89
gi yog‘larning hazm bo‘lishida qatnashadi. Bundan tashqari, jigar organizmni turli xil zaharli
moddalardan himoya qiladi. Jigar qonni filtrlab, zaharli moddalardan tozalaydi
(5.18-rasm)
.
Inson salomatligi ko‘p jihatdan iste’mol qilayotgan oziq-ovqatining
sifatiga va ovqatning
ovqat hazm qilish organlarida hazm bo‘lishiga bog‘liq.
Qo‘shimcha moddalar bilan boyitilgan, gazli yoki yarim tayyor mahsulotlarni qabul qilish
inson salomatligiga va ovqat hazm qilish organlarining ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Inson salomatligi tishlarni toza saqlashga ham bog‘liq. Xususan, tishlarda yong‘oq yoki
danaklar chaqish,
qattiq konfetlarni chaynash, issiq ovqatdan so‘ng
birdaniga sovuq suv
ichish yoki muzqaymoq yeyish mumkin emas. Tishlar oralig‘ida
qoladigan ovqat qoldiqlari
mikroblarning rivojlanishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Ovqat qoldiqlaridan tozalash uchun
har kuni uyquga yotishdan oldin tishlarni yuvish, ovqatdan so‘ng og‘izni iliq suv bilan chayish
zarur. Tish cho‘tkasini
sovun bilan yuvib, qaynoq suvda chayib turish lozim.
Gigiyena qoida
-
lariga rioya qilinmaganida tishlarning emal qavati yemirilib, turli darajada kasallanadi.
Dostları ilə paylaş: