Mundarija
I.Kirish. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida multimediyalardan foydalanish……3
II.Asosiy qism.
2.1. Multimediya so‘zining ma’nosi va kelib chiqish tarixi…………………………6
2.2.Maktabgacha ta‘limda multimedialardan foydalanish……………………….11
2.3.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim tarbiya jarayonini multimedia asosida tashkil etish..............................................................................................................18
2.4. Maktabgacha yoshdagi bolalarda multimedia savodxonligini oshirish.............21
III.Xulosa.................................................................................................................26
IV.Foydalanilgan adabiyotlar..................................................................................29
Mavzu:.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida multimediyalardan foydalanish.
Reja:
I.Kirish. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida multimediyalardan foydalanish……….
II.Asosiy qism.
2.1. Multimediya so‘zining ma’nosi va kelib chiqish tarixi…………………………..
2.2.Maktabgacha ta‘limda multimedialardan foydalanish…………………………...
2.3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim tarbiya jarayonini multimedia asosida tashkil etish..................................................................................................................
2.4.Maktabgacha yoshdagi bolalarda multimedia savodxonligini oshirish..................
III.Xulosa.....................................................................................................................
Kirish
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida multimediyalardan foydalanish
Hozirgi kunda respublikamizda ta'lim tizimini raqamli texnologiyalarni qo'llash bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan umumiy o'rta ta'lim va oliy ta'lim tizimlarida raqamli texnologiyalar keng qo'llanilmoqda. Elektron darsliklar, elektron ta'lim resurslari va o'quvchilar uchun mo'ljallangan maxsus multimedia dasturlari, electron platformalar buning yaqqol dalilidir. Ammo ta'limning birinchi bo'g'ini bo'lmish maktabgacha ta'lim tizimi nisbatan ancha orqada qolgan. O'zbekistonda ushbu muammoning sabablaridan biri sifatida o'zbek tilidagi maktabgacha yoshdagi bolalarga mo'ljallangan elektron ta'lim resurslarining juda kamligini va MTT lari axborot kommunikatsiya vositalari bilan ta'minlanmaganligini keltirish mumkin. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6108-son Farmoni hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabr PQ-4884 sonli "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida" gi qaroriga asosan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda boshqa mafaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022 yil 1 yanvarga qadar maktabgacha ta'lim tizimida zamonaviy o'qitish shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish vazifasi belgilangan.
O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 16-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi O'RQ-595 sonli qonunining 53-moddasida ta'lim-tarbiya jarayoniga ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun o'quv-uslubiy va didaktik materiallar ishlab chiqish-ishlab shiqarish, maktabgacha ta'lim va tarbiya sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish vazifalari belgilangan.
Xorijiy va mahalliy tadqiqotchilar S.L.Novoselova, I.Yu.Pashiliti, G.P.Petko, Xanter va M.IJumayevlarning fikrlariga ko'ra ta'lim jarayonida kompyuterdan foydalanish bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar nafaqat kompyuter texnologiyalaridan foydalanish imkoniyati maqsadga muvofiqligini, balki bolaning intellekti va shaxsiyatini rivojlantirishda alohida o'rin tutganligini va bugungi kunda multimedia o'qitish vositalaridan foydalanish maktabgacha ta'lim tizimidagi ko'plab uslubiy yangiliklarni ishonchli isbotlamoqda. Ularning fikriga qo'shilib shuni aytmoqchimanki multimedia maxsulotlari bolaning ta'limga bo'lgan qiziqishini oshiradi, fikrlash doirasi va intelektual salohiyatini o'stiradi va mustaqil bilim olishiga imkoniyat yaratadi.
lmiy izlanishlarim natijasida men o'z tadqiqot ishimda asosiy e'tiborni maktabgacha ta'lim sohasida raqamli texnologiyalarni qo'llash va "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim muasasasining Davlat o'quv dasturi talablari asosida "Elementar matematika" mashg'ulotlarini o'qitishga mo'ljallangan elektron ta'lim resursini yaratishga qaratdik va ilmiy izlanishlar olib bordik. 2020 yilda "Maktabgacha ta'limda matematika mashg'ulotini o'qitishga mo'ljallangan amaliy dastur" nomli elektron ta'lim resursini yaratildi Adliya vazirligi huzuridagi intelektual mulk agentligi tomonidan mualliflik guvoxnomasi olindi. 2021 yilda "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o'quv dasturi, "O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yilgan davlat talablari" asosida shakllantirilgan elementar matematika mashg'ulotlar to'plamining kompyuter dasturi yaratildi dasturda to'liq kichik guruh, o'rta guruh, katta guruh, tayyorlov guruh bolalariga mo'ljallangan elementar matematika mashg'ulotlarining to'plamini qamrab oladi. Dasturda har bir mashg'ulotga mo'ljallangan multimediali o'quv video roliklar va mavzuni mustahkamlashga oid rivojlantiruvchi kompyuter o'yinlari to'plami joylashtirilgan.
Ta'lim materialining tushunarli bo'lish tamoyili kompyuter xotirasiga kiritilgan va o'rganishga taalluqli materiallarni monitor ekraniga chiqarish va namoyish etilishi asosida amalga oshiriladi. Dasturchi elektron ta'lim resursini tayyorlashda ta'lim berish jarayonida o'quv materialining bolaga tushunarli bo'lish tamoyiliga alohida e'tibor berishi lozim. Tanlangan o'quv materiali murakkab bo'lmasligi, osondan qiyinga qarab bosqichma-bosqich amalga oshirilishi inobatga olingan.
Dasturda bolalarning yosh davrlari ajratilagan bo'lib, har bir yosh davri bo'yicha mavzular "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi asosida alohida joylashtirilgan. Har bir mavzu bo'yicha ma'lumot beruvchi animatsion video roliklar yaratilgan va yosh davriga mos ravishda platformaga joylashtirilgan, har bir mavzuni mustahkamlashga doir 15 ga yaqin interfaol kompyuter o'yinlari kiritilgan.
Elektron platforma orqali bilim berishning an'anaviy usullardan afzalligi shundaki har bir video rolik orqali mashg'ulot mavzularimultfilmlar orqali bola tilida yoritiladi, buorqali bolaning bilim olishga ishtiyoqi ortadi.
Kompyuter o'yinlari orqali bolalar multaqil ravishda topshiriqlarni bajarishda xato javobni belgilasada unga kompyuter tanbeh bermaydi, do'stlari orasida izza qilmaydi natijada bolaning o'ziga bo'lgan ishonchi ortadi, fikrlash qobiliyati rivojlanadi.
Qolaversa bolaning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishda ham ushbu elektron platformadan o'rni beqiyosdir. Zamonaviy kompyuterli animatsion, mukammal dasturiy vositalardan foydalanish, uchinchi relesans bolasining zamon talablariga mos ravishda bilim olishiga, mustaqil fikrining shakllanishiga, tafakkur doirasining ortishiga, kompbyuter savodxonligiga ega bo'lishiga, aqliy salohiyatning yuksalishiga xizmat qiluvchi zamonaviy vosita hisoblanadi.
Maktabgacha ta'limda raqamli texnologiyalar asosida multimedia maxsulotlarini qo'llash natijalari bo'yicha 2019-2021 yillar davomida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o'tkazgan tajriba-sinov natijalari asosida shunga amin bo'ldimki, raqamli texnologiyalar ta'limning ajralmas qismi bo'lib, ayniqsa maktabgacha ta'lim tizimida mashg'ulotlarni tashkiletishda zarur vosita deb hisoblayman. Bunday sharoitda shaxsni shakllantirish avvalgi an'anaviy usullardan tubdan farq qiladi, bu globallashayotgan axborot makonida maktabgacha ta'lim tizimining sifat jihatidan yangi modelini ishlab chiqishni, hozirgi sharoit uchun zarur bo'lgan va ularga mos keladigan mutlaqo yangi usullarini o'zida jamlagan metodik ishlarni shakllantirishni talab qiladi. Nima bo'lganida ham, zamonaviy pedagogikada raqamli texnologiyalaridan to'g'ri foydalanish maktabgacha yoshidagi bolalarning yutuqlarini kafolatlaydi va keyinchalik yuqori sinflarda muvaffaqiyatli o'qishini kafolatlaydi.
II.Asosiy qism.
Dostları ilə paylaş: |