I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

Topshiriq
Uy sichqonlari bir daqi qada 80–230 
marta nafas oladi, qu yon 30–60 marta, 
mushuk 20–30 marta, qora mollar 10–30 
marta, fil 4–12 marta, ko‘k kit esa bir 
soatda bir marotaba nafas olishi mumkin. 
Yuqoridagi 
ma’lumotlarni 
qanday 
xulosalash mumkin?
bo‘shlig‘i orqali o‘pkaga o‘tadi. Tomoq ko‘tarilganida o‘pkadagi karbonat angidrid gaziga to‘yin
-
gan havo yana og‘iz bo‘shlig‘i va burun teshigi orqali tashqariga chiqib ketadi 
(6.11-rasm)
.
Reptiliyalar quruqlikda yashashga moslashgan hayvonlar bo‘lib, terisi nafas olish jarayoni
-
da ishtirok etmaydi. Shuning uchun ularning o‘pkasi ko‘plab kameralarga bo‘lingan. Bu esa 
o‘pkalarda gaz almashinuv sathining ortishiga imkon beradi.
Qushlarda moddalar almashinuvining jadallashuvi o‘pkalar bilan tutashgan havo xaltalari 
hosil bo‘lishiga olib kelgan. Nafas muskullarining bir tekis qisqarishi nafas olishni taʼminlaydi. 
Bu muskullar qisqarganda koʻkrak qafasining hajmi kattalashib, tashqi muhitdan havo kiradi. 
Bo‘shashganda esa tashqi muhitga havo chiqib ketadi 
(6.12-rasm)

Sutemizuvchilarda nafas olish ancha takomillashgan bo‘lib, o‘pka alveolalari yaxshi rivoj-
langan. Nafas olishda diafragma muskullari ham ishtirok etadi.
Odamning nafas olish sistemasi burun bo‘shlig‘i, halqum, hiqildoq, kekirdak, bronxlar va 
o‘pkadan iborat 
(6.13-rasm)
. O‘pkalar alveolalardan tashkil topgan bo‘lib, ko‘krak bo‘shlig‘ini 
to‘ldirib turadi. Alveolalarning devori bir qavat epiteliydan tashkil topgan. Kislorod alveola
-
lardan qonga o‘tadi. Qon bilan to‘qimalarga boradi va oziq moddalarni parchalash uchun sarf 
bo‘ladi. Hosil bo‘lgan ayirish mahsulotlari qon bilan alveolalarga keladi va tashqi muhitga 
chiqariladi.
XULOSA CHIQARAMIZ

Barcha tirik organizmlar kabi hayvonlar ham kislorod bilan nafas olib, karbonat angidrid 
chiqaradi.

Hayvonlarda nafas maxsus nafas olish organlari sistemasi orqali amalga oshadi. Nafas 
olish jarayonida organik moddalar kislorod ishtirokida parchalanib, organizmni energiya bilan 
ta’minlaydi. 

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin