MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASALARIDA KICHIK GURUH BOLALARDA DIOLOGIK NUTQNI RIVOJLANTIRISHGA DOIR MASHG`ULOTLAR
2.1 Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish. Bola hayoti kattalarning hayoti va faoliyatiga qo‘shilib ketgan. Lekin shun- ga qaramasdan, ayni paytda bola ularga ta’sir ko‘rsatishning o‘ziga xos insoniy vositalarining birontasiga ham ega emas. Bu esa rivojlanishning ushbu bosqichidagi asosiy irsiy (genetik) vazifani, ya’ni kichkintoylarda kattalar bilan muloqot qilish- ning metod va vositalarini shakllantirish vazifasini belgilab beradi. Emotsional-vositasiz muloqot ushbu yoshdagi asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Bolani ajratib qo‘yish, kattalar bilan emotsional aloqalarning kam- ligi bola hayotining birinchi oylaridan boshlaboq uning yetarli dara- jada rivojlanmasligiga olib kelishi mumkin. 4 Go‘daklik yoshida bolaning ayniqsa kattalar bilan muloqoti jadal rivojlanadi, dastlabki mehr qo‘yish shakllanadi, ijtimoiy kutish- lar vujudga keladi (bola kattalardan muayyan hayotiy vaziyatlarga mos keluvchi harakatlarni kutadi), bola bilan kattalar o‘rtasidagi sherikchilikning ilk ko‘rinishlari shakllana boshlaydi. Bola o‘zining qo‘lidan hali hech narsa kelmasa-da, biroq kattalarning harakatlarini boshqarishni o‘rganadi. Bu hol unda nutqning hali mavjud emasligi- dan qat’i nazar, ro‘y beradi. Uning ixtiyorida faqat ovoz munosabat- lari va imo-ishoralargina mavjud. Dastlabki so‘zlar emotsional ifodaliligi, vaziyatga mosligi va kommunikativ yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi. Bunday nutq avtonom yoki vaziyatga oid nutq deb ataladi, u faqat bola atrofi- dagi muhit bilan yaxshi tanish bo‘lgan yaqinlarigagina tushunarli- dir. So‘zni dastlabki tushunish muayyan vaziyatni qabul qilish bilan uyg‘unlashgandir. Ilk so‘zlar muayyan narsalarga taalluqli bo‘lib, umumlashtiruvchi xususiyatga ega emas (soat deganda faqat de- vorda osilib turadigan soatlar tushuniladi). So‘z bola xulqining umumiy ko‘rinishidan joy oladi va u imo-ishora, qo‘l harakatlari, qarash-nigohlar, ifodali vositalar bilan birgalikda bir so‘zli fikrni bildirishga olib keladi («Xayr», «Ber», «Ol»). Ilk so‘zlarning paydo bo‘lishi bolani rivojlantirishning ijtimoiy vaziyati o‘zgarganidan dalolat beradi. Endi bolaning o‘zi o‘z istak- xohishlarini ma’lum qilishi mumkin, kattalar esa og‘zaki ko‘rsatmalar yordamida uning xulq-atvorini yo‘naltirish imkoniga ega bo‘ladilar. Bolaning bu yoshda o‘zini-o‘zi anglab yetishini unga nisbatan kattalarning munosabati in’ikosi deyish mumkin. O‘ziga nisbatan ijobiy munosabat - shaxsning normal rivojlanishi uchun asos hisoblanadi. O‘ziga nisbatan salbiy munosabat esa - bolaning ilk yoshda kattalar bilan emotsional-ijobiy muloqoti kam bo‘lganligi natijasidir. Bola bilan muloqot u bilan hamkorlik asosiga qurilishi lozim. Doimo kattalarning biron narsani majburlashlari bolada faol tadqiq etish va bilishga intilishni emas, balki sustlik, faqat atrof-muhitga moslashish istagini shakllantiradi. Ilk bolalikdagi nutq rivojlanishining ikki davri. Ilk yosh (1-3 yosh). Bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davrda bola rivojla- nishiga oid ijtimoiy vaziyat sezilarli darajada o‘zgaradi. O‘z yaqinlari bo‘lmish kattalar bilan birgalikda bolaning muloqot doirasiga birin- chi navbatda kichkintoyning diqqat-e’tibor va g‘amxo‘rlikka bo‘lgan ehtiyojini qondirishi lozim bo‘lgan boshqa kattalar (maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari, tarbiyachi yordamchisi) ham kirib kela boshlaydilar. Bunday sharoitda ilk yoshdagi bolalarda kattalar bilan narsalar, o‘yinchoqlar va ular bilan bajarilishi lozim bo‘lgan harakat- lar xususida muloqot qilishga ehtiyoj oshadi.
Bu yoshdagi bolada kattalar bilan emotsional va amaliy aloqalar o‘rnatish qobiliyati rivojlanadi, bu unga yangi hayotiy shart-sha- roitlarga moslashishga: so‘zlar, iltimoslami baholovchi fikrlami va boshqa kishilarning emotsional munosabatlarini to‘g‘ri qabul qilishga yordam beradi. Bolaning maktabgacha ta’lim muassasasiga kelishi bilan uning «bola - katta yoshli odam» munosabatlar tizimidagi emotsional alo- qalariga «bola - tengdoshlar» munosabati ham qo‘shiladi. Bola hayotining uchinchi yilida kichkintoylar bir-birlariga faol taqlid qila boshlaydilar, o‘zlarini ko‘rsatishga intiladilar va shu bilan birga o‘ziga nisbatan munosabatni his qila boshlaydilar, dastlabki nutqiy dialoglar paydo bo‘ladi. Ilk yoshdagi bolalarda bolalar jamiyati endigina shakllana bosh- laydi. Ular bo‘sh vaqtlarining ko‘p qismini bir-birlariga yaqin turgani holda asosan yolg‘iz o‘yinlarda o‘tkazadilar. Bolalar tashabbusi bilan vujudga keladigan o‘yin jamiyatlari - diadalar (ikkitadan bo‘lib o‘ynash) barqaror emas. Bolaning o‘ziga-o‘zi baho berishi emotsional jihatdan yorqin bo‘yoq- larga bo‘yalgan bo‘lib, u yaxshi bola bo‘lish, kattalarning talablariga ja- vob berish, ularning ma’qullashlariga erishishga intilish bilan bog‘liqdir. Bola hayotining o‘zga yili nihoyasida bolalar o‘zlariga nisbatan umumiy baholarni beradi: «yaxshi», «katta» va boshq. Uch yoshga kelib «men» tizimi vujudga keladi. U bolaning o‘z ismi orqali («men Yulduzxonman», «men Kamronbekman») o‘zining qaysi jinsga mansubligi haqidagi tasavvurlarini (o‘g‘il bola, qiz bola), ma’qullash, tan olishlariga («men yaxshiman») va mustaqillikka ehtiyojini («men o‘zim») o‘z ichiga oladi.