I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

aerob organizmlar
deyiladi. Aerob organizmlarga barcha 
oʻsimliklar, koʻpchilik hayvon, zamburugʻ va bakteriyalar kiradi 
(6.2-rasm)
.
6.2-rasm. 
Aerob organizmlar.
Nafas olish • Aerob 
organizmlar • Anaerob 
organizmlar • Kislorod • 
Yasmiqchalar
issiqlik
energiyasi
O
2
CO
2
H
2
O


94
Anaerob organizm
larda nafas olish jarayoni kislorodsiz muhitda kechadi. Achituvchi 
va chirituvchi bakteriyalar, achitqi va mog‘or zamburug‘lari hamda parazit chuvalchanglar 
anae rob organizmlardir 
(6.3-rasm)

Nafas olish jarayonida kislorodning qabul qilinishi va karbonad angidridning ajralib chi
-
qishi 
gaz almashinuvi
deyiladi. Tirik organizmlar kislorodni turlicha o‘zlashtiradi. Masalan, 
protoktistalar kislorodni hujayra qobig‘i orqali qabul qilsa, o‘simliklarda bu jarayon barg 
og‘izchalari va yasmiqchalar orqali amalga oshadi 
(6.4-rasm)
. O‘simlik ildizi po‘stloq hujay
-
ralari orasidagi bo‘shliqlarda to‘plangan havo yordamida nafas oladi.
O‘simliklarning nafas olish jarayoni uning oziqlanishidan keskin farq qiladi. Nafas olishda 
barglarda organik moddalar hosil bo‘lmaydi, aksincha, parchalanadi. Yana bir muhim farqi –
nafas olish uchun yorug‘lik talab etilmaydi. O‘simliklar kecha-kunduz uzluksiz nafas oladi. 
Kunduzi barg hujayralarida organik moddalarning hosil bo‘lishi va hujayralarning nafas olish 
jarayoni bir vaqtda o‘tadi. O‘simliklar fotosintez jarayonida ajralgan kislorodning bir qismidan 
nafas olishda foydalanadi. Kislorodning qolgan qismi esa barg og‘izchalari orqali atmosferaga 
ajraladi. Bu kisloroddan aerob organizmlar nafas olish jarayonida foydalanadi 
(6.5-rasm)
.
6.4-rasm. 
Barg og‘izchalari orqali moddalarning kirishi va chiqishi. 
6.5-rasm. 
O‘simlikning nafas 
olish va oziqlanish jarayoni
-
da barg og‘izchalari orqali 
moddalarning harakati.
6.3-rasm. 
Anaerob organizmlar.
barg og‘izchalarining 
yopilishi
barg og‘izchalarining 
ochilishi
Quyosh
Suv
CO
2
CO
2
O
2
O
2


95
Nafas olish o‘simliklarning turiga, yoshiga va yashash muhitiga bog‘liq. Yosh organizmlarda 
nafas olish kuchli bo‘ladi. O‘simlik hayotining oxirida esa nafas olish jadalligi pasayib boradi. Ti-
nim holatdagi urug‘larda nafas olish jadalligi juda past bo‘ladi. Tashqi muhit omillari nafas olishga 
turlicha ta’sir qiladi. O‘simlik o‘sayotgan muhitda mineral moddalar ko‘paysa, ularning ildizlarida 
nafas olish jadalligini kuchaytiradi. 
Rasmda o‘simlik organlarida nafas olish jadalligini o‘rganish tasvirlangan 
(6.6-rasm)
.
Siz bu rasmni qanday izohlaysiz?
Ontogenez davomida nafas olish jadalligi o‘zgaradi. O‘simliklarning nisbatan yosh organ-
lari va to‘qimalarida nafas olish jadalligi yuqori bo‘ladi. Yosh barglar o‘sgan sari ulardagi 
nafas olish jadalligi ortib boradi. Barg o‘sishdan to‘xtasa, nafas olish ham sekinlashadi. Quruq 
urug‘lar juda sekin nafas oladi. Urugʻlar unib chiqqach va keyinchalik nihol oʻsishi davomida 
ularning nafas olishi bir necha ming marta oshadi. Oʻsimliklarning faol oʻsish bosqichi tugashi 
bilan ularning nafas olishi susayadi. 

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin