I kirish II. Asosiy qism


Xiva sho'ragi -Solyanka xivinskaya -Salsolachiwensis Popov



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə8/19
tarix13.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#113185
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Suvxanova Zeyneb botanika (1)[2]

4.Xiva sho'ragi -Solyanka xivinskaya -Salsolachiwensis Popov
Maqomi. O'zbekistonning shimolidagi relikt o'simlik.
Qisqacha tavsifi. Bo'yi 30-60 sm oralig'idagi tuksiz yarim buta. Barglar ketma - ket joylashgan,etli, yassi. To'pguli boshoqsimon. Gulqo'RG'on bargchalari mevalagan paytda hosil bo'ladigan qanotchali yupqa pardasimon buyraksimon yoki teskari tuxumsimon. Iyul oyida gullab mevasi sentyabrda yetiladi.
Tarqalishi. Qoraqolpog'iston: Ustyurtda va Qiziqumda tarqalgan Turkmanistonda ham uchraydi.
Soni. Yakka-yakka xolda hamda to'plar hosil qilib tarqaladi. Ko'payishi. Urug'dan ko'payadi. O'simlik arealining o'zgarishi sabablar. Chorva mollari boqilishi sababli soni kamayib ketgan.
Madaniylashtirilishi. Ma'lumot yo'q.
Muxofaza choralari. Muxofaza qilinmagan.

5.Qanotli tukli baliqko'z -Klimakoptera ptiloptera - Climacoptera ptiloptera Pratov.
Maqomi. Ustyurtdagi tarqalgan kamyob endemik tur.
Qisqacha tavsifi. Bir yillik o't, bo'yi 40 -50 sm, qisqa, tog'ri, chalkash va uzun qalin tukli . Shox va barglari naval bilan joylashgan. Poyadagi barglar seret, ingichka qalami, uchi tomtoq uzunligi 12 mm ,eni 15 mm, gulyonbargchalari va gulqorg'oni uzun. Gulqorg'oni 5 bo'lakli, uzunligi 4.7 mm ,eni 11 mm , mevasi mevasi yetilganda ustidan sal pastrog'ida usti tukli qanotchalar paydo bo'ladi . Urug'I tekis o'rnashgan. Mevasi oktyabr oyida yetiladi.
Tarqalishi. Qoraqolpog'iston Respublikasi: Ustyurtda tarqalgan
O'sish sharoiti. Sho'rlangan , kulrang qong'ir tuproqlarda o'sadi. Ko'payishi. Urug'dan ko'payadi. O'simlik soni va arealining o'zgarishi. Chorva mollarining boqilishi va tuproqning sho'rlanishi tufayli kamayib ketgan.
Madaniylashtirilishi. Ma'lumot yo'q.
Muxofaza choralari. Muxofaza qilinmaydi
6. Raven piyozi - Luk Ravena - Alleum raveni
Maqomi. Ustyurtdagi kamyob endemik o'simlik.
Qisqacha tavsifi. Piyozining eni 1 sm. Qoramtir , qog'azsimon po'stli . Poyasi 15 -30 sm uzunlikda silliq, soyoboni ko'p gulli 5-20 am, eni 0.5 sm. Gulbandlari teng , gulyonbargchalari yo'q. Gulqorg'on bo'laklari yuldizsimon, etli pushtirang , 5-7 mm bo'ladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin