Maktabgacha ta`lim tashkiloti uslubchining faoliyati mundarija: kirish



Yüklə 117 Kb.
səhifə2/4
tarix21.12.2022
ölçüsü117 Kb.
#77055
1   2   3   4
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTI USLUBCHINING FAOLIYATI

KURS ISHI MATERIALLARI. Ushbu mavzuni yoritishda «Talim to'g'risidagi qonun», «Maktabgacha ta'lim va tarbiya to‘g‘risida»gi qonun "Maktabgacha ta'lim standarti" Maktabgacha pedagogika o'quv dastur qo'llanmalari va talim sohasiga oid respublika qarorlari hamda bolalar adabiyoti yuzasidan darsliklar, ilmiy qo'llanmalar, masalaga oid ilmiy-uslubiy maqolalar nazariy asos bolib xizmat qildi.
KURS ISHINING MAQSAD VA VAZIFALARI.Maktabgacha pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari bola shaxsining shakllanish jarayoni tarbiya va ta’lim sharoitida insoniyatning ijtimoiy-tarixii tajribasini o‘zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Bu xilma-xil faoliyat turlarida ro‘y beradi. Natijada bola o‘zi yashayotgan jamiyat ijtimoiy munosabatlari sistemasiga kiradi.Bolaning ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish tajribasi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Qiyinchilik shundan iboratki, bola, bir tomondan, mazmun, hajm va umumlashtirish darajasi jihatidan murakkab bo‘lgan insoniy tajribani o‘zlashtirishi kerak, ikkinchi tomondan, u mazkur tajribani o‘zlashtirish usullarini hali egallamagan bo‘ladi.Tarbiya va ta’lim jarayonida katta yoshli odam bolaga tushunarli bo‘lgan mazmunni tanlaydi, uning o‘zlashtirishiga rahbarlik qiladi. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning etakchilik roli shu bilan belgilanadi.
Bunda bolaning ruhiy-fiziologik imkoniyatlari, ularning jo‘shqinligi hisobga olinadi. SHu munosabat bilan tarbiya jarayonining o‘zi doimiy bo‘lib qolmaydi. U o‘zgarib boradi: uning mazmuni boyiydi va murakkablashadi, shakllari o‘zgaradi, o‘sayotgan odam shaxsiga ta’sir ko‘rsatish usullari tobora xilma-xil bo‘lib boradi.
Bolaning faolligi ijtimoiy tarixiy tajribani o‘zlashtirishga yordam beradi, buning asosida roli uning bilish, ko‘rgazmali, o‘yin, eng oddiy mehnat va o‘quv kabi xilma-xil faoliyat turlari, shuningdek, muomalasi shakllanadi. Bola u yoki bu faoliyatni o‘zlashtirib, faollik ko‘rsatadi, ayni paytda shu faoliyat bilan bog‘liq bilimlar, malaka, ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi, SHu asosda unda xilma-xil qobiliyatlar va shaxs xususiyatlari shakllanadi.

Yüklə 117 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin