102
VII BOB
TIRIK ORGANIZMLARDA MODDALAR TRANSPORTI
7.1. O‘SIMLIKLARDA MODDALAR TRANSPORTI
MUAMMONI ANIQLAYMIZ.
1. Tirik organizmlarda
moddalar transporti qanday amalga oshadi? 2. O‘simlik or
-
ganlari moddalarni tashishda qanday ahamiyatga ega?
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ.
Tirik organizmda hayotiy jarayonlar normal borishi
uchun moddalar transporti muhim ahami yatga ega. O‘simliklarda moddalar transporti maxsus
o‘tkazuvchi naylar orqali, odam va hayvonlarda esa qon aylanish hamda limfa sistemasi orqali
amalga oshiriladi.
Tirik organizmlarda moddalar transporti usullari bilan tanishamiz:
1)
Diffuziya
– molekula va ionlarning konsentratsiyasi yuqori
joydan konsentratsiyasi
past joyga o‘tishi. Masalan, membrana orqali kislorodning hujayraga kirishi.
7.1-rasm.
Diffuziya hodisasi.
Nafas olish jarayonida ham hujayra va kapillyarlar o‘rtasida diffuziya hodisasiga ko‘ra gaz-
lar almashinadi. Kapillyardagi qonda kislorod ko‘p, karbonat angidrid kam.
Hujayrada esa
kislorod kam, karbonat angidrid ko‘p. Diffuziya hodisasiga ko‘ra kislorod hujayraga, karbonat
angidrid qonga o‘tadi
(7.1-rasm)
.
2)
Osmos
– suvning
membrana
orqali erigan modda
konsentratsiyasi past muhitdan
konsentratsiyasi yuqori
boʻlgan muhitga o‘tishi.
Tajri bada
U
shaklidagi idishning
o‘rtasi tanlab o‘tkazuvchi membrana bilan to‘silgan. Idish
-
ning bir tomoniga 1% li, ikkinchi tomoniga 10%
li osh
tuzi eritmasi solingan. Vaqt o‘tishi
bilan suv molekulalari
membranadan o‘tib, ikkala tomonda tuzning konsentratsi-
yasi tenglashishiga sababchi bo‘ladi
(7.2-rasm)
.
O‘simlik va hayvon hujayrasidagi osmos hodisasini
quyidagi tajribada ko‘rish mumkin.
Diffuziya • Osmos
• Floema • Ksilema •
Transpiratsiya
hujayra
molekulalar
O
2
O
2
O
2
O
2
CO
2
CO
2
CO
2
CO
2
O
2
hujayra membranasi
hujayra membranasi
7.2-rasm.
Osmos hodisasi.
plazmatik membrana
Suv
103
Qonda osh tuzining 0,9 % li eritmasi tabiiy fiziologik
eritma hisoblanadi. Eritrotsit
hujayrasining ichidagi va
tashqarisidagi konsentratsiya bir xil bo‘lgani
uchun bu
eritma
Dostları ilə paylaş: