I kirish. I. bob Asosiy qism


Kichik yoshdagi bolalar uchun mashg‘ulotlar ishlanmasi



Yüklə 63,25 Kb.
səhifə4/10
tarix18.10.2022
ölçüsü63,25 Kb.
#65359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASALARIDA KICHIK GURUH BOLALARDA DIOLOGIK NUTQNI RIVOJLANTIRISHGA DOIR MASHG`ULOTLAR

1.3. Kichik yoshdagi bolalar uchun mashg‘ulotlar ishlanmasi.
3. Nutqiy muloqotni rivojlantirish. Bolalardagi ko‘plab nutqiy muloqot va ko‘nikmalar mashg‘ulotlardan tashqarida shakllanadi. Maktabgacha ta’limda bolalarning kattalar (pedagoglar, tibbiyot hamshiralari, tarbiyachi yordamchisi va boshq.) bilan muloqoti har xil faoliyat turlarida ro‘y beradi.
Mehnat jarayonida - xo‘jalik-maishiy, qo‘l va qishloq xo‘jaligi mehnatida bolalarning lug‘ati boyiydi, aniqlashadi va faollashadi.
O‘yin faoliyati mobaynida pedagog ularda mustaqil nutqiy faoli- yatni shakllantiradi. Bolalarda lug‘at, mashg‘ulotlarda olingan bilim mustahkamlanadi va faollashadi. O‘yinlarda pedagogning ishtirok etishi lug‘atning boyishiga, nutqiy muloqot madaniyatini tarbiyalash- ga yordam beradi.
Qurilishga oid o‘yinlarni tashkil etish jarayonida tarbiyachi bo­lalar uchun qiyin bo‘lgan so‘zlarning (sifatni, miqdorni, hajmni va narsalarning fazoda joylashuvini belgilash va boshq.) katta guruhini aniqlashtiradi, faollashtiradi.
Matnli, harakatchan musiqiy o‘yinlar, sahnalashtirish o‘yinlari bola nutqining ifodaliligini shakllantirish, to‘g‘ri sur’at, nafas olish, yaxshi diksiyani mashq qilishda yordam beradi. Ko‘pgina o‘yinlar ja­rayonida bolalar badiiy matnlar bilan tanishadilar, esda saqlab qoladi- lar va ularni mustaqil ravishda qo‘llay boshlaydilar.
Didaktik o‘yinlar yordamida bolalarda atrof olam haqida- gi bilimlar mustahkamlanadi, lug‘at mustahkamlanadi, aniq- lashtiriladi va faollashtiriladi. Didaktik o‘yinlar nutqiy mahorat va ko‘nikmalarni mashq qilishda (ibora tuzish, so‘zni o‘zgartirish, hikoya to‘qish va h.q.) qo‘llaniladi.
Maishiy faoliyat bolaning kattalar bilan muloqoti uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi. Maishiy faoliyat nutqni rivojlantirish vosi- tasi bo‘lib xizmat qilishi uchun pedagog uni boshqarishi lozim. To‘g‘ri tashkil etilgan maishiy faoliyat jarayonida (ovqatlanish, kiyinish, gimnastika, sayohat va h.k.), ya’ni agarda pedagog, ayniqsa, kichik guruhlar pedagogi maishiy buyumlar nomlarini, ularning qismlari, sifati, xususiyati, qo‘llanish maqsadini batafsil tushuntirsa, ular bilan tegishli harakatlarni amalga oshirsa va buni sharhlab bersa, bolalarga savol bersa, ularga maishiy lug‘atdan foydalanishni o‘rgatsa bolalarning lug‘ati boyiydi. Agarda peda­gog o‘z nutqida tashbeh, qiyoslash, sinonimlar, xalq og‘zaki ijodi (maqollar, matallar, sanoq she’rlar)dan keng va mohirona foyda- lansa, uning nutqi bosiq va ifodali bo‘ladi.
Bolalar badiiy adabiyoti bolalarni har tomonlama rivojlantirish- ning qudratli vositasi bo‘lib xizmat qiladi, u bolalar nutqini rivojlan- tirish va boyitishga ulkan ta’sir ko‘rsatadi.
Bolalar kitoblari she’riy obrazlarda bolaga jamiyat va tabiat hayo- tini, insoniy his-tuyg‘ular va munosabatlar dunyosini ochib beradi hamda tushuntiradi. Badiiy so‘z bola nutqini boyitadi, uni obrazli, ifodali qiladi, jaranglayotgan ona nutqning go‘zalligini tushunishga yordam beradi.
Maktabgacha ta’limda nutqni rivojlantirishning muhim vosita­si sifatida badiiy so‘zdan tashqari tasviriy san’at, bayramlar va to- moshalardan foydalaniladi. Ularning qimmati shundaki, u ijobiy his- siyotlarni hosil qiladi, bu esa o‘z navbatida tilni o‘zlashtirish daraja- siga ta’sir ko‘rsatadi. Quvonch hissi, hayajonlanganlik, ko‘tarinkilik holati, g‘ayrioddiy narsani kutish bolalarning qabul qilish qobiliyatini oshiradi, materialni eslab qolishni kuchaytiradi, bolalar nutqining ifodaliligiga ta’sir ko‘rsatadi. Suratlar, amaliy san’at buyumlarini tomosha qilishda bolalar ko‘p savol beradilar, olgan taassurotlarini atrofdagilarga aytishga oshiqadilar.
Bolalar kun bo‘yi mashg‘ulotlarda, o‘yinlarda, xo‘jalik-maishiy va mehnat faoliyatida o‘z pedagoglari bilan muloqotda bo‘ladilar. O‘z-o‘zidan maktabgacha ta’limda nutqiy muhitni rivojlantirish im- koniyatlari butunlay pedagog nutqining sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Maktabgacha davrdagi kichik yoshli bolalarni nutqiy tarbiyalash uchta o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq sohani tashkil etadi.
Bular:

  • atrofni o‘rab turgan olamdagi hodisalarni (real voqelikni) ang- lash va so‘z bilan belgilash;

  • atrofdagilar bilan aloqalarni va nutqiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish;

  • tilni (uning ovoz tarkibini, lug‘atni, grammatik qurilishini) od- diy anglash.

  1. Kichik yoshdgi bolalar uchun mashg‘ulotlar ishlanmasi.

Mashg‘ulot - maktabgacha ta’limda o‘qitishning asosiy shakli sanalib, u hamma bolalar uchun majburiydir: unda dastur mazmu- ni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma’lum o‘rin va vaqt ajra- tilgan. Mashg‘ulot tarbiyachi rahbarligida o‘tkaziladi, tarbiyachi mashg‘ulotda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalar egallab olgan bilimlarni esa aniqlab, mustahkamlaydi, bolalarning amaliy mashg‘ulotini tashkil etadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlari bilan bog‘liqlikda mashg‘ulotlami amalga oshirish maqsadga muvofiq. Kichik yosh­dagi bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarning maqsadi bo­lalarning nutqi va harakatini rivojlantirib borishdir. Katta va tay- yorlov guruhlaridagi mashg‘ulotlar orqali bolalarda tashabbuskorlik va mustaqillik, bilimga qiziquvchanlik, faol tafakkur qilish, taqqos- lash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish kabi malakalar tarkib top- tirib boriladi. Bolalarda kuzatuvchanlik, mas’uliyat hissi takomil- lashtirib boriladi, ularda aqliy mehnat qilish malakasi va xohish- istagi tarbiyalanadi.
Mashg‘ulotlarda ta’lim berish bolalardan aqliy va jismoniy zo‘r berishni talab etadi, ya’ni u bolaning faol harakatlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, bola ma’lum natijaga erishish uchun inti- ladi, bu esa boladan uzoq davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi. Shuning uchun mashg‘ulotga tayyorlanishda bolaning yoshi, imkoniyatini e’tiborga olish zarur. Shuningdek, mashg‘ulotning vaqti, kun tartibidagi o‘rni, dasturning har bir bo‘limlarini to‘g‘ri almashtirib turishni oldindan o‘ylab, aniq belgilab olish zarur. Har bir yosh guruhida necha marta mashg‘ulot o‘tkazilishi, uning mazmuni va har bir mashg‘ulot yosh guruhlari bo‘yicha necha daqiqa davom etishi «Bolajon» tayanch dasturida ular- ning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilab berilgan.
3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish emot- sional tusga ega bo‘lishi lozim. Bunda ko‘rgazmaviylik, o‘yin usul- lari va didaktik o‘yinlarni keng qo‘llash zarur.
Didaktik maqsadiga ko‘ra mashg‘ulotlar quyidagi turlarga bo‘linadi: yangi bilim va ko‘nikmalarni hosil qiluvchi mashg‘ulotlar, o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlovchi mashg‘ulotlar, nazorat mashg‘ulotlari va majmuaviy mashg‘ulotlar.
MAVZU: BAXMAL KAPALAK BILAN TANISHTIRISH

Yüklə 63,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin