I. Kirish. II. Asosiy qism


Didaktik topshiriqlar va ularning bola ongini rivojlantirishdagi o’rni



Yüklə 355,08 Kb.
səhifə8/9
tarix13.04.2023
ölçüsü355,08 Kb.
#97397
1   2   3   4   5   6   7   8   9
I. Kirish. II. Asosiy qism

2.3.Didaktik topshiriqlar va ularning bola ongini rivojlantirishdagi o’rni.
Didaktik topshiriq: hisoblashni mashq qildirish, sonni o’nlikdan-to’g’ri oshirishga, ya’ni o’nlikkacha kerakli son topishga va qolgan sonni qo’shib hisoblashga o’rgatish.
o’yin topshirig’i: doiralarni o’ngacha qo’shib borish, keyin ikkinchi qatorni doirachalar bilan to’latish. Muayyan miqdorda doirachalarni doskaga yozish va ularni tushuntira bilish.
Foydalaniladigan buyumlar: har bir o’quvchida rang-barang (qizil va ko’k) doirachalar va harf terish tasmasiga o’xshagan hisob jadvallari hamda doirachalar solingan konvertlar bo’lishi kerak.
o’qituvchi: — «Bolalar, hozir men misollar aytib, ularni doskaga yozaman. Sizlar esa o’z jadvallaringizga xuddi shunchadan doiracha qo’yib chiqasizlar»,— deydi-da, doskaga 5 + 5 ni yozib qo’yib: «5 tadan ko’k doiracha olib, ularni jadvalning yuqoridagi qatoriga ko’yinglar. Iroda, yana qancha ko’shishimiz kerak»—deydi. “5 ta!”— deb javob beradi Iroda. «To’g’ri,— deydi o’qituvchi,— 5 ta qizil doiracha olinglar va ularni ko’k doirachalar yoniga terib qo’yinglar. Ana endi hisoblanglar. Shunday qilib, yuqoridagi qatorda 10 ta (5 ta ko’k va 5 "ta qizil) doiracha bor. Endi esa stolda bironta ham doiracha qoldirmay, pastki qatorni to’lg’azinglar».
Bolalar berilgan topshiriqni bajarishadi.
o’qituvchi: «Ikkinchi qatorda nechta doiracha bor?» — deb so’raganida, bolalar: «Ikkinchi qatorda 10 ta — 5ta ko’k va 5 ta qizil doiracha bor»,—deb javob beradilar.
Yuqoridagi qatorda ham, pastdagi qatorda ham doirachalar soni 10 tadan bo’lishi kerakligini unutmanglar,—deydi o’qituvchi,—endi hamma doirachalarni yig’ishtirib, parta ustiga to’p-to’p qilib qo’yinglar. hozir diqqat bilan tinglab va kuzatib turinglar,—dedi, doskaga 5 + 7 ni yozadi. o’qituvchi gapirib turgan vaqtdayoq ko’pchilik bolalar 5 tadan qizil doirachani ajratib qo’yib, o’qituvchining gaplarini tinglab, harakatlarini kuzatib boradilar.
— To’g’ri qildingiz bolalar.— deydi o’qituvchi,— Endi 7 tadan ko’k doiracha olinglar va nariroqqa terib qo’yinglar.
Ba’zi bolalar barcha 7 ta doirachani yuqoridagi qatorga joylashtirmoqchi bo’lishadi, lekin doirachalar kavakchaga sig’maydi. Bunda ular kavakchaga 5 ta doirachani joylashtirib, ikkitasini qo’lda ushlab turadilar. Ammo ko’pchilik bolalar qo’llarida qolgan ikkita ko’k doirachani darhol pastki qatorga joylashtirishadi.
Bolalar topshiriqni 15 soniyada bajaradilar. So’ngra o’yin murakkablashdi
- Bolalar,- deydi o’qituvchi,- Endi men hech narsa demayman. Ovoz chiqarmasdan o’ynaymiz. Men doskaga misol yozaman, sizlar esa berilgan misol asosida doirachalarni ajratib borasiz.
o’qituvchi doskaga 20-13 ni yezadi. Nima qilish kerakligini deyarli hamma bolalar bildilar - ular avval 10 ta ko’k doiracha ajratdilar, keyin birinchi qatordan yana 3 ta doirachani olib qo’ydilar.
Navbatdagi misol: 7 + 12. Nima qilishni hamma biladi Tezda 7 ta qizil doirachani olib, unga 3 ta ko’k doirachani ko’shib qo’yadilar, ikkinchi qatorga esa 7 ta ko’k doiracha qo’yadilar, lekin bu bilan ham kovakcha to’lmaydi shunda unga yana 2 ta qizil doirachani qo’shib qo’yadilar. Bunday qiyin misol tez yechilganidan hamma xursand, o’qituvchi,— yana ham osonroq yo’l bilan yechish mumkin: 10 ta qizil tayoqchani bir tomonda qoldirib, ikkinchi tomonga esa 2 ta oq tayoqcha qo’yib, unga yana 7 ta oq tayoqchani qo’shib qo’yinglar.
Bolalar xuddi shunday qiladilar. So’ngra o’yin tezlashtiriladi. Bu o’yinda javob berish uchun birinchi bo’lib qo’l ko’targan o’quvchi g’olib chiqqan hisoblanadi.Bolada matematik tushunchalarni shakllantirishda muammoli ta'lim katta ahamiyatga egadir. Muammoli ta'lim — bu didaktik tizim bo'lib, pedagog (tarbiyachi)larni muammoli xarakterdagi savollarni yechishga jalb qilishni nazarda tutadi. Psixologlar fikrlash muammoli vaziyatdagi savoldan boshlanadi, deb hisoblaydilar. Shuning uchun muammoli vaziyat muammoli ta'limning asosini tashkil qiladi, muammoni yechish uchun sharoit yaratadi. Vaziyat
— bu ilmiy bahs-munozara orqali tushunchalarni tartibga solish uchun zaruriyatga chaqiruvchi jarayondir.
Muammoli jarayon — o'zining yechilishi uchun izlanishni talab qiladigan anglangan qiyinchilikdir. Berilgan savol qiyinchilik yaratsa va javob berishda pedagog (tarbiyachi)dan yangi bilim va fikriy faollik talab qilinsa, o'shanda muammoli vaziyat yaratiladi. Muammoli vaziyatda pedagog (tarbiyachi)lar e'tibori savollarning yechilishiga to'liq yo'naltiriladi, pedagog (tarbiyachi)larning
fikrlashi moyil qilinadi (to'g'rilanadi). Muammoni yechishda ushbu moyillik aniq maqsadga aylanadi.
Bola tomonidan asosiy bilim, tushuncha, og'zaki, masala yechish uslublari chuqur va mustahkam o'zlashtirilgandagina, muammoli ta'lim foydali bo'lishi mumkin.
Ta'lim olish jarayonidagi muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki, bolalar yerda ,,izlanuvchi" va birinchi kashfiyotchidek bo'lishadi. Bunda muammoli vaziyat bu awal yaratiladi vatahlil qilinadi, muammoni yechish uchun qulay usul aniqlanadi, muammo yechiladi va xulosa o'rganiladi. Muammoli ta'limdan foydalanish jarayonida mavzuni muammoli bayon qilish, evristik
suhbat va izlanish uslublari to'plamidan foydalanish mumkin.
Muammoli bayonning mohiyati shundaki, pedagog (tarbiyachi) o'zi masalani beradi va og'zaki yechish yo'llarini ko'rsatadi. Evristik uslubning mohiyati esa pedagog (tarbiyachi) tomonidan bolalarni aniq izlanishlarga o'naltiruvchi savcllar tizimi awaldan o'ylab qo'yilishida ifodalanadi.
Izlanish uslubi o'quvchilarda atrofdagi olamga katta qiziqishni uyg'otadi, u o'ylashga, mulohaza qilishga harakat qiladi, atrofdagi voqealarni o'rganadi, o'zlashtirilgan bilimlardan amaliyotda va masalani yechishda foydalanadi. Izlanish uslubida pedagog (tarbiyachi) muammoni qo'yishi mumkin, farazlar keltiradi, asosiy g'oyani aniqlaydi, kuzatishlar o'tkazadi, taqqoslaydi va umumiy-
lashtiradi, tahlil qiladi, butunni tarkibiy qismlarga bo'ladi va xulosa chiqaradi.

Yüklə 355,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin