Maqsad: odam va hayvonlarning hazm qilish organlari tuzilishini modellashtirish orqali
o‘rganish.
Bizga kerak: rangli qog‘ozlar to‘plami, qaychi, yelim, stol ustiga plyonka, karton qog‘oz,
rangli plastilin jamlanmasi.
Xavfsizlik qoidalari: 1) Qaychi bilan ishlaganda ehtiyot bo‘ling.
2) Plastilin bilan ishlashda tozalik qoidalariga rioya qiling.
3) Plastilin bilan ishlashda qo‘lingiz bilan ko‘zingiz va yuzingizni ushlamang.
4) Ishni tugatgach, stolingizni tozalab qo‘ying.
5) Qo‘llaringizni yuving.
1-topshiriq. Odamning og‘iz bo‘shlig‘ida til va tishlar joylashgan. Odamda doimiy tishlar
soni 32 ta. Shundan kurak tishlar soni 8 ta, qoziq tishlar soni 4 ta, kichik oziq tishlar soni 8 ta,
katta oziq tishlar soni 12 ta. Har bir o‘quvchi tishlarni sog‘lom saqlash qoidalarini bilishi zarur.
Odamning og‘iz bo‘shlig‘ida tishlarning joyla shuvini modellashtiring.
Ishni bajarish tartibi: 1)
Qizil rangli qog‘ozdan og‘iz bo‘shlig‘i modelini oval shaklida kesib oling.
2)
Oq qog‘ozdan kurak, qoziq, oziq tishlarining modelini kesib oling.
3) Og‘iz bo‘shlig‘i modeliga tishlarni tartib bilan joylashtiring va yelimlang
(5.19-rasm) .
2-topshiriq. Tishlarni sog‘lom saqlash qoidalarini ishlab chiqing.
3-topshiriq. Hasharotlarning ovqat hazm qilish organlari og‘izdan boshlanib, orqa chiqarish
teshigi bilan tugallanadi. Oziq og‘iz bo‘shlig‘ida so‘lak bilan aralashadi va qisqa halqum orqali
qizilo‘ngachga, undan muskulli oshqozonga tushadi. Oshqozonda ezilgan oziq ichakka o‘tadi.
Ichakda oziq hazm bo‘ladi. Ichak oldingi, o‘rta va orqa ichaklardan tashkil topgan. Oldingi va
orqa ichak ichki tomonidan kutikula bilan qoplangan, o‘rta ichakda esa kutikula bo‘lmaydi.
5.20-rasm. Drozofilada ovqat hazm qilish
organlari tuzilishining modeli.
5.19-rasm. Odam og‘iz bo‘shlig‘ining
modeli.
oldingi ichak
Malpigi
naychalari
orqa ichak
anal teshigi
o‘rta ichak
91
Shuning uchun qabul qilingan ovqat ichakning shu qismida so‘riladi. Hazm bo‘lmay qolgan
oziq qoldiqlari orqa chiqaruv teshigi orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.
Hasharotlarning ovqat hazm qilish siste ma si modelini yasang
(5.20-rasm) .