MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASALARIDA KICHIK GURUH BOLALARDA DIOLOGIK NUTQNI RIVOJLANTIRISHGA DOIR MASHG`ULOTLAR
I.BOB. KICHIK YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH VAZIFALARI 1.1 Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish vazifalari
Psixolingvistik adabiyotlar, yarim tilli- lik, ijtimoiy kutish, kommunikativ yo‘naltirilganlik, ijtimoiy vaziyat, emotsional kechinmalar, ermak o‘yinlar, diksiya, emotsional ekspres- siya, empatiya Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish vazifalari. Uch- besh yoshli bolalarda kattalaming mehriga, ulaming tushunishiga va u bilan muloqot qilishiga ehtiyoj saqlanib qoladi. Kattalarga nis- batan ishonchga asoslangan muloqot va uning emotsional ahvolini (quvonch, zavq-shavq, qayg‘u, xotirjamlik, jahldorlik va h.k.) his qil- ishga, kayfiyat o‘zgarganligi sabablarini tushunishga qodirlik rivoj- lanadi. Kattalar bilan muloqotning yangi shakli - qiziqarli mavzu- larda muloqot qilish vujudga keladi va rivojlanadi. U dastlab kattalar bilan birgalikdagi bilish faoliyatiga (masalan, o‘yin, predmetlar va o‘yinchoqlar bilan tajriba o‘tkazish, qog‘ozdan va tabiiy materialdan narsa yasash va boshq.) qo‘shilib ketgan, so‘ngra, bola hayotining beshinchi yili oxiriga kelib muayyan vaziyat bilan bog‘liq bo‘lmagan bilish mavzularidagi «nazariy» muloqot ko‘rinishiga ega bo‘ladi.
Bolalarning katta yoshli odam bilan muloqotga bo‘lgan ehtiyoji- ning qondirilmasligi ular o‘rtasida emotsional jihatdan begonalashuv- ga olib keladi. U turli ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: ba’zi bolalar indamas, hurkak, arzimagan narsaga ham yig‘lab yuboruvchi bo‘lib qoladilar; boshqalari esa - negativizm, tajovuzni namoyon qilishadi. Bola hayotining to‘rtinchi yilida tengdoshi uning uchun eng av- valo, birgalikdagi amaliy faoliyat (rasm chizish, narsa yasash, tuzish va h.k.) ishtirokchisi, o‘yindagi sherik sifatida qolaveradi. Bola teng- doshiga eng oddiy talablar, iltimoslar bilan murojaat qiladi va teng- doshining harakatiga baho beradi. Besh yoshli bolalar tengdoshlari- ning hadeb u yoki bu narsani so‘rab, jonga tegishini salbiy baholaydi. Besh yoshga kelib, tengdoshlari bilan muloqotga va ular bilan bolalar jamiyatini vujudga keltiradigan birgalikdagi o‘yinlarga bo‘lgan ehtiyoj keskin ortadi. Bola hayotining beshinchi yiliga kelib, u o‘z tengdoshlari o‘rtasida o‘z o‘rnini anglay boshlaydi. Kommunikativ ko‘nikma rivojlanadi: bola salomlashadi va xayrlashadi, do‘stini ismini aytib chaqiradi, to‘rt-besh yoshlarga kelib - sherigini u o‘ynayotgan rol nomi bilan chaqiradi («hoy, shofyor, arqon g‘ildirakning tagiga tushib ketdi»). Kattalar va tengdoshlar bilan muloqot qilish bolaga o‘zining «men»ini anglash imkonini beradi. Aynan muloqotda «men» ob- razining shakllanishi ro‘y beradi. Qulay tarbiya sharoitlarida, ya’ni kattalar va tengdoshlari bolaga xayrixohlik bilan munosabatda bo‘layotganida uning ma’qullanishiga, ijobiy bahoga, tan olishga bo‘lgan ehtiyoji qondiriladi. Salbiy muloqot tajribasi tajovuzga, o‘ziga nisbatan ishonchsizlikka, odamovi bo‘lib qolishga olib keladi. Bolaning o‘ziga-o‘zi baho berishi, odatda yuqori bo‘ladi. Kichik bolakay o‘z shaxsini haddan tashqari yuqori baholashi tabiiy, o‘rinlidir va bu kimdir uning shaxsiy xususiyotlarini salbiy bahola- gan («qizg‘anchiq») yoki uning xulq-atvorini, faoliyatini qandaydir bir ideal bilan, masalan tengdoshi bilan taqqoslagan taqdirda, shaxsni himoya qilishning o‘ziga xos mexanizmi hisoblanadi. Yosh o‘tishi bilan bolaning o‘z aytgan so‘zlariga va xatti-harakat- lariga, shuningdek, faoliyatning har xil turlaridagi o‘z imkoniyatlari va yutuqlariga mos tarzda baho berish rivojlanadi. Besh yoshga kelib o‘zi sodir etgan xatti-harakatlarni ularning boshqa odamning va uning o‘zining jismoniy va emotsional ahvoli uchun keltirib chiqaradigan oqibatlari nuqtayi nazaridan baholashi mumkin. Unga «Agar men birovga yomonlik qilsam, bu unga ham, menga ham yoqmaydi, ikkimiz ham xafa bo‘lamiz. Agar men yax- shi ish qilsam, ikkovimiz ham xursand bo‘lamiz» degan fikr-mulo- hazaning mazmuni tushunarli bo‘ladi. Bolada qiziqishlar va qadriyat yo‘nalishlari, o‘g‘il bolalar va qizlarga xos bo‘lgan muayyan faoliyat turlarini va o‘zini tutish usullarini afzal ko‘rish shakllana boshlaydi (masalan, qizaloqlar qo‘g‘irchoq o‘ynashsa, o‘g‘il bolalar mashi- nalarni o‘ynaydilar va h.k.). Uch yashar bola nutqini rivojlantirishga oid vazifalar:
bolaning imkon doirasi va undan tashqaridagi nutq vositalari bilan faol muloqotga kirishishi, kattalaming savol va takliflariga javob berishi, o‘z istak-xohishlari, hissiyotlari, fikrlarini ifoda qilgan holda tashabbus ko‘rsatib fikr bildirishga intilishini qo‘llab-quvvatlang;
tengdoshlari ishlariga qiziqishi, o‘z taassurotlarini ular bilan o‘rtoqlashishni istashi, o‘yin harakatlari, ro‘y berayotgan hodisaga munosabatini nutq bilan ifodalashga qiziqishini rag‘batlantiring;
bolangizning lug‘at zaxirasini kishilar, o‘simliklar, oziq-ovqatlar, kiyim-boshlar, mebellar, uy hayvonlari, o‘yinchoqlar, narsa-buyum qismlari (ko‘ylak yengi, cho‘ntaklari va yoqasi; mashina eshigi va g‘ildiragi kabilar) nomlari bilan boyitib boring. Gapda so‘zlarni bir- biriga to‘g‘ri bog‘lashni (masalan, «Uyda ketdi» emas, «uyga ketdi», «Kecha boraman» emas, «Bugun boraman») o‘rgatishga alohida e’tibor bering;
bolalarni unli va undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgating.