107
1. Karton qog‘ozlarning biriga 20 cm li qog‘oz chizg‘ich yopishtiring.
2. Ikkita karton qog‘ozni yonma-yon joylashtirib, skotch yordamida egiluvchan nayni mah
-
kamlang.
3. Ikkinchi kartondagi nay 2 cm pastroq bo‘lishiga e’tibor bering.
4. Kartonlarni suvli plastik idishlarga biriktiring. 0,5 litrli idishga chizg‘ichli kartonni,
2 litrli idishga ikkinchi kartonni mahkamlang.
5. Egiluvchan naylarga shpris yordamida suv to‘ldiring.
6. O‘simlikni bargli poyasi bilan kesib olib, ikkinchi kartondagi nayga joylashtiring.
7. Havo kirmasligi uchun nay va o‘simlik orasiga parafin surtib qo‘ying.
8. Birinchi naydagi suv bug‘lanib ketmasligi
uchun skotch bilan yopib,
nina yordamida
teshib qo‘yiladi.
9. Dastlabki suv miqdori belgilanadi. Har soatda suv sathi o‘lchab boriladi.
10. O‘simlikning o‘rtacha bir soatda bug‘latilgan
suv miqdorini bilib,
uning bir sutkada
qancha suv bug‘latishi hisoblab topiladi.
Natija:
o‘simliklarning suv bug‘latishi
yashash muhiti, havo haroratiga bog‘liq. Patometr
yordamida o‘simlikning bir sutkada qancha suv bug‘latishini aniqlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: