MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASALARIDA KICHIK GURUH BOLALARDA DIOLOGIK NUTQNI RIVOJLANTIRISHGA DOIR MASHG`ULOTLAR
MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASALARIDA KICHIK GURUH BOLALARDA DIOLOGIK NUTQNI RIVOJLANTIRISHGA DOIR MASHG`ULOTLAR I.KIRISH. I.bob Asosiy qism: 1.1.. Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish vazifalari 1.2. Kichik yoshdagi bolalar nutgini o‘stirishning metodik masalalari 1.3. Kichik yoshdagi bolalar uchun mashg‘ulotlar ishlanmasi.
1.3. Bolaning har bir yosh bosqichida nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash
II.bob. Nutqni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari: til, nutq, nutqiy faoliyat. 2.1. Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish.
2.2. Ilk bolalikdagi nutq rivojlanishining ikki davri III.Xulosa. IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
KIRISH
Har bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma’naviy yuksalishi, jahonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin oli- shi - bilimli, yuqori intellektual salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlagan yoshlarga bog‘liq hisoblanib, har jihatdan yetuk va barkamol, Vatan taqdiri uchun sidqi dildan xizmat qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o‘qitishni sifatli va maz- mun jihatdan yuqori pog‘onalarga olib chiqish avvalo o‘qituvchi va tarbiyachi murabbiylar zimmasiga sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifani yuklaydi. O‘zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish yo‘lidan borar ekan, o‘z fuqarolarining, ayniqsa, yangi jamiyat barpo etishga bel bog‘lagan, o‘sib kelayotgan yosh avlodning barkamol bo‘lib voyaga yetishiga alohida e’tibor qaratmoqda. Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ij- timoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo‘lib kelgan. Tabiiyki hozirgi ta’lim islohotlari sharoitida ham barkamol avlod tarbiyasi haqida gapirar ekanlar: «Vatanimizning kelajagi, xal- qimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvlambor farzandlarimizning unib, o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishga bogdiqdir.»1 - deb alohida ta’kidlaganlar. Hozirgi paytda yuz berayotgan globallashuv jarayoni va jami- yatni isloh etish sharoitida yangicha fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash ta’lim tizimida ham jiddiy o‘zgarishlar kiritishni talab etadi. Dunyo davlatlari orasida O‘zbekiston Respublikasida birinchilardan bo‘lib umumbashariy tavsifga ega mazkur muammoni hal etishga doir konseptual-nazariy asoslar yaratildi va tizimli ravishda amaliyotga tatbiq etib borilmoqda. Mazkur ezgu maqsadni hayotda o‘z isbotini topishda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda belgilab berilganidek, maktabga- cha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk maktabda o‘qishga tay- yorgarlik darajasini shakllantirish maqsadida tashkil etiladi. Ushbu ta’lim bolaning 6-7 yoshga to‘lguniga qadar oilada maktabgacha ta’lim muassasalari va mulk shaklidan qat’i nazar, ta’lim muassasala- rida olib boriladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajriba- ning tahlili va ta’lim tizimidagi, jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravish- da mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazi- falarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir2. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining birinchi - maktabgacha ta’lim rivojining zamonaviy bosqichi qator o‘zgarishlar bilan tavsiflanadi: maktabgacha ta’lim ochiq turdagi ta’lim muassasasi si- fatida shakllandi; maktabgacha ta’lim muassasalarining eng muhim funksiyasi bolalarning hayotiy faoliyatini muhofaza qilish va salo- matligini mustahkamlash; tarbiyalanuvchilarni maktab ta’limiga muvafaqqiyatli tayyorlash va boshqalar. Shuningdek, bugungi kunda Respublikamizda xilma-xil (yasli, bolalar bog‘chasi, bolalar bog‘chasi-boshlang‘ich maktab, davlatga qarashli va xususiy) turdagi maktabgacha ta’lim muassasalari ham faoliyat yuritmoqda.