I. Kirish. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida multimediyalardan foydalanish


Maktabgacha yoshdagi bolalarda multimedia savodxonligini oshirish



Yüklə 132,42 Kb.
səhifə5/6
tarix13.12.2023
ölçüsü132,42 Kb.
#175653
1   2   3   4   5   6
MOXIII

2.4 Maktabgacha yoshdagi bolalarda multimedia savodxonligini oshirish
Hozirgi rivojlanayotgan davlatimizda ta’lim va tarbiya sohasiga oid amalga oshirilayotgan islohatlar va bu borada yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar nihoyatda kengayib keyingi yillarda davlatimiz siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib bormoqda. Shu jumladan, uzluksiz ta’limning dastlabki bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta’lim sohasining ayni paytdagi rivojlanishi buning yorqin isbotidir. Barkamol avlod ta’lim tarbiyasida turli texnologiyalarni, jumladan, multimedia texnologiyasini tatbiq etish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biri sanaladi. So‘nggi yillarda multimedia vositalaridan ta‘limning barcha sohalarida keng qo‘llanilmoqda. Shu sababli, yosh avlodning media savodxonligini shakllantirish maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan boshlanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunning 53- moddasida maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash vazifalar belgilangan bo‘lib, jumladan, ta’lim tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish ko‘zda tutilgandir. Yuqorida bayon qilingan fikrlardan ko‘rinib turibdiki, maktabgacha ta’lim tizimiga ma’nan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashda raqamli texnologiyalar,multimedia texnologiyalaridan foydalanish va multimedia texnologiyasini joriy etish, tarbiyalanuvchilarni kompyuter bilan elementar tarzda foydalanishga o‘rgatish va maktab ta’limiga kampyuter savodi bilan tayyorlash, kompyuterni faqat o‘yin vositasida emas, balki ta’lim berish vositasi sifatida foydalanish hamda kompyuter o‘yinlarida multimediani tatbiq etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri ekanligini ko‘rsatadi.
Ommaviy axborot vositalari, kino, teatr, san’atning turlari, madaniyat sarchashmalari, internet orqali uzatilayotgan har qanday ma’lumot insonga o‘zining ma’lum bir ta’sirini o‘tkazib, uning dunyoqarashini o‘zgartirishga sabab bo‘lmoqda. Yuqorida tilga olingan tushunchalarning qo‘llanilishi va bugungi kunda media ta’lim, media savodxonlik, media tanqid va mediani o‘rganishga bo‘lgan intilishning asosiy maqsadi ham axborotning yaratilishi, uning tarqalish jarayonini tushunib yetish, tijorat, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va madaniy maqsadlarda tarqatilayotgan axborotning mohiyatini anglagan holda uni baholay olishdir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi tarbiyaviy faoliyat jarayonida har bir mavzu bo‘yicha to‘liq ma’lumot beruvchi va bolalarning yosh davrlariga mos ravishda animatsion video roliklar yaratib faoliyat olib borsa, shuningdek har bir mavzuni mustahkamlashga oid qiziqarli interfaol kompyuter o‘yinlarini tashkillashtirsa, o‘quv faoliyati bolalar uchun ancha samarali va qiziqarli hamda foydali tarzda bo‘ladi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari ya’ni multimedia vositalari orqali bilim berishning an’anaviy usullardan afzalligi shundaki, har bir videorolik orqali o‘quv faoliyat mavzulari multfilmlar orqali bola tilida yoritiladi, bu orqali esa bolaning bilim olishga ishtiyoqi va qiziqishi sezilarli darajada ortadi. Kompyuter o‘yinlari orqali bolalar mustaqil ravishda topshiriqlarni bajarishda xato javobni belgilasada unga kompyuter tanbeh bermaydi, do‘stlari orasida izza qilmaydi, natijada bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortadi, bola o‘zini boshqalar oldida erkin yengil his qiladi va fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Yosh bolalar tevarak-atrofga, voqea va xodisalarga, narsa va buyumlarga qiziquvchan bo‘ladi. Hamma narsani ushlab, paypaslab, yurgizib, harakatga keltirib ko‘rishni yoqtiradilar.
Kompyuter o‘yinlari tarbiyalanuvchilarning ushbu qiziquvchanlik xususiyatini oshiradi. Natijada, ularning aqliy rivojlanishi shakllana boradi. Multimediali kompyuter o‘yinlari tarbiyalanuvchilarning qiziquvchanlik xususiyatini oshirishini quyidagilar asosida yaqqol ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi:
-Ekranda ko‘rsatiladigan o‘yin obyektiga animatsiya samarasi berilgan bo‘lishi va ular doimiy ravishda harakatlanib turishida;
-Tovushida;
-Musiqada;
-Animatsiyada
-Multifikatsiyada;
O‘yin davomidagi ushbu “kompyuterli” psixologik-pedagogik ta’sirlar yosh bolalarning faqat qiziquvchanlik xususiyatini oshiribgina qolmasdan, balki bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini ham oshiradi. Bu ma’lumotlardan ma’lum bo‘ldiki, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar tarbiyasining shakllanishida axborot texnologiyalari ya’ni, multmedialardan foydalanish uni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida samarali qo‘llash hozirgi kunning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi.
Media vositalarini tayyorlash va bolalarning kompyuter savodxonligini shakllantirish metodikasi shaxsiy kompyuterlar multimedia texnologiyasining asosiy texnik vositasi hisoblanadi. Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida bolalarga media ta’lim-tarbiya berish jarayonida, foydalanish uchun qo‘shimcha vositalar - kompyuter va fleshkalar, prezentatsiyalar, kompakt disklar, turli xil taqdimotlar, slaydlar va hokazolar talab etiladi. Multimedia tеxnologiyalaridan foydalanish jarayonida tarbiyalanuvchining yoshi, darsga tayyorgarlik darajasi, jamoadagi o‘zaro munosabatlari va o‘zini tutish va boshqarish qobiliyatlarini e’tiborga olish lozim.
har bir maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari dasturli va rolli multimedia vositalaridan har bir mavzuga doir videolar, slaydlar va turli zamonaviy texnologiyalar asosida materiallar tayyorlab kelib o‘quv faoliyatlari jarayonlarida qo‘llashlari mumkin. Kompyuter video diski multimedianing texnik vositasi sifatida bir necha afzalliklarga ega.
Kompyuterdan foydalanib, o‘rganiladigan materialni bosqichlar bo‘yicha to‘la ma’lumotga ega bo‘lgan holda, ba’zi hollarda alohida elementlarini ko‘rish mumkin, zarur bo‘lganda material qayta namoyish etiladi. Kompyuter video diskda sxemalar, rasmlar, grafiklar ham joylashtirilgan bo‘ladi. Bolalarda multimedia savodxonligini oshirish uchun biz, kompyuter va dasturlash mahoratini rivojlantirishimiz, fotosurat va videolarni tahlil qilishni o‘rganishimiz, shuningdek, media vositalari orqali ma'lumotlarni topishimiz va qo‘llashimiz kerak bo‘ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga tarbiyachi ta’lim faoliyat jarayonida zamonaviy axborot texnologiya va dasturiy vositalardan foydalanishi unga bir qancha imkoniyatlar yaratadi. Masalan:
▪ Mashg‘ulotlar uchun ajratilgan vaqtni tejashga;
▪ Mashg‘ulotlarni “o‘yin” tarzida olib borishga;
▪ O‘qitishning motivatsiyasini kuchaytirishga;
▪ Bolalarni turli ko‘rinishidagi faoliyat turlariga jalb qilishga;
▪ Fikrlash, mulohaza qilish va bahslashishga;
▪ Mashg‘ulot jarayonida audio, video va multimedia materiallaridan foydalanishga imkon beradi.
Multimedia vositalaridan foydalanish bolalarning bilim olishida, mavzuni o‘zlashtirishga qiziqishlarini ortishida; mustaqil ravishda o‘qish, sanash va qo‘shishni o‘rganishlarida; predmetlar, sonlar orasidagi bog‘liqlikni tushunishlariga katta yordam beradi. Bundan tashqari, media vositalari bolalarda atrof-muhitdagi voqea-hodisalarni tadqiq qilishlari va kuzatishlariga; mulohaza qilish va fikrlash qobiliyatlarini ortishiga olib keladi.
Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘z navbatida bir qancha xususiyatlarni o‘z ichiga olib, tarbiyalanuvchilarning faolligini oshirishda, o‘rganiladigan o‘quv materiallarni hajmini ko‘paytirishda, ta’lim jarayonini oldindan loyihalashda, natijani kafolatlashda, ta’lim shaklini qulaylashtirishda, shuningdek, ta’lim mazmunida, tuzilishida, uslublarida va turli shakllarida namoyon bo‘ladi. Tarbiyalanuvchilar olgan bilimlarini uzoq vaqt xotiralarida saqlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Biz hammamiz media olamida yashaymiz va har kuni media savodxonlik muammolariga duch kelamiz.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga bunday qiyin sharoitda o‘zini tutish qoidalari va o‘z-o‘zini himoya eta olishni o‘rgatish juda muhimdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida multimediali kompyuterli ta’limni amalga oshirishning asosiy talablaridan biri - bolalarning kompyuter savodxonligini shakllantirish va ularni kompyuterda mustaqil ishlashini ta’minlashdan iborat. Ayni paytda media ta’lim asoslarini har bir ta’lim muassasasida o‘quv dasturiga kiritish, bolalarga maktabgacha ta’lim jarayonida uning asoslarini interaktiv, turli o‘yinlar shaklida tushuntirish, o‘sib kelayotgan avlod tomonidan shiddatli axborot oqimida zarurini tanlash va unga tanqidiy yondoshgan holda baholay olish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida yoshlarning kelajakdagi fuqarolik pozitsiyasini yanada mustahkamlanishiga, jahonda yuz berayotgan voqea-hodisalarni xolis baholab, to‘g‘ri qaror qabul qila olishiga asos bo‘ladi.
G‘ulomov aytganidek, bolalarga ta’lim berishda tarbiyachi faoliyat jarayonida ularga amaliy bajartirib yoki mavzuga doir ko‘rgazmali materiallardan foydalansa, dars ancha qiziqarli va ajoyib tarzda o‘tadi. Tarbiyachi multimedia vositalari orqali ta‘lim-tarbiya berishda, har bir bolaning qobiliyatlarini aniqlab, rivojlantirishi mumkin. Bu zamonaviy sharoitlarda o‘zini o‘zi o‘qitishning eng yaxshi usuli bo‘lib, fikrlashning mustaqilligini rivojlantirishi mumkin, bu diqqatni jamlashni kuchaytiradi va bola tezda bir harakatdan ikkinchisiga o‘tishni o‘rganadi.
Mashg‘ulotlarni loyihalashtirishda tarbiyachi yuqorida taqdim etilgan turli dasturiy mahsulotlardan samarali foydalana olishi zarur. Mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishda dasturiy mahsulotlar entsiklopediya, lug‘atlar, ta’limiy dasturlar va boshqalardan foydalanishda kompyuterning o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Mashg‘ulotlarni kompyuter texnologiyasi vositasida tashkil etishda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha yangi mavzularni ko‘rgazmali tushuntirish imkoniyati mavjud.
Mashg‘ulotlarni axborot kommunikativ texnologiyalardan foydalanib tashkil etishda har qanday pedagog o‘z mehnatining ko‘p qismini kompyuterga yuklashi mumkin bo‘ladi. Bu bilan o‘quv jarayonini yanada qiziqarli, rang-barang qilib, mazmunan boyitadi. Tarbiyachi tarbiyalanuvchining bilimini o‘z vaqtida xolisona baholab boradi, ularga noan’anaviy saboq berish usullarini topishga ijodiy yondashadi. Bu tarbiyachining kasbiy jihatdan rivojlanishiga ham asos bo‘ladi.
Ayni zamonda, o‘z kasbining mahoratli sohibi bo‘lgan pedagog tomonidan o‘zining chuqur bilimi, katta tajribasiga tayangan holda, axborot kommunikativ texnologiyalardan foydalanib o‘tkazgan dars-mashg‘ulotlari, namoyish etilgan media-mahsulotlari, ko‘rgazmali materiallari asosida yanada qiziqarli bo‘lib, oson o‘zlashtiriladi va ularda mustaqil fikrlash hamda o‘z ustida ishlash malakalarini mustahkamlaydi.
Hatto bir yoshli bola ham o‘zining bilish faoliyatini internet orqali amalga oshirmoqda. Maktabgacha ta’lim jarayonida bolalarga xos bo‘lgan bu qiziqishidan, ya’ni bolalarning odam va olam sirlarini bilishga bo‘lgan ehtiyojidan ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan holda foydalanish bu jarayonni ham qiziqarli, ham foydali faoliyatga aylantiradi. Yuqoridagi fikrlar shuni ko‘rsatadiki, informatikaga oid mashg‘ulotlarni maktabgacha ta’limdan boshlash va bolalarda ilk yoshdanoq undan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish talab etilmoqda.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida multemedialardan foydalanishni tashkil etishda ham muammolar mavjud. Har bir tarbiyachi ham kompyuter bilan ishlashga qodir emas. MTTlarda uskunalar yetarli emas. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida vositalarni joylashtirish uchun bo‘sh joy yetishmaydi. Multimedia uskunalarining yuqori narxi. Foydalanish jarayonida sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya qilmaslik. Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan yaxshi kompyuter dasturlari yetarli emasligi.


Xulosa
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida multimedia savodxonligini oshirishda tarbiyachi bolalar bilan turli faoliyat jarayonlarida o‘tkazgan to‘garaklarida bolaning yoshini inobatga olgan holda ta‘lim jarayonini yoshiga mos qilib zamonaviy axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanishni va xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda o‘tkazishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar multimedia savodxonligi ta‘lim faoliyat jarayonlarida zamonaviy axborot texnologiyalari tushunchasiga ega bo‘lib va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanishni va xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni o‘rganib oldilar. Maktab ta’limiga o‘tgandan so‘ng texnologiya fanlarini o‘qishlari ancha oson bo‘ladi, chunki, bola dastlabki boshlang‘ich tushunchalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mustahkam poydevorni qo‘ygan bo‘ladilar.
Bolalarda multimedia savodxonligini oshirish uchun quyidagi tavsiyalarni berish mumkin:
➢ Pedagog bolalar uchun maqbul multimedia vositalarini tanlashi kerak, ya’ni bolalarning o‘zlari uchun qulay va yoshiga mos vositalardan foydalanishi;
➢ O‘quv tarbiyaviy faoliyatlarni multimedia vositalaridan foydalanib bolalar uchun tushunarli va qiziqarli usullarda tashkil etishi;
➢ Bolalarda multimedia savodxonligini oshirish jarayonida ularning ota-onalari va tarbiyachilari o‘zaro hamkorlikda ishlashlari ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Xulosa qilganda, mutimedia texnologiyasining MTTlardagi ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbig‘i – tarbiyalanuvchilarga kompyuterlar asosida yangicha texnologik yondashuv hisoblanadi. Multimedia texnologiyasidan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish bir vaqtning o‘zida bolalarning kompyuter savodxonliklarini shakllanishiga ham olib keladi.
Hayot va faoliyatning deyarli barcha sohalariga asta-sekin kirib boradigan kompyuterlashtirish zamonaviy odam, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o'qitishga yondashuvlarda o'ziga xos tuzatishlar kiritadi. Mahalliy va xorijiy tadqiqotlar shuni isbotlaydiki, maktabgacha ta'lim muassasalarida bolaning intellektini va shaxsini rivojlantirish uchun kompyuterlardan foydalanish nafaqat mumkin, balki maqsadga muvofiqdir (S. Novoselova, G. Petcu, I. Pashelite va boshqalar).
Axir, o'yin va o'rganish imkoniyatlari uchun katta salohiyatga ega bo'lgan kompyuter bolaga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Ammo ta'sir faqat o'qituvchi (tarbiyachi), bola va kompyuter o'zaro ta'sir qilganda ijobiy bo'ladi. Va agar bugungi kunda ular maktabgacha ta'lim muassasalarining o'quv jarayoniga kompyuterni joriy etishning maqbulligi haqida gapirayotgan bo'lsa, unda bunday ishning nazariy, didaktik va uslubiy jihatlari hali ham har tomonlama va chuqur o'rganishni talab qiladi.
Shunday qilib, kompyuter yangi vositadir intellektual rivojlanish bolalar va shuning uchun uni maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim maqsadlarida qo'llash sinflarning o'zlarini va umuman butun rejimni ehtiyotkorlik bilan tashkil qilishni talab qilishini esga olish kerak. Pedagog o'z oldiga qanday maqsadlar qo'yganiga, ularni hal qilish uchun qanday yo'llarni tanlashiga qarab, kompyuterning bolaga ta'sirini aniqlaydi. Zero, kompyuterlar dunyosiga moslashish nafaqat kelajakda bolaning hayotini osonlashtiradi, balki kompyuter yordamida o'rganish va o'yin faoliyatida foydalanish samaradorligini oshirishga, shuningdek, barcha qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam beradi. bolalardagi aqliy jarayonlar.
Shuningdek, o'rganilgan va ko'rib chiqilgan material asosida maktabgacha ta'lim muassasasida kompyuterdan foydalanish bo'yicha pedagoglar uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Texnologiyalar aynan ta’lim tarbiya jarayonida ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muayyan ta’lim faoliyati bo‘yicha bilim berish va shaxsni shakllantirishga qaratilgan o‘qitishning zamonaviy usullari va texnik vositalari majmuidir.
Oliy maktab ta’limi jarayonida axborot kommunikativ texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishni o‘zlashtirib olgan bo‘lajak tarbiyachilar o‘z amaliy faoliyatlarining samaradorligini ta’minlashda ham internet ma’lumotlariga murojaat qiladilar. Masalan, maktabgacha ta’limiy faoliyatni samarali tashkil etish maqsadida internet orqali mavzuga daxldor syujetli rasmlar, ilmiy-ommabop lavhalar, didaktik o‘yinlar, badiiy asarlarning mazmuni va qahramonlariga ishlangan suratlar, o‘zi uchun zarur bo‘lgan nazariy ma’lumotlarni topib foydalanishi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, tarbiyalanuvchilarini ham internet ma’lumotlaridan foydalanishga yo‘naltiradilar. Maktabgacha ta’limning bunday zamonaviy tarzda tashkil etilishi tarbiyalanuvchilarning ham diqqatini tortadi, bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi. Faqat bugungi kunda kerali ma’lumotlarni topish uchun tarbiyachi ham, tarbiyalanuvchi ham ingliz va rus tillarini bilishi talab etiladi.
Dunyo miqyosida barcha ta’lim tizimi internet-texnologiyalarining yangi bosqichiga, ya’ni o‘quv rejalarida alternativ ta’lim elementlarini qo‘llashga o‘tib bormoqdalar. Bu bilan ba’zi murakkab o‘quv muammolarini oson va samarali hal qilishga erishmoqchilar.
Qisqa qilib aytganda, milliy ta'limni zamonaviy informatsion texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanib ta'limiy faoliyatlarni tashkil etish maktabgacha ta’lim tarbiyachilari hamda tarbiyalanuvchilari uchun ham oddiy ta’lim jarayoniga aylanib bormoqda.
Bugun jamiyatning barcha qatlami internet resurslaridan unumli foydalanishga ehtiyoj sezmoqda. Ota-onalar ham, MTT ham, maktab ham tarbiyalanuvchilarning veb-imkoniyatlardan samarali foydalanishlariga e’tibor qilishlari, masalan, yo‘nalishli onlayn konferentsiyalarda qatnashishlari, o‘z saytlarini tuzish ishlarida foydalanishlarini nazorat qilishlari, ularni foydali ishlarga yo‘naltirishlari maqsadga muvofiqdir.
Shuni ta’kidlash joizki, ko‘rgazmalilikning zamonaviy usullari bilan birga an’anaviy tamoyillaridan ham o‘rni bilan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ayni zamonda, tarbiyalanuvchilarning zamonaviy axborot kommunikativ texnologiyalarga oqilona yondashishini nazorat qilish ham bugun paydo bo‘lgan yangi vazifadir.



Yüklə 132,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin