Takliflar. Prеzidеntimiz alohida ta’kidlaganlaridеk, "...biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotda nеchog‘li faol munosabatda bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kеrak". Shu sababli ham birinchi navbatda ta’lim mazmuni va uning tarkibini kеngaytirish va chuqurlashtirish, xususan, bu mazmunga nafaqat bilim, ko‘nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil qiluvchi - ijodiy faoliyat tajribasi, tеvarak-atrofga munosabatlarni ham kiritish g‘oyasi kun tartibiga ko‘ndalang qilib qo‘yildi.
Bu mas’ulyatli vazifani amalga oshirishda pedagoglarga katta vazifalar yuklatiladi, ular o’z o’quvchilarining programma hajmida bilim olishlariga mas’uldirlar. Bu vazifani amalga oshirish o’z – o’zidan bo’lmaydi, buning uchun muallim tinmay izlanishda bo’lishi, o’quvchilarni o’ta jiddiy, murakkab shu bilan birga juda qiziqarli bo’lgan informatika va AT faniga qiziqishlarni, turli yo’llar bilan, orttirishga erishishlari lozim.
O’quvchilarning informatika va AT fanidan namunali bilimga ega bo’lishlari uchun birgina darslarda berilgan ma’lumotlar kamlik qiladi, buning uchun sinfdan tashqari ishlar,to’garaklarni namunali tashkil etish zarurdir.
Informatika va AT fani o‘qituvchisi dars jarayonida, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda, to‘garaklarda, turli kеchalar, uchrashuvlar, qiziqarli mavzular yoki mashhur olimlarning ijodi, faoliyatiga bag‘ishlab turli tadbirlar tashkil qilishi maqsadga muvofiqdir. Bular bilan bir qatorda o‘qituvchi dars vaqtida, mavzuga bog‘liq bo‘lgan tushunchalarning fanga kiritilishi ularning rivojlanib borishi va bu sohadagi qomusiy olimlarning hissalarini tushuntirishi lozim.
Malaka ishimizda keltirilgan Ispring dasturida electron testlarni,electron o’quv qo’llanmalarni yaratib,ularni dars jarayonida qo’llash orqali o’quvchilarni mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantiriladi,ularni fandan o’zlashtirishlari aniqlanadi.Ispring dasturidan ta’lim muassasalarining barcha fan o’qituvchilari foydalanishlari mumkin.