I. Булим. Бухгалтерия хисоби


-modda. Daromadlar va xarajatlarni hisobga olish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/201
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204181
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

18-modda. Daromadlar va xarajatlarni hisobga olish 
Daromadlar va xarajatlar to‘langan vaqti va pul kelib tushgan 
sanadan qat’i nazar, qaysi davrga taalluqli bo‘lsa, o‘sha hisobot davrida 
buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq aks ettiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli 
jamg‘armalari byudjetlarining ijrosi bo‘yicha daromadlar va xarajatlar 
byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aks ettiriladi. 
19-modda. Xususiy kapitalni hisobga olish 
Xususiy kapital ustav fondidan (ustav kapitalidan), qo‘shilgan, za-
hira kapitalidan va taqsimlanmagan foydadan tarkib topadi. 
Ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlarida belgilangan 
hissalarning (pulda ifodalangan holdagi) yig‘indisini aks ettiradi. Ustav 
fondiga (ustav kapitaliga) hissalar shaklida kiritiladigan moddiy va no-
moddiy aktivlar ta’sischilar (ishtirokchilar) o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra 
baholanadi, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, baholovchi tashkilot 
tomonidan baholanishi kerak. 
Qo‘shilgan kapital aksiyalarni nominal qiymatidan baland narxlar-
da dastlabki sotishdan olinadigan emissiya daromadini, shuningdek 


286 
ekvivalenti chet el valyutasida ifodalangan ustav fondini (ustav kapitalini) 
shakllantirish jarayonida yuzaga keladigan kurs farqini aks ettiradi. 
Zahira kapitali uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashda hosil 
bo‘ladigan inflyatsiya zahiralarini, qonun hujjatlarida va ta’sis hujjatlari-
da nazarda tutilgan miqdorlarda sof foydadan ajratmalarni, shuningdek 
tekinga olingan mol-mulkning qiymatini aks ettiradi. 
Taqsimlanmagan foyda foydaning jamg‘arilayotganligini ifoda-
laydi va mulkdorlarning qaroriga binoan ustav fondiga (ustav kapitaliga) 
qo‘shilishi mumkin. 
20-modda. Garovni hisobga olish 
O‘zining yoki o‘zgalarning majburiyatlarini ta’minlash uchun ga-
rovga berilgan mol-mulkning qiymati, shu jumladan pul mablag‘lari 
buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan boshqa aktivlardan alohida 
hisobga olinadi. 
Garovga olingan mol-mulkning qiymati, garov sifatida qabul qilib 
olingan pul mablag‘lari va valyuta boyliklari alohida balansdan tashqari 
schyotlarda aks ettiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin