I. Kirish. II. Asosiy qism


Savod o'rgatish davrida o'quvchilarni o'qish va yozishga o'rgatish masalalari



Yüklə 32,47 Kb.
səhifə9/9
tarix02.01.2022
ölçüsü32,47 Kb.
#39881
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yozilishi qiyin bo’lgan so’zlarni yozishga o’rgatish

2.3. Savod o'rgatish davrida o'quvchilarni o'qish va yozishga o'rgatish masalalari. Ma'lumki, savod o'rgatish, o'qish darslarining asosiy vazifasi o'quvchilarga tovush va harfni tanishtirish, ularning to'g'ri talaffuzini o'rgatish orqali bolalarda to'g'ri, ongli, ifodali o'qish ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat. Shuningdek, o'quvchilar lug'atini boyitish, bog'lanishli nutqini o'stirish, bilimini boyitish, mavxum tafakko'rini shakllantirish, eshitish, qabul qilish sezgisini o'stirishda ham bu davr mas'uliyatliligi bilan alohida o'rin tutadi. Tayyorgarlik davri o'qishda o'rgatish uchun zamin hozirlaydi. Bu davrda bolalarda o'zgalar nutqning eshitish, diqqatni to'plash, til birikmalarini (tovush, bo'g'in, so'z, gap) farqlash, ajratish, ularning vazifalarini anglash kabi xususiyatlar shakllanadi. Bular o'quvchilarning o'qishni muvoffaqiyatli egallashlariga yordam beradi. O'qishga o'rgatish uchun avvalo o'quvchi tovush va harf bilan yaxshi tanishtirilishi lozim. Tovush va harf bilan tanishtirishda bo'g'indan tovushni ajratish tamoyiliga rioya qilinadi. Harf bilan tanishtirish bir necha xil yo'nalishda amalga oshirilishi mumkin:1 1.Mazmunli rasm yuzasidan savol-javob usuli bilan bog'lanishli hikoya tuzdiriladi. Undan kerakli gap, so'ng kerakli so'z ajratib olinadi, so'ngra so'z ustida yuqoridagi kabi tahlil ishlari uyushtiridadi. 2. So'z asos qilib olinadi. Analitik mashqlar yordamida o'rganiladigan tovush ajratibolinadi: ot. O'qituvchi ot rasmini ko'rsatadi, o'quvchilar uning nomini - so'zni aytadilar. O'qituvchi o tovushini cho'zib (o-o-o-ot) aytadi va qaysitovushni cho'zib aytayotganini o'quvchilardan so'raydi. O'quvchilar o tovushini aytgach, uning xususiyatlari haqida savol-javob o'tkaziladi. O tovushli so'zlar o'ylab toptiriladi. Shundan so'ng o harfi kesma harfdan yoki rasmli alifbodan ko'rsatiladi. Bunda o harfining shaklini esda olib qolishlariga alohida e'tibor beriladi. 1 Qosimova K., Matchonov S. Ona tili o’qitish metodikasi. T., “Noshir” nashriyoti. 2009 y. 24-bet. 23 3.O'rganilgan harflar ichiga bugun o'rganiladigan harf aralashtirib qo'yiladi, bolalar uning ichidan notanish harfni ajratadilar, so'ng o'qituvchi bu harf ifodalaydigan tovushni aytadilar. O'quvchilar tovushning xususiyatlarini aytadilar. Shu harfni kesma harflar ichidan topib, kitob sahifasidan, rasmli alifbodan ko'rsatadilar. Shu tariqa tovush-harf bilan tanishtirilgach, o'qishga o'rgatish ustida ishlanadi. O'qishga o'rgatishda bo'g'in asos qilib olinadi. Buning uchun o'qituvchida bo'g'in jadvali bo'lishi lozim. Bo'g'in jadvali asosida o'qish namunasi ko'rsatiladi, ya'ni harflab emas, ichida, birinchi harfni ko'z bilan ko'rib, uning nomini dilda saqlab, ikkinchi harfni ko'rish va ikkalasini bog'lab, unlini mo'ljallab ulab aytish tushuntiriladi. Bo'g'in o'qish o'qituvchining namunasi asosida doimiy ravishda har bir darsda izchil olib boriladi. Bunda quyidagi kabi jadvaldan foydalanish mumkin.
Xulosa

Demak, o'quvchilarni o'qishga o'rgatish, ularning o'qish sur'atini oshirish, ifodali va ongli o'qish elementlarini shakllantirish, tarbiyalash o'qish darslarining muhim vazifalari hisoblanadi. Ona tilidan olib boriladigan ishlarning hammasi, shu jumladan savod o'rgatish ham, o'quvchilar nutqi va tafakkurini o'stirish bilan bog'liq xolda uyushtiriladi. Savod o'rgatish davridagi ishlarning miqyosi keng bo'lib, ekskursiyalar, bolalarning kuzatishlari, predmet darslar, rasm yuzasidan suhbat va boshqalar bilan bog'lanadi. Bu davrda o'quvchilar nutqini o'stirishning vazifalari: 1) bolalar nutqidagi kamchiliklarni to'g'irlash; 2) ularning tasavvur va tushuncha doirasini kengaytirish bilan bog'liq xolda lug'atini boyitish; 3) o'quvchilar nutqidagi ayrim so'zlarning ma'nosiga aniqlik kiritish; 4) gap va uch-to'rt gapli kichik «hikoyacha» (bog'lanishli nutq)ni og'zaki turli tuzish ko'nikmasini o'stirishdan iborat. Bolalar bu davrda, birinchidan, kiyim-kechak, ish qurollari, mevalar kabi predmetlar bilan tanishish yordamida so'zni ongli ishlatishga; ikkinchidan, turli tipdagi sodda yirik gap (Bolalar yuguryaptilar), sodda yoyiq gap (Lola magazinga 26 bordi), uyushiq bo'lakli gap (Anvar oyisiga yordamlashadi, ukasiga qaraydi), tuzadilar. Ular bu ko'nikmalarni amaliy -mashqlar yordamida egallaydilar. Bolalarning shaxsiy tajribalari, kishilar hayoti va tabiati, kuzatishlari nutq o'stirish uchun asosiy manba hisoblanadi. Predmetlar, uy-ro'zg'or asboblari, o'simliklar, hayvonlar qiziqarli suhbat uchun mavzu bo'lib xizmat qiladi. Suhbat jarayonida bolalarda hosil qilingan tasavvur asosida aniq tushunchalar shakllanadi.




1 Ўзбекистон Республикасининг «Таълим тўғрисида»ги қонуни. //Баркамол авлод-Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. - Тошкент: Шарқ,1997. - 20-бет.

Yüklə 32,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin