I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   176
Biologiya 7 uzb 2022

Dendrit
 
(yunoncha 
dendron
– “daraxt”) – 
nerv hujayralari (neyron)ning tarmoqlan
-
gan sezuvchi oʻsimtalari; boshqa neyronlar, 
retseptor hujayralar yoki bevosita tashqi 
qo‘zg‘atuvchilardan signallar qabul qiladi. 
Nerv impulslarini hujayra tanasiga oʻtkazadi.
 
Diffuziya
(lotincha 
diffusio
– “singish”, “tarqalish”) 
– 
molekula va ionlarning konsentratsiyasi 
yuqori joydan konsentratsiyasi past joyga 
o‘tishi. Ma salan, membrana orqali kislorod
-
ning hujayraga kirishi.
Ekosistema 
(yunoncha 
oikos
–“uy”, “yashash 
joyi”)
 
– o‘zaro munosabatda bo‘lgan har xil 
turga mansub organizmlar va ular yashay-
digan muhit omillarining yig‘indisi. Masalan, 
hovuz, koʻl, oʻrmon, chiriyotgan toʻnka va 
tuvakdagi gul.
Embriogenez 
(yunoncha 
embryon 
– “embrion”) 
– 
tuxum hujayraning urug‘lanishidan boshla-
nib, yosh organizmning tug‘ilishi yoki tuxum 
qobig‘ini yorib chiqishi bilan yakunlanadigan 
jarayon. 
Entomologiya 
(yunoncha 
entomon
– “hasharot”, 
logos
– “taʼlimot”)
 
– hasharotlarni o‘rganuv-
chi fan.
Eukariotlar 
(yunoncha 
eu
– “haqiqiy”, “yaxshi”, 
kario
– “yadro”, “mag‘iz”)
 
– haqiqiy yadroga 
ega organizmlar (zamburug‘lar, lishayniklar
o‘simliklar, hayvonlar).
Fagotsitoz 
(yunoncha 
fageo
– “yemoq”, “hazm 
qilmoq”)
 
– oqsillar, polisaxaridlar, asosan qat
-
tiq zarrachalarning hujayraga kirish jarayoni.
Fiziologik mezon
– hayotiy jarayonlar: oziqla
-
nish, nafas olish, ayirish, o‘sish, ko‘payish, 
rivojlanishidagi o‘xshashliklar yig‘indisi.
Fotonastiya 
– o‘simlik organlarining kun va tun 
almashinishi bilan bog‘liq harakati. Masalan, 
ba’zi o‘simliklarning gullari tong otganda 
ochiladi, kun botganda esa yopiladi (qoqio‘t 
va lola), boshqa bir o‘simliklarning gullari 
esa, aksincha, kun botganda ochiladi, tongda 
yopiladi (namozshomgul).

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin