3.Uslubchining liderlik va rahbarlik hususiyatlari……………………………
4.Liderlikga oid nazariyalarning paydo bo’lishi……………………………..
5.Talimni tashkil etishda ilmiy tadqiqot metodlarining o‘rni …………………
6.Maktabgacha pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari tasnifi……………..
III. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH MAVZUNING DOLZARBLIGI:. Maktabgacha pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari yordami- da mustaqillik tufayli o'z taraqqiyot yo'lidan borayotgan O'zbekistonda yangicha fikrlaydi- gan, bo'layotgan voqea hodisalarga erkin munosabat bildiradigan ijodiy va tanqidiy musho- hada yuritadigan muloqotning sir-asrorlarini o'rgangan yoshlarni tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.Mustaqillik tufayli o'z taraqqiyot yo'lidan borayotgan O'zbekistonda Bolaning rivojlanish xaritasini to‘ldirish uchun uch sikldan iborat bo‘lgan kuzatuv olib boriladi: dastlabki (o‘quv yili boshida), oraliq va yakuniy.
Dastlabki kuzatuv o‘quv yili boshida o‘tkaziladi (taxminan sentyabr oyi mobaynida). Bu bos-qichda har bir bolaning boshlang‘ich imkoniyatlari aniqlanadi, uning shu davrgacha erishgan yutuqlari belgilanadi. Tarbiyachi ta’lim sohalarini o‘zlashtirish bo‘yicha mavjud bo‘lgan muam-molarga ham e’tibor qaratadi, bolaning qanday sifatlari qo‘llab-quvvatlashni talab etishini, har bir bola uchun qanday vazifalar dolzarbligini aniqlaydi. Keyin bolaning ayni davrdagi yoshini hisobga olgan holda uning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari xaritasi to‘ldiriladi.
Oraliq kuzatuv birinchi yarim yillik oxirida (dekabr, yanvar) o‘tkaziladi. Bu monitoringni o‘tka-zishdan maqsad bolaga nisbatan tanlangan metodikaning to‘g‘riligini aniqlash, rivojlanish dinamikasini belgilashdan iborat. Mazkur kuzatuv natijalariga ko‘ra tarbiyachi, boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda, zarurat tug‘ilgan holatlarda pedagogika jarayoniga tuzatishlar kiritishi mumkin. O‘quv yili oxirida (odatda may oyida) tarbiyachi yakuniy kuzatuv o‘tkazadi. Mazkur kuzatuv asosida yil boshida qo‘yilgan vazifalar qanday hal qilingani baholanadi, mazkur bola rivojida kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda keyingi pedagogik jarayondan ko‘zda tutiladigan maqsadlar belgilanadi.
Kuzatuv o‘tkazishda quyidagi tamoyillarga tayanish lozim:
kuzatuv bola uchun odatiy sharoitda amalga oshiriladi va bolaga yordam berishga yo‘naltirilgan bo‘ladi;
bola rivoji borasida yanada xolis tasavvur hosil qilish uchun kuzatuv kamida ikki hafta (yoki oy) mobaynida olib boriladi;
tarbiyachi bola to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ota-onalar yoki tashkilotning boshqa xodimlari bilan suhbatlar jarayonida olishi mumkin;
tarbiyachi bolaning moyilliklari, qiziqishlariga, uning muloqot qilish va bilim olish xususiyatlariga e’tibor qaratishi lozim.
O‘quv yili oxirida tarbiyachi yakuniy pedagogika kengashiga bolalar tomonidan o‘quv dasturi o‘zlashtirilishining sifat darajasi to‘g‘risida hisobot yozadi va unda bolalar tomonidan tegishli natijalarga erishilmagan bandlar hamda ular nega bajarilmaganligi sabablariga to‘xtalib o‘tadi (ba’zi metodikalar o‘zlashtirilmagani, tarqatma materiallar, adabiyotlarning yetarli bo‘lmagani, guruh texnika vositalari bilan yetarli darajada ta’minlanmagani, bolaning betob bo‘lgani va darslarni o‘tkazib yuborgani, ota-onalarning faol bo‘lmagani va h.k.). Ushbu natijalar asosida sabablarni bartaraf etish borasidagi ishlar rejalashtiriladi va mazkur guruh uchun kelasi yilga mo‘ljallangan vazifalar belgilanadi.
Keyinchalik pedagog (tarbiyachi) bola yutuqlari xaritasini yiliga kamida 3-marta to‘ldiradi va erishilgan natijani tegishli belgi (✔) bilan belgilaydi. Kuzatuv rivojlanishning barcha sohalari bo‘yicha olib boriladi. Agar u yoki bu bilim olish sohasida indikator “ishlamasa”, pedagog (tarbiyachi) daftar hoshiyalariga tegishli belgilar qo‘yishi lozim. Bu bola rivojlanishini kuzatish kundaligini yuritishda yordam beradi. Mazkur tashxis (diagnostika) asosida pedagog (tarbiyachi) ruhshunos (psixolog), logoped, jismoniy tarbiya bo‘yicha yo‘riqchi va boshqalar bilan hamkorlikda bolaning yutuqlarini ajratadi, shuningdek, ta’lim sohalarini o‘zlashtirishning salbiy tomonlarini aniqlaydi. Olingan natijalarga mos ravishda ta’lim jarayoniga tuzatishlar kiritiladi, shuningdek, individual ish rejalashtiriladi va uni amalga oshirish borasidagi vazifalar belgilanadi. O‘quv yili oxirida (odatda may oyida) ushbu xarita bo‘yicha yakuniy kuzatuv o‘tkaziladi. yangicha fikrlaydigan bo'layotgan voqea hodisalarga erkin munosabat bildiradigan va tanqidiy mu-shohada yuritadigan yoshlarni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.Har tomonlama sog'lom va barkamol avlodni voyaga etkazish orzusi aynan mustaqillik bilan bogliq ezgu intilish bolgani bois istiqlolning birinchi kunlaridan boshlab uni amalga oshirish eng ustuvor vazifalarimizdan biri bolib kelmoqda. Takidlash joizki, istiqlolning birinchi kunlaridan yurtimizda o'sib kelayotgan yosh avlodni jamiyatning haqiqiy tayanchi va suyanchiga aylantirish masalasiga etibor kuchaytirilgan. Ammo shiddat bilan o'zgarib borayotgan bugungi kun bugungi davr bu sohadagi ishlarni yaxshilash yoshlarning manfaatlarini taminlashga va huquqlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani yanada takomillashtirish orqali yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlarni ochib berishni taqazo etmoqda. Bugungi kunda bir oz maqsadimizga erishish uchun ularda samarali bilim va ko'nikmalarni tarkib toptirishga asosiy etibor qaratmoqdamiz. Hozirgi kunda talim jarayonida olib borilayotgan islohatlar yosh va barkamol avlodni aqlan, axloqan kamolga etkazish va unda shaxs sifatlarini tarkib toptirishdan iboratdir. Ma'lumki, talim jarayonida bolalarning bilimlarni, ijtimoiy tajribani ozlashtirishi, muloqot, muomala munosabatlarini shakllanishi muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda muloqot malakalarini shakllanishiga tasir etuvchi omillar, pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari yordamida o‘rganiladi