I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

o‘txo‘r hayvonlar
deb ataladi 
(5.7-rasm)
.
Asalarilar o‘txo‘r hayvon hisoblanadimi? Fikringizni asoslang
.
Hayvonlar orasida boshqa hayvonlar bilan oziqlanadigan turlari ham uchraydi. Ular 
yirtqichlar 
deb ataladi 
(5.8-rasm)
.
Topshiriq
Bundan uch yuz yil avval biolog olim 
Van Gelmont bochkaga 80 kg tuproq soladi 
va unga og‘irligi 500 g bo‘lgan tol novdasini 
ekadi. Tol besh yil davomida tarkibida mineral 
tuzlari bo‘lmagan suv bilan sug‘orilgan. Besh 
yildan keyin aniqlanishicha, tolning og‘irligi 
65 kg ni tashkil etgan, tuproq miqdori esa 
50 g ga kamaygan. Mazkur hodisani qanday 
tushuntirish mumkin?
Yorongul
Suv
Yod
Spirt
O‘txo‘r • Yirtqich • 
Hammaxo‘r • Aktiv oziqlanish 
• Passiv oziqlanish • Parazit • 
Go‘shtxo‘r


84
O‘simlik, hayvon, zamburug‘ va ularning qoldiqlari bilan oziqlanadigan hayvonlar 
ham
-
maxo‘r hayvonlar 
deyiladi 
(5.9-rasm)
.
Tirik organizmlarda yashab, ular hisobiga oziqlanadigan hayvonlar esa 
parazit hayvonlar
deyiladi 
(5.10-rasm)
.
Hayvonlarning oziq topish usuli birinchi navbatda hayvonning o‘troq yoki faol hayot 
kechirish tarziga bog‘liq. Shuningdek, hayvonning yakka yoki guruh bo‘lib yashashi ham 
oziqlanishiga ta’sir qiladi. 
1. Passiv oziqlanish.
O‘troq yoki kam harakatlanuvchi hayvonlar uchun xos. Bu hayvonlar-
ning tanasida moddalar almashinuvi ancha sust boradi va ular oziqni kam qabul qiladi. Ularga 
bo‘shliqichlilar, ayrim chuvalchanglar, o‘troq yashovchi qisqichbaqasimonlar misol bo‘ladi.
2. Aktiv oziqlanish. 
Bunday oziqlanish hayvonlardan oziqni izlab topish uchun ko‘p ener-
giya sarflashni talab etadi. Ko‘pchilik sutemizuvchilar va qushlar aktiv oziqlanadi 
(5.11-rasm)

5.8-rasm.
Yirtqich hayvonlar.
5.7-rasm. 
O‘txo‘r hayvonlar.
5.10-rasm.
Parazit hayvonlar
5.9-rasm.
Hammaxo‘r hayvonlar.


85
Tuban ko‘p hujayralilarda tana bo‘shlig‘i ichak vazifasini bajaradi. Oziq hujayra ichida hazm 
bo‘ladi, hazm bo‘lmagan qismi esa tana bo‘shlig‘iga, so‘ngra og‘iz orqali tashqariga chiqariladi 
(5.12-rasm)
.
Yassi chuvalchanglarda dastlab uchi berk shoxlangan o‘rta ichak paydo bo‘lgan. Ozuqa og‘iz 
teshigi orqali qisqa halqumga, u yerdan ichakka o‘tib, hazm bo‘ladi. Hazm bo‘lmagan qismi 
og‘iz orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Ularning orqa ichagi va chiqaruv teshigi bo‘lmaydi. 
Parazitlik qilib yashaydigan tasmasimon chuvalchanglarda ovqat hazm qilish jarayoni sodda
-
lashib, oziq tana yuzasi bo‘ylab so‘rib olinadi. 
To‘garak chuvalchanglarda ovqat hazm qilish sistemasi og‘iz, halqum, qizilo‘ngach, o‘rta 
ichak va orqa ichakdan iborat. Oziqning hazm bo‘lmagan qismi anal teshigi orqali chiqarib 
yuboriladi. To‘garak chuvalchanglardan boshlab orqa ichak va anal teshigi paydo bo‘lgan.
Halqali chuvalchanglarda ovqat hazm qilish sistemasi og‘iz, halqum, qizilo‘ngach, jig‘ildon, 
oshqozon, ichaklardan iborat. Ichak yuzasi burma shaklida botiqliklarni hosil qiladi, bu esa 
ichakning shimish yuzasi ortishiga sabab bo‘ladi.
Mollyuskalarning ovqat hazm qilishi halqali chuvalchanglarnikiga o‘xshaydi. Ulardan bosh
-
lab halqumda muskulli til, tilning ustida mayda tishchalar hosil bo‘lgan. Hazm qilishda ishtirok 
etadigan bezlarning faolligi ortadi. Jigar ishlab chiqaradigan suyuqlik oshqozonga quyiladi, bir 
juft so‘lak bezlarining yo‘llari esa halqumga ochiladi.
Bo‘g‘imoyoqlilarda jag‘lar faoliyati kuchayib, ular yordamida oziq maydalanadi. Bezlarning 
faoliyati ham kuchayadi 
(5.13-rasm)

5.11-rasm.
Hayvonlarning aktiv oziqlanishi.
paypaslagich
og‘iz
ozuqa
gastrotsel
xivchin
ferment
oziq zaxirasi
hazm 
vakuolasi
oziqning vakuolada 
hazm bo‘lishi
5.12-rasm. 
Gidraning ovqat hazm qilishi.


86
Masalan, o‘rgimchaklarda zahar bezi ovqat hazm qilishda ham ishtirok etadi. Bir juft so‘lak 
bezlarining yo‘li esa og‘iz bo‘shlig‘iga ochiladi. O‘rgimchak o‘lja tutadi va uni zahar bezidan 
chiqadigan suyuqlik ta’sirida falajlaydi. Suyuqlik tarkibidagi fermentlar o‘lja tanasidagi modda-
larni parchalab, qisman hazm bo‘lgan suyuq moddaga aylantiradi, o‘rgimchak uni so‘radi. 
Boshskeletsizlarda ovqat hazm qilish sistemasi to‘g‘ri, qismlarga ajralmagan nay shaklidagi 
ichakdan iborat. Ichak halqumdan boshlanib, anal teshigigacha davom etadi. 
Baliqlarda hazm qilish sistemasi og‘iz, halqum, qizilo‘ngach, oshqozon, ingichka ichak
yo‘g‘on ichak va anal teshigidan iborat. Ko‘pchilik baliqlarning jag‘larida bir xilda tuzilgan 
tishlar joylashgan. Jigari yaxshi rivojlangan bo‘lib, o‘t pufagi paydo bo‘lgan. 
Amfibiyalarning hazm qilish sistemasi og‘iz, halqum, qizilo‘ngach, oshqozon, ingichka ichak, 
yo‘g‘on ichak va kloakadan iborat. Og‘iz bo‘shlig‘ida tishlar va so‘lak bezlari yaxshi rivojlangan. 
Ichagi baliqlarnikiga nisbatan uzun. 
Reptiliyalarning ovqat hazm qilish sistemasi amfibiyalarnikiga o‘xshash, lekin hazm bezla-
rining faoliyati jadalligi bilan farq qiladi. Zaharli ilonlarda bir juft zahar bezlari bo‘lib, ovqat 
hazm qilishda ham ishtirok etadi. 
Qushlarning hazm qilish sistemasi og‘iz, halqum, qizilo‘ngach, bezli va muskulli oshqozon, 
ingichka ichak, yo‘g‘on ichak va kloakadan iborat. Ularda uchishga moslanish imkonini bera-
digan o‘zgarishlar paydo bo‘lgan. Tishlari yo‘q, ichaklari qisqargan. Ovqatni maydalashda 
qizilo‘ngachdan hosil bo‘lgan jig‘ildon ham qatnashadi. Oshqozon muskullari kuchli rivojlan
-
gan. Qushlarda oziq tez hazm bo‘ladi. Bu esa hazm bezlarining faoliyati bilan bog‘liq. Jigar
-
da ishlab chiqariladigan o‘t suyuqligi va oshqozonosti bezi shirasi ingichka ichakka quyiladi. 
Hazm bo‘lmagan oziq kloaka orqali tashqariga chiqariladi 
(5.14-rasm)
.
5.14-rasm.
Qushlarning ovqat hazm 
qilish organlari tuzilishi.
5.13-rasm.
Qisqichbaqaning ovqat hazm qilish organlari tuzilishi.
Oshqozon
Ichak
Og‘iz
Yashil 
bez
Anal teshigi
yo‘g‘on ichak
orqa 
chiqaruv 
teshigi
ingichka 
ichak
halqum
oshqozon
jigar
taloq
og‘iz va tishlar
oshqozonosti bezi
o‘t pufagi
jig‘il don
og‘iz
qizilo‘ngach
oshqozon
ingichka 
ichak
kloaka
5.15-rasm.
Sut emizuvchilarning ovqat hazm qilish 
organlari tuzilishi.


87
Sutemizuvchilarda oziqning xilmaxilligi tufayli hazm sistemasida moslanishlar paydo 
bo‘lgan. Og‘iz bo‘shlig‘i muskulli lablar bilan o‘ralgan. Bu moslanish bolasini sut bilan boqish 
hisobiga hosil bo‘lgan. Og‘iz bo‘shlig‘ida ixtisoslashgan tishlarning paydo bo‘lishi sutemizuv-
chilar hazm sistemasidagi muhim moslanish hisoblanadi 
(5.15-rasm)
. Ovqat hazm qilish sis
-
temasi og‘iz, qizilo‘ngach, oshqozon, ingichka, yo‘g‘on va to‘g‘ri ichakdan iborat. Ichaklarning 
o‘lchami kattalashgan. Chuvalchangsimon o‘simta ham ovqat hazm qilishda qatnashadi. Kavsh 
qaytaruvchi juft tuyoqlilarda oshqozon murakkab bo‘lib, oziqning hazm bo‘lishi oshqozonda 
saprofit holda yashaydigan bakteriyalar va infuzoriyalar faoliyati hisobiga amalga oshadi. 

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin