Mishyak-ishqoriy usul. Absorbentning xiliga qarab bu usul mishyak-sodali va mishyak-ammiakli usullarga bo'linadi. Absorbentlarni tayyorlash uchun mishyak As2O3moddasi Na2CO3 yoki NH4OH larda eritiladi. Soda eritmasida erish jarayonida quyidagi reaksiya sodir bo'ladi:
Na2CO3+As2O3+H2O=2Na2HAs2O3+2SO2 Yutuvchi suyuqlik vodorod sulfid bilan o'zaro ta'sir qilganda hosil bo'ladi:
Na2HAs2O 3 +5H2S=Na4As2S5+6H2O Hosil bo'lgan oksisulfomishyak-natriy tuzi vodorod sulfid uchun yutuvchi eritma hisoblanadi. Absorbsiya jarayoni quyidagicha boradi:
Na4As2S5O2+H2 S=Na4As2S6O+H2O Ushbu eritma kislorod yordamida regeneratsiya qilinganda oltingugurt moddasi ajralib chiqadi:
2Na4As2S6+O2=2Na4As2S5O2+S
Reaksiyada ajralgan oltingugurt moddasi eritmadan ajratiladi, regeneratsiyalangan eritma esa yana absorbsiyaga qaytariladi. Jarayonda quyidagi qo'shimcha reaksiyalar sodir bo'ladi:
Na2CO3 +H2O=NaOH + NaHCO3 Na2CO3+ H2S=NaHS+NaHCO3 Na2CO+H2S=NaHS+CO2+H2O NaOH+H2S=NaHS+H2O Jarayonning (Tiloks jarayoni) texnologik sxemasi quyidagi rasmda keltirilgan.
Tozalanadigan gaz absorberda vodorod sulfiddan ajratiladi. Absorberda to'yingan eritma issiqlik almashtirgichida 40°C gacha qizdiriladi, keyin regeneratsiya jarayoniga yuboriladi. Regeneratorga qisilgan havo berilib, eritma orqali barbotaj qilinadi. Bunda havo kislorodi ta'sirida eritmadagi vodorod sulfid oksidlanib oltingugurt moddasiga aylanadi va havo pufakchalari bilan suyuqlik yuzasiga qalqib chiqadi. Eritma esa qayta absorberga kaytariladi. Hosil bo’lgan oltingugurt vakuum-filtrda ajratiladi.
Absorbsiya jarayoniga eritmadagi mishyak konsentratsiyasi va uning pH i ta'sir ko'rsatadi. Mishyak konsentratsiyasi 15 dan 25 g/l gacha ko’tarilsa H2S ning yutilish(absorbsiya) darajasi ham 81 dan 97% gacha ko'tariladi. Eritma pH ining optimal ko'rsatkichi 7,8-7,9 bo'lishi kerak.
Jarayonning kamchiligi: soda eritmasining katta sarfi, absorbentda aralashmalarning uchrashidir. Bu esa jarayonni o'tkazishda ma'lum bir kiyinchiliklar tug'diradi.
Temir-soda usuli. Ushbu usulda yuttirish uchun temir gidrooksidining ikki va uch valentli aralashmasi ishlatiladi. Suspenziya 10%li Na2CO3 eritmasi va 18%li temir kuporosi eritmalarini aralashtirish bilan tayyorlanadi: