I kirish. I. bob Asosiy qism


Ilk bolalikdagi nutq rivojlanishining ikki davri



Yüklə 63,25 Kb.
səhifə8/10
tarix18.10.2022
ölçüsü63,25 Kb.
#65359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASALARIDA KICHIK GURUH BOLALARDA DIOLOGIK NUTQNI RIVOJLANTIRISHGA DOIR MASHG`ULOTLAR

2.2.Ilk bolalikdagi nutq rivojlanishining ikki davri
Maktabgacha ta’lim muassasasida moslashish davrining yaxshi o‘tishi uchun tarbiyachi guruhda bolalar uchun emotsional jihat- dan qulay muhitni ta’minlashi zarur. Katta yoshli odam o‘z hissi- yotlarini ochiq va ishonib ifoda qilar ekan, u bu bilan bolani yax­shi ko‘rishini va uning uchun qayg‘urishini, uning tashvishlariga sherik bo‘lishga tayyor ekanligini tushunishga undaydi. Bolaning ham ijobiy (quvonch, zavq-shavq va boshq.), ham salbiy (qo‘rquv, tashvish, arazlash va boshq.) his-tuyg‘ularini erkin ifoda qilishiga ko‘maklashadi.
Ijtimoiy xulq-atvor va muloqotning axloqiy negizi bolaning emot- sional sohasi orqali shakllanadi.
Tabiiy ravishda vujudga keladigan va ataylab yaratiladigan, kat­ta yoshli odam bolaning yordami, g‘amxo‘rligi va diqqat-e’tiboriga muhtoj bo‘ladigan turli vaziyatlardan foydalanish zarur. Bunday vaziyatlarda katta yoshli odam o‘z his-tuyg‘ularini samimiy ravishda namoyon qiladi, bolaga ham ijobiy, ham salbiy emotsiyalarni ifoda- lash yo‘llarini ko‘rsatib beradi.
Uyushtirilgan birgalikdagi harakatlarda pedagog har bir bolaga erishilgan muvaffaqiyatlardan xursand bo‘lish, zavqlanish imko- nini beradi, bolaning har bir mustaqil sa’y-harakatlarini qo‘llab- quvvatlaydi va rag‘batlantiradi, bola qiynalib qolsa unga sez- dirmasdan yordam beradi, ayni paytda unga salbiy baho berishdan o‘zini tiyadi.
Salbiy baholar bolaning boshqa bolalar bilan o‘zaro munosabat- lariga ta’sir qiladi va bu hol guruhda emotsional jihatdan noqulay muhitni yuzaga keltirishi mumkin.
Tarbiyachi doimo boshqa bolalar oldida bolaning har qanday yax­shi harakatlariga ijobiy baho berib borishi darkor.
Katta yoshli odam bolada o‘ziga nisbatan qiziqish, birgalikdagi faoliyatda, o‘yinlarda ishtirok etish istagini hosil qilishi zarur. Ushbu maqsadda u sevimli ertaklar, badiiy adabiyotlar, she’rlardan olingan holatlarni o‘yin vaziyatlariga qo‘shadi.
Bolalar bilan bunday mazmunli muloqotda ular bilan tarbiyachi o‘rtasida ishonchga asoslangan munosabatlar shakllana boshlaydi va bolalarda unga taqlid qilish istagi vujudga keladi.
Uch yoshga kelib bola ijtimoiy rivojlanishning quyidagi ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi:

  • vaziyatli-amaliy muloqot va kattalar bilan oddiy hamkorlikni egallay boshlaydi;

  • kattalar va tengdoshlari bilan muloqotga muhtojlik;

  • tengdoshlar bilan nutqiy muloqot emotsional-amaliy muloqot shakliga ega;

  • eng oddiy shaklda tashabbuskorlik, mustaqillikkni namoyish qila boshlaydi;

  • o‘z imkoniyatlariga ishona boshlaydi.

Uch yoshli bolalardagi markaziy yangilik - «MEN» tizimining paydo bo‘lganligidir, u o‘z navbatida bolada o‘zi harakat qilishga ehtiyojni, irodali xulq-atvor elementlarinii vujudga keltiradi. «MEN» tizimining shakllanganligi o‘ziga-o‘zi baho berish va u bilan bog‘liq kattalar talablariga mos bo‘lishga intilish paydo bo‘ladi.
1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirishga doir mashg‘ulotlarni didaktik o‘yinlar, ermak o‘yinlar, sahna ko‘rinishlari shaklida o‘tkazish tavsiya qilinadi. Ular nafaqat ko‘ngilochar tusga, balki albatta ta’lim tusiga ega bo‘lishi lozim.
Xulosa:
Bola uchun maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnay boshlagan dastlabki kunlar va oylar juda murakkabdir - chunki bolaning onasi o‘rniga boshqa notanish kattalarning paydo bo‘lishi, u o‘rganib qol- gan odatiy turmush-tarzini izdan chiqaradi. Bu ko‘pchilik bolalarda salbiy emotsiyalar, qo‘rquvni vujudga keltirib, ushbu holat butun or- ganizmni qamrab olishi va uning rivojlanishini anchagacha susaytirib qo‘yishi mumkin. Bunday paytda uyquning, ishtahaning buzilishi, tozalik ko‘nikmalarini vaqtincha esdan chiqarish, emotsional kechin- malar (yig‘loqilik, qo‘rquv, hujumkorlik, o‘jarlik va boshq.), sustlik, o‘zi mustaqil ravishda ovqatlanishdan bosh tortish holatlari kuzatila- di. Agarda pedagog xushmuomalali va sabr-toqatli bo‘lsa, bu holatlar

  1. 6 haftada o‘tib ketadi, ayrim bolalarda esa, bundan uzoqroqqa

XULOSA



  • Inson tajribasining tarixan shakllangan mazmuni so‘zli shaklda umumlashtirilgan, uni bayon etish va o‘zlashtirish esa ushbu jarayon- da nutqning ham ishtirok etishini nazarda tutadi. Nutq bolaga inson madaniyatining barcha yutuqlariga yo‘l ochadi.

  • Nutqni egallab olishning eng muhim bosqichlari maktabgacha yoshga to‘g‘ri keladi.

  • Maktabgacha ta’lim bola sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishni ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi.

  • Maktabgacha yoshdagi bola eshitadigan, ma’nosini tushunadi- gan, eslab qoladigan hamda qo‘llaydigan so‘zlarni asta-sekin tevarak- atrof bilan tanishish jarayonida ota-onalari, tengdoshlari axborotlari orqali, shuningdek, o‘zining uncha ko‘p bo‘lmagan so‘z zaxirasiga tayanib bilib oladi.

- «Bola nutqini rivojlantirish» hodisasining o‘zini va uni boshqa- rish jarayonini tahlil qilish maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasida ishlash uchun pedagoglar maxsus tayyorgar- likdan o‘tishlari zarur.


Yüklə 63,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin