2.2. UCHINCHI SINF O’QUVCHISINING UMUMIY VA MUSIQIY
RIVOJI.
chi musiqa o’qitishningvazifalariva mazmuni
2-sinf o’quvchilarining va qisman 3-sinf o’quvchilarining tasavvur xayoli birmuncha sifatliroq bo’lsa-da, birinchi sinf o’quvchilarining tasavvur xayolidan kam farq qiladi, chunki 2-sinf o’quvchisi va qisman 3-sinf o’quvchisi kam chalg’iydi, endilikda unda hotirada saqlanib qolgan hamda tasavvur xayolidan foydalanadigan taassurotlar ko’proq bo’ladi.
3-sinf o’quvchilari biror hodisaning qanday yuz berishini o’z ko’zlari bilan ko’rishni xohlaydilar, ularda ishtirok etish istagi paydo bo’ladi. Shuningdek, 3-va 4-sinf o’quvchilarida o’z-o’zini nazorat qilishda muhim sifat o’zgarishlari bo’ladi. O’quvchilar 2-yillik o’qish davomida nazorat qilishning usul va ko’nikmalarini egallaydilar. 3-sinfdan boshlab o’quvchilarda xayol jarayoni, idrok hamda tasavvur etish holatlari ko’proq takomillashib boradi.
O’quvchilarning yuqorida bayon etilgan jismoniy o’sish va ruhiy o’zgarish holatlari, albatta musiqiy ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishda hisobga olinishi maqsadga muvofiqdir.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari ishonuvchan, tashqi ta’surotlarga beriluvchan bo’ladilar. Buyuk allomalarimiz ta’kidlaganidek, kishining fe’l-atvori hammadan ko’ra ko’proq hayotining dastlabki yillarida tarkib topadi va unda shu davrda paydo bo’lgan sifatlar mustahkam o’rnashib oladi. Bolada ijobiy hissiyotlarni, fazilatlarni tarkib toptirish, yuksak axloq normalarini shakllantirish uchun butun mas’uliyat boshlang’ich sinf o’qituvchisining zimmasiga tushadi. Mazkur yosh davrida ta’lim-tarbiyada o’qituvchining har bir gapi, har bir harakati, ta’sir ko’rsatish uslubi uning uchun haqiqat mezoni vazifasini bajaradi. Chunki o’quvchilar o’qituvchilariga qattiq ishonadilar, uning fikr-mulohazalariga quloq soladilar, pedagogik mahoratidan jiddiy ta’sirlanadilar, talablariga hamisha amal qiladilar, u bergan topshiriqlarni bekamu-ko’st bajarishga intiladilar. Psiholog olim E.Gozievning ta’kidlashicha, huddi ana shu davrda o’qituvchi uchun: a) o’quvchilarning ma’naviyatiga ta’sir ko’rsatish, ijobiy
his-tuyg’ulari va ezgu niyatlarini qo’llab-quvvatlash; b) ularni atrofdagi kishilarga yordam berishga undash, to’g’ri mulohaza yuritishga o’rgatish, noma’lum qiliqlardan tiyish, tabiat manzaralarini kuzatishga va musiqa tinglashga odatlantirish; v) ularga nimalar bilan shugullanish kerakligini burch hissini tushuntirish; g) ular bilan o’qilgan kitoblarni, ko’rilgan tomoshalarni muhokama qilish imkoniyati tugiladi.
Professor N.F.Dobrinin: «3-4 sinf o’quvchilari o’z diqqatlarini butun bir dars davomida saqlab tura oladilar. Lekin ular uchun ham qisqa tanaffuslar foydalidir. Shuningdek, vaqti-vaqti bilan mashg’ulotning turini almashtirib, sur’atini o’zgartirib turish, amaliy va nazariy ma’lumotlarni qo’shib olib borish lozim» deydi.
Uchinchi sinf o’quvchilariga musiqiy-o’quv materiallari hajmi va mazmuni ham ancha kengayib borishi bilan izohlanadi.
Uchinchi sinf musiqa darslarida 1-chorak mavzui «Musiqaning ifoda vositalariga, uning mohiyati va ahamiyatini tushunish»ga bagishlanadi.
O’quvchilarning ikkinchi sinfda o’zlashtirilgan kuy tuzilishi, uning musiqiy ifodasi kabi nazariy bilim, malakalari 3-sinf o’quv yili boshida aynan eslatilib, takrorlaniladi. Ilk darslardan boshlab o’quvchilarga kuy qanday tuzilishi, kuy va usul to’grisida ma’lumotlar beriladi. Musiqa tinglash bosqichida tavsiya etilgan «Dilxiroj», «Rohat», «Jamalagim» (o’zbek xalq kuyi va qo’shiqlari), M.Mirzaevning «Jonon», G.Qodirovning «Raqs» kuylari misolida ifoda vositalarining sadolanishi, ifodalashdagi kuchi, pauzalar, kuylarning balandlik tusi (tembri) va boshqalar tushuntiriladi.
Jamoa bo’lib kuylashni amalga oshirishdan oldin o’quvchilarga ashula aytishdagi holat, nafasni rejaga solish va ovoz hosil qilish usullari haqida metodik tavsiyanomalar beriladi. Jumladan, ashula aytishdagi holat:
- 1-2 sinflarda olgan malakalarini takomillashtirish, kuylaganda gavda, bosh, elkalar, qo’llar va oyoqlar, shuningdek ovoz apparatlarining erkin holatda bo’lishiga erishish;
- nafasni rejaga solishda – to’gri nafas olish malakalari ustida ishlash davom ettirilib, nafasni ko’krak qafasga olinishi hollariga yo’l qo’ymaslik, olingan chuqur nafasni to’xtata olish, undan kuylash uchun tayanch hosil qila bilish, ayniqsa, yuqorigi va pastki notalarni kuylaganda nafasdan tejamli foydalanish malakalarini hosil ettirish;
- tovush hosil qilishda esa – mardlik, jasurlik haqida qo’shiqlar kabi qat’iy ohangda aytiladigan ashulalarni yengil, silliq mayin va jarangdor ovozda kuylash, tovushning qo’pol, dag’al va notekis bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, og’ir sur’atli asarlardagi uzun jumlalarni kuylaganda nafasni rejali taqsimlay olish va boshqa malaka, ko’nikmalarni tarkib toptirish, rivojlantirishga e’tibor qaratish talab etiladi.
Xor malakalari bo’yicha ikki ovozli elementlari bo’lgan qo’shiqlarni kuylash, bunda ovoz partiyasini mustaqil kuylay olish va ayni paytda ikkinchi ovozlarni eshitib, kuzatib borish, yakka holda, gurux yoki butun sinf bilan jo’rsiz aytim, qo’shiqlarni kuylash, ovozda asarning mazmuni hamda xarakterini ochib berishga intilish qobiliyatlarini o’stirish lozimdir.
Jamoa bo’lib kuylash bosqichida «Keng Turkiston» (N.Norxo’jaev musiqasi, P.Mo’min she’ri), «Men g’unchaman» (H.Raximov musiqasi, N.Narzullaev she’ri), «Oltin paxtam – oppog’im» (N.Norxo’jaev musiqasi, P.Mo’min she’ri), «Sho’x bolaman» (H.Raximov musiqasi, S.Jabborov she’ri), «Xumo qushim» (D.Omonullaeva musiqa, P.Mo’min she’ri) kabi qo’shiqlar o’rganiladi. Jamoa bo’lib kuylash jarayonida bolalar pauzalar (tinish belgilari)ga e’tibor berish, sakkiztalik va choraktalak pauzalarni o’zlashtirish bilan birga qo’shiqlardagi balandlik darajasini anglash, o’lchov, usul singari nazariy tushunchalarni egallashlari nazarda tutilgan.
Nota bilan kuylash faoliyatida aytim mashqlari va qo’shiqlarni o’qituvchi ovoziga ergashib nota yozuviga qarab kuylash («Yulduzlar», «Teplovoz»), major va minor tovushqatorlarini 2q4 va 3q4 o’lchovida chorak va nimchorak notalarda taktlab (dirijyorlik) qilib kuylash, pauzalar, choraktalik pauzalar haqida nazariy bilimlarga ega bo’lishadi.
Cnolg’u asboblarida ijro etish va musiqiy ritmik harakatlarni bajarish doirachalar, shiqildoqlar, qoshiq va boshqa urma cholg’u asboblarida chalib, musiqaga ritmik jo’r bo’lish («Olmani otdim», «Jonon») singari kuylar asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, oddiy usullarni ogizda imitatsiya qilib chalish, cholg’u asboblari tovushlarini ovozda kuylash, raqs harakatlarini topib raqsga tushish («Olmani otdim», «Jonon » va boshqalar) mashq qilinadi.
II-chorak «Xor va orkestr» haqida umumiy tushunchalarga asoslangan bo’ladi. Musiqa tinglash bosqichida quyidagi asarlarni tinglash tavsiya etiladi: «qilpillama» (o’zbek xalq lapari, «Usmoniya» (o’zbek xalq kuyi), «Samoi Dugox» (Toshkent-Fargona maqom yo’llaridan), «Kuylayman» A. Muxamedov musiqasi), «Qorasoch» (o’zbek xalq qo’shig’i).
Jamoa bo’lib kuylashda «Oppoq qandim» (F. Alimov musiqasi, P.Mo’min she’ri), «Qo’shigimiz avjida» (T.Azimov musiqasi, G.Komilov she’ri), «Qorbo’ron O’ynaymiz» (S.Abramova musiqasi, B.Isroilov she’ri), «Yangi yil qo’shig’i» (K.Abdullaev musiqasi, V.Hikmat she’ri) kabi qo’shiqlar kuylanishi o’zlashtiriladi.
Nota bilan kuylash bosqichida aytim mashqlari hamda qo’shiqlarni nota yozuviga qarab o’qituvchi ovoziga ergashib kuylash, major va minor tuzugi haqida tushuncha hosil etish, ularni asarlar tavsifida ajratish, musiqa tavsiflarining shakllanishida sur’at va usulning ahamiyatini tushunish malakalari bilan tanishtiriladi. Shuningdek, tinglanadigan asarlar tavsif xususiyatlarini usullar ifodasida aniqlash, oddiy usullarni nota yozuviga qarab barmoq uchida chertish, mashq va qo’shiqni doira usullari jo’rligida kuylash, 2q4 va 6q8 o’lchovlari usuliga dirijyorlik qilish, mashg’ulotlar mazmunida musiqa ijodkorligidan keng foydalanish ushbu bosqich faoliyati mazmunini belgilaydi
III-chorak mavzusi «Musiqaning tuzilishi. Kuyning takrorlanishi, musiqaning o’zgarmas va o’zgaruvchan qaytarilishi» hususidagi ma’lumotlarga bag’ishlanadi.
Bunda kuyning takrorlanishi- musiqada «repriza» yoki «qaytarish» ma’nolarini anglatilishi tushuntirilib, nota chiziqlarida bu belgilarning yozilishi ko’rsatiladi. Musiqadagi «repriza» atamasi D.Omonullaevaning quyidagi she’riy ta’rifi bilan mustahkamlanadi:
Kuyning asosiy qismi
Yana yangraydi takror.
Bu qism chekkasida
Repriza belgisi bor.
Musiqada, kuyda ma’lum qismlarning qaytarilishi «Lazgi», «Rok qashqarchasi», «Norim-norim», «Nayrez», «Dilbar», «Raqs» va boshqa kuylar misolida chalib eshittiriladi. Tinglangan musiqa asarlarining xarakteri, mazmuni, badiiy ifoda vositalari, umuman asar badiiy bahosi haqida o’quvchilardan so’rab olingach, ularning fikr-mulohazalari umumlashtirilib, o’qituvchi bergan ma’lumotlar boyitiladi.
«Nisholda» (D.Omonullaeva musiqasi, R.Tolib she’ri), «Qor» (Sh.Ermatov musiqasi, Zulfiya she’ri), «Quvnoq bolalar qo’shig’i» ( G.Qodirov musiqasi, H.Qayumov she’ri), «Boychechak» (A.Raxmonqulov musiqasi), «Binafsha» (D.Zokirov musiqasi, P.Mo’min she’ri) kabi qo’shiqlarni o’rganish jarayonida asarlarning qaytarish bo’lagi, nota matnlaridan kuzatiladi, kuylash jarayonida unga amal qilish malakalari shakllantiriladi. Kuyning o’zgarmas va o’zgaruvchan qaytarilishi xususida ma’lumot berish bilan mazkur mavzu yanada mustahkamlanadi. uvchilarga qisqartirish belgilaridan, ya’ni boshidan ohirgi so’zigacha, (oxiri), ya’ni seqno belgisidan to oxirigacha, boshidan belgisiga, so’ngra koda o’tiladi degan ma’nolarni anglatishi haqida ma’lumotlar beriladi.
IY-chorakda o’quvchilar «Oddiy musiqa shakllari, band va naqarot» bilan tanishishadi.
3-sinfda o’quvchilar musiqa darslarida musiqaning ifoda vositalari (musiqa nutqi), uning tuzilishi, takrorlanishi, musiqaning o’zgarmas va o’zgaruvchan qaytarilishi haqida ma’lumotlar bilan birgalikda, oddiy musiqa shakllari, band va naqarot mavzulari xususida ham yahlit nazariy bilim, malaka hamda ko’nikmalar doirasini tarkib toptirishadi. Musiqaning umumiy tuzilishi hamda bir qismlik, ikki qismlik, uch qismlik asarlar haqida qisqacha ma’lumotlarga ega bo’lishadi.
Musiqa tinglash bosqichida «O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi», «Fargonacha tanovar», «Bibigul», «Raqs» (O.Xolmuxamedov musiqasi), «Xumo qushim» (B.Umidjonov musiqasi), «Jo’jalarim» (T.Mutalibov she’ri, Mirtemir tarjimasi, G.Huseynli musiqasi) kabi kuy va qo’shiqlar tinglanadi.
Jamoaviy aytim bosqichida esa o’quvchilar «Qo’zilarim», «Oy bo’lamiz, toy bo’lamiz» (S.Barnoev she’ri, X.Rahimov musiqasi), «Laylak» (G.Qodirov musiqasi, Uygun she’ri) kabi qo’shiqlarni o’rganishadi. Shuningdek, qo’shimcha material sifatida «Salimjon-nimjon», «Kakligim», «Piyoda askarlar qo’shig’i», «Kamalak izlayman» kabi qo’shiqlar ham tavsiya qilinadi. O’quvchilar bu qo’shiqlarni o’rganishda ifodali kuylashga erishish, band va naqarotni ajrata bilish malakalarini ham o’zlashtiradilar. Kuy va ohangning bir-biridan tabiati, o’ziga xos farqli tomonlarini aniqlashadi.
O’quvchilarning musiqiy savodxonligini oshirish- major va minor uchtovushligi hamda tovushqatorlarini nota yozuviga qarab kuylash, ularni lad ohangiga qarab ajratish, uchtovushliklarni bosh pardasiga tayanib kuylash, kuylanadigan qo’shiklarni ohangiga qarab ladini aniqlash, qaytariq (repriza) haqida tushuncha hosil qilish («qo’shig’imiz avjida») orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, alteratsiya belgilari- diez, bemol, bekar, 2q4 va 3q4 o’lchovida berilgan qisqa kuy mashqlarini o’lchoviga muvofiq takt chiziqlarini qo’yib chiqish mashqlari ham bajariladi.
Snuni ham ta’kidlab o’tish lozimki, dasturda musiqiy materiallarning tavsiya etilganligi, o’qituvchining o’quvchilar qiziqishi, musiqiy ehtiyojini hisobga olgan holda ulardan tanlab o’rgatish imkoniyatiga ega ekanligi musiqa darslarini yanada qiziqarli va samarali tashkil etishga yordam beradi.
Snunday qilib, 3-sinf so’ngida o’quvchilarning musiqa madaniyati fanidan egallagan bilim va malakalari quyidagi mezonga javob berishi lozimdir.
Ikkinchi sinfda hosil bo’lgan bilimlar, musiqa idroki va aytim malakalarini rivojlantirish, lad hamda ritm usuliga ko’ra asarning qismlari, tavsiflari va mazmunini aniqlash, asarlarning umumiy tuzilishi- bir qismlik, ikki qismlik, uch qismlik hamda band, naqarot haqida tushunchalarga ega bo’lish;
- dasta (ansambl) va orkestr farqini bilish, o’zbek xalq cholg’u asboblari orkestr tarkibidagi asosiy cholg’u asboblari bilan tanishish va ularni tusi (tembri) va registridan ajrata olish;
- jamoaviy aytim va ularning asosiy ovoz turlari bilan tanishish;
- ovoz va cholgu asboblari turlarini registri va tembridan ajrata olish;
- asarlarni o’rganish jarayonida bastakorlardan M.Burxonov, M. Nasimov, D.Zokirov, G.Qodirov, M.Tojiev ijodi bilan tanishuvga ega bo’lishi;
- ikkinchi sinfda egallagan aytim malakalarini mustahkamlash (ovoz diapozoni: DO1- RE2. qo’shiqlarni ifodali kuylashga odatlanish, asho’la aytishda sof intonatsiya, aniq, ravon va yorqin talaffuzga va to’gri nafas olib kuylashga erishish;
- aytim mashqlarida bir bo’g’in bilan 2-3 tovushda kuylash, tovushni legato,
non-legato, stakatto tarzida tez hamda sust sur’atda kuylash, epizodik va mustaqil kuylarga ega bo’lgan ikki ovozlik mashqlar va qo’shiqlarni kuylash hamda boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |