94
Anaerob organizm
larda nafas olish jarayoni kislorodsiz muhitda kechadi. Achituvchi
va
chirituvchi bakteriyalar, achitqi va mog‘or zamburug‘lari hamda
parazit chuvalchanglar
anae rob organizmlardir
(6.3-rasm)
.
Nafas olish jarayonida kislorodning qabul qilinishi va karbonad
angidridning ajralib chi
-
qishi
gaz almashinuvi
deyiladi. Tirik organizmlar kislorodni turlicha o‘zlashtiradi. Masalan,
protoktistalar kislorodni hujayra qobig‘i
orqali qabul qilsa, o‘simliklarda
bu jarayon barg
og‘izchalari va yasmiqchalar
orqali amalga oshadi
(6.4-rasm)
. O‘simlik ildizi po‘stloq hujay
-
ralari orasidagi bo‘shliqlarda to‘plangan havo yordamida nafas oladi.
O‘simliklarning nafas olish jarayoni uning oziqlanishidan keskin farq qiladi. Nafas olishda
barglarda organik moddalar hosil bo‘lmaydi, aksincha, parchalanadi. Yana bir muhim farqi –
nafas olish uchun yorug‘lik talab etilmaydi. O‘simliklar kecha-kunduz uzluksiz nafas oladi.
Kunduzi barg hujayralarida organik moddalarning hosil bo‘lishi va hujayralarning nafas olish
jarayoni bir vaqtda o‘tadi. O‘simliklar fotosintez jarayonida ajralgan kislorodning bir qismidan
nafas olishda foydalanadi. Kislorodning qolgan qismi esa barg og‘izchalari orqali atmosferaga
ajraladi. Bu kisloroddan aerob organizmlar nafas olish jarayonida foydalanadi
(6.5-rasm)
.
6.4-rasm.
Barg og‘izchalari orqali moddalarning kirishi va chiqishi.
6.5-rasm.
O‘simlikning nafas
olish va oziqlanish jarayoni
-
da barg og‘izchalari orqali
moddalarning harakati.
6.3-rasm.
Anaerob organizmlar.
barg og‘izchalarining
yopilishi
barg og‘izchalarining
ochilishi
Quyosh
Suv
CO
2
CO
2
O
2
O
2
95
Nafas olish o‘simliklarning turiga, yoshiga va yashash muhitiga bog‘liq.
Yosh organizmlarda
nafas olish kuchli bo‘ladi. O‘simlik hayotining oxirida esa nafas olish jadalligi pasayib boradi. Ti-
nim holatdagi urug‘larda nafas olish jadalligi juda past bo‘ladi. Tashqi muhit omillari nafas olishga
turlicha ta’sir qiladi. O‘simlik o‘sayotgan muhitda mineral moddalar ko‘paysa, ularning ildizlarida
nafas olish jadalligini kuchaytiradi.
Rasmda o‘simlik organlarida nafas olish jadalligini o‘rganish tasvirlangan
(6.6-rasm)
.
Siz bu rasmni qanday izohlaysiz?
Ontogenez davomida nafas olish jadalligi o‘zgaradi. O‘simliklarning nisbatan yosh organ-
lari va to‘qimalarida nafas olish jadalligi yuqori bo‘ladi. Yosh barglar o‘sgan
sari ulardagi
nafas olish jadalligi ortib boradi. Barg o‘sishdan to‘xtasa, nafas olish ham sekinlashadi. Quruq
urug‘lar juda sekin nafas oladi. Urugʻlar unib chiqqach va keyinchalik nihol oʻsishi davomida
ularning nafas olishi bir necha ming marta oshadi. Oʻsimliklarning faol oʻsish bosqichi tugashi
bilan ularning nafas olishi susayadi.
Dostları ilə paylaş: