I. Булим. Бухгалтерия хисоби


-modda. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/201
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204181
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

23-modda. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot 
Asosiy xo‘jalik jamiyati bo‘lgan va sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga
o‘z nazorati ostidagi tashkilotlarga ega buxgalteriya hisobi subyekti kon-
solidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzadi. 
Konsolidatsiyalashgan 
moliyaviy 
hisobotni 
tuzish 
tartibi, 
shuningdek asosiy xo‘jalik jamiyatining nazorati ostidagi tashkilotlarga 
qo‘yiladigan talablar buxgalteriya hisobi standartlari bilan belgilanadi. 
Ushbu modda talablari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va 
byudjet tashkilotlarining jamlanma moliyaviy hisobotiga nisbatan tatbiq 
etilmaydi. 
24-modda. Moliyaviy hisobotning hisobot davri 
1 yanvar — 31 dekabr kalendar yili yillik moliyaviy hisobotning 
hisobot davridir. 
1 yanvardan boshlab davriy moliyaviy hisobot tuzilayotgan davrn-
ing hisobot sanasini ham qamrab olgan davr kalendar yil mobaynida tuzi-
ladigan davriy moliyaviy hisobot uchun hisobot davridir. 
Yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxs 
huquqi qo‘lga kiritilgan sanadan boshlab o‘sha yilning 31 dekabriga 
qadar bo‘lgan davr, yuridik shaxs bo‘lmaganlar uchun esa, ular davlat or-
ganlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab o‘sha yilning 31 deka-
briga qadar bo‘lgan davr birinchi hisobot yili deb hisoblanadi. 


288 
Agar yuridik shaxs (byudjet tashkilotlaridan tashqari) 1 oktabrdan 
keyin ro‘yxatga olingan bo‘lsa, birinchi hisobot yili keyingi yilning 31 
dekabrida tugaydi. 
Ro‘yxatdan o‘tilguniga yoki yuridik shaxs huquqi olinguniga qadar 
amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bi-
rinchi hisobot yilining moliyaviy hisobotiga kiritiladi. 
25-modda. Moliyaviy hisobotni taqdim etish 
Moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi: 
davlat soliq xizmati organlariga; 
ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga; 
davlat statistika organlariga; 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga. 
Moliyaviy hisobot elektron hujjat tarzida taqdim etilishi mumkin. 
Moliyaviy hisobot yilning har choragida taqdim etiladi. Kichik 
korxonalar va mikrofirmalar buxgalteriya balansidan hamda moliyaviy 
natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan iborat faqat yillik moliyaviy hisobotni 
taqdim etadi. 
Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari O‘zbekiston Respu-
blikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan buxgal-
teriya hisobining ayrim subyektlari uchun moliyaviy hisobotni taqdim et-
ishning boshqa muddatlari belgilanishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin