I. Kirish. II. Asosiy qism


Og‘zaki va yozma hisoblashga doir didaktik (o'yinlar) topshiriqlar to‘plamini tuzish



Yüklə 355,08 Kb.
səhifə5/9
tarix13.04.2023
ölçüsü355,08 Kb.
#97397
1   2   3   4   5   6   7   8   9
I. Kirish. II. Asosiy qism

2.2.Og‘zaki va yozma hisoblashga doir didaktik (o'yinlar) topshiriqlar to‘plamini tuzish.
O’qituvchi har bir darsga puxta tayyorgarlik ko’rib turli xildagi dars berish uslublaridan darsda oqilona foydalansa, hozirgi zamon kundalik yangiliklarni bolalarning ingiga yetkaza olsa, xozirgi zamon yangi axborot texnologiyasini bolalar ongiga to’g’ri yo’naltira bilsa, o’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarning paydo bo’lishiga o’rin qolmaydi.
Bolalarga o’yinni o’rgatishdan muayyan ta’limiymaqsad nazarda tutiladi. o’yinning eng muhim ahamiyati ham ana shundadir. o’yin o’tkazilish shakllari va usullari bilan ta’limning boshqa turlaridan farq qiladi.
Didaktik o’yinlar o’yin usullarini cheksiz takrorlash va o’zgartirish, o’yinga turli narsalar kiritish imkonini beradi. Masalan, biz «Jimjitlik» o’yinining 5—7 xilini butun sinf bilan hamda ayrim bolalar bilan 10 martadan ko’proq takrorlab o’tkazdik; «Nima o’zgardi?» tipidagi o’yin 5 xil turli ko’rsatmali material bilan o’tkazildi va hokazo. Natijada o’yin malakalarining bir xilda va mustahkam bo’lishiga hamda o’yinning har bir qoidasini tinglay bilish va unga rioya qilinishiga erishish imkonini berdi. Didaktik o’yinlar o’zining shakli jihatidan asosan bog’chada o’ynaladigan ijodiy o’yinlardan ham, o’qituvchi o’zi hikoya qilib berish yo’li bilan tushuntiradigan va o’quvchilarni birma-bir so’rab chiqish natijasida mustahkamlanadigan o’yinlardan ham har tamonlama farq qiladi. Didaktik o’yinlar o’qitish vazifasiga xizmat qiladi va qiziqarli, maroqli, tushunarli darajada olib boriladi. Bolalar g’olib chiqish maqsadida jonu dili bilan mashq qiladilar, berilgan har bir topshiriqni albatta bajarishga odatlanib qoladilar, natijada ularda didaktik topshiriqlarni bajarishga bo’lgan qiziqish orta boradi. Didaktik o’yinlar har bir darsning maqsadini, har bir mashqning maqsad va vazifalarini yaxshiroq tushunib olishga yordam beradi.
Didaktik o’yinlar ta’limning ko’rgazmaliligini, o’qituvchining nutqini va bolalar harakatini o’z ichiga oladi, buning natijasida idrokda (ko’rish, eshitish, teri sezgisi belgilarida) birlik tug’iladi. Bu esa o’qituvchining aytganlarini bolalarning o’ylab olishiga va o’sha aytilganlarni ifodalab berishlariga, ya’ni didaktik o’yinlar qoidalarini o’quvchilarning o’zlari bajarishlariga imkon beradi. Didaktik o’yinlarning bo’ tarzda tuzilish xususiyatlari o’quvchilar faoliyatini tahlil qilish imkoniyatini beradi. SHuning uchun ham barcha bolalar o’yin vaqtida qiziqish bilan harakat qiladilar.
Didaktik o’yinlar bolaning his-tuyg’usiga ta’sir etib, unda o’qishga ijobiy munosabat va qiziqish xislatini tarkib toptiradi. Bolalar o’yinni zo’r mamnuniyat bilan ijro etadi. o’yin boshlanishini esa sabrsizlik bilan kutadilar, ularning ongida beixtiyor ertangi o’quv kunining quvonchli manzarasi gavdalanadi.
Har bir didaktik o’yinda ko’pchilik bolalar yoki butun bir sinf o’quvchilari ishtirok qiladi. Masalan, «Doiraviy misollar» o’yinida hamma bolalar masala yechadi, «Zanjircha»da 10, «Do’koncha»da 8—12 bola, «Narvoncha» da esa qariyb hamma o’quvchilar masala yechadilar va hokazo.
Bundan tashqari, o’yin jarayonida hatto bolalardan ba’zi birlari bevosita ishtirok etmasa ham, ular o’yinda imo -ishoralar vositasida bevosita qatnashadilar. Masalan, ko’zlarini yumib, kim necha marta taqillatganini tinglaydilar, «Eng yaxshi hisobchi», «Kim aniqroq va tezroq» kabi o’yinlarda o’z o’rtoqlarining misolni qanchalik to’g’ri-noto’g’ri yechayotganlarini kuzatib boradilar.
Bu esa o’qituvchiga o’quvchilar faoliyatiga individual munosabatda bo’lish imkonini beradi.
Biz bilamizki, bolalar o’qishning o’zidagina o’smaydilar, balki ular o’yin jarayonida ham hamjihat bo’lishga, hayotni bilishga o’rganadilar.
Bu o’yinlarda bolalarning o’z-o’zlarini boshqara, tuta bilishga o’rganishlarini ta’kidlab o’tish lozim. Bu o’yinlar bolalarni intizomli qiladi.
Didaktik o’yinlarning tarbiyaviy ahamiyati nimalardan iborat?
Tajriba shuni ko’rsatadiki, didaktik o’yinlar hamjihatlik va intizomlilikni tarbiyalashga yordam beradi, chunki har bir o’yin g’alaba qozonishga intilish bilan bog’liq bo’lib, o’yin shartlari va qoidalariga qat’iy va izchil rioya qilishni talab etadi. «Kim aniqroq va tezroq», «Bo’sh kelma», «Eng yaxshi hisobchi», «Ko’rganni eslab qolish diktanti» singari o’yinlarni o’tkazish paytida o’quvchilar sinf xonasida jimjitlik bo’lishiga o’quvchilarning o’zlarini tuta bilishlariga, partadan tovush chiqarmay turib, oyoq uchida doskaga chiqa olishlariga, joylariga osoyishtalik bilan qaytib kelib o’tirishlariga, tovushlarni diqqat bilan tinglashlariga, raqamlarga zehn bilan qarashlariga erishadilar.



Yüklə 355,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin