud auditorlik faoli-
yati bilan bog‘liq ish stajiga ega bo‘lish. 
Majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteri-
ya hisobi subyektining rahbari buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining 
har yili malaka oshirishdan o‘tishini ta’minlashi shart. 
Ushbu modda beshinchi va oltinchi qismlarining talablari majburiy 
auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobi subyek-
tining rahbari buxgalteriya hisobini yuritishni shartnoma asosida zim-
masiga yuklagan ixtisoslashtirilgan tashkilot xodimiga nisbatan ham tat-
biq etiladi. 
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati 
cheklangan deb topilgan, shuningdek qasddan sodir etilgan jinoyat uchun 
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan 
shaxs buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari bo‘lishi mumkin emas. 
Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi 
xizmati rahbarlariga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki tomonidan belgilanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin