80
Kalsiy.
O‘simlik hujayrasining bo‘linishida,
mikronaychalar hosil bo‘lishida qatnashadi.
Kalsiyning yetishmasligi
birinchi navbatda
yosh meristema to‘qimalarining
shakllanishi
-
ga va ildiz faoliyatiga ta’sir qiladi.
Ildizlar va
yonildizlarning hosil bo‘lishi sekinlashadi, ildiz
chiriydi, barglarning
qirralari avval oqaradi,
keyin qorayadi, barg plastinkasi bujmayadi va
mevalarda qizg‘ish dog‘lar paydo bo‘ladi.
O‘simliklar suvda erigan mineral moddalarni
tuproqdan ildiz tukchalari
orqali shimib oladi
(5.5-rasm)
.
Suv va unda erigan mineral moddalar ildiz
bosim kuchi ostida
dastlab ildiz tukchalariga,
ulardan ildiz naychalariga sizib o‘tadi, so‘ng
poyaga, va nihoyat, barg tomirlaridagi naychalar
orqali barglarga o‘tadi.
O‘simliklar yaxshi o‘sishi, mo‘l hosil berishi
va uzoq yil yashashida minerallarning ahamiyati katta. O‘simliklarning minerallarga bo‘lgan
ehtiyojini qondirish uchun o‘g‘itlardan foyda laniladi. Mineral o‘gitlarga azotli, fosforli va kaliyli
o‘g‘itlar misol bo‘ladi. Azotli o‘g‘itlar o‘simliklarning o‘sishini tezlashtiradi, fosforli va kaliyli
o‘g‘itlar ekin mo‘l hosil berishi va uning tez pishib yetilishiga yordam beradi.
Organik o‘g‘itlarga biogumus, go‘ng, qush axlati, yog‘och qirindisi, suyak uni misol bo‘ladi.
O‘simliklardagi mineral oziqlanish jarayoni barglarda organik moddalar sintez bo‘lish ja
-
rayoni bilan uzviy bog‘liq.
Yashil o‘simliklar fotosintez jarayonida yorug‘lik energiyasidan foydalanib organik mod-
dalar hosil qiladi. Fotosintez jarayoni uchun suv va karbonat angidrid zarur. O‘simlik
suvni
ildiz tukchalari, karbonat angidridni esa barg og‘izchalari orqali qabul qiladi. Natijada dastlab
shakar hosil bo‘ladi
(5.6-rasm)
.
5.6-rasm.
O‘simliklarda fotosintez jarayoni
Shakar o‘simlik to‘qimalarida kraxmal, kletchatkaga
aylanadi yoki oqsillar, yog‘lar, vita
-
minlar yuzaga kelishiga asos bo‘ladi. Ushbu moddalar o‘simlik hujayralari va to‘qimalarining
quyosh
barg hujayralari orqali
quyosh nuri va karbonat
angidridning o‘zlashtirilishi
karbonat
angidrid
o‘simlik
hujayrasi
suvning ildiz
orqali o‘zlashtirilishi
suv
xloroplast
kislorod
vodorod
karbonat
angidrid
uglevodlar
kislorod
kislorodning
atmosferaga
chiqarilishi
o‘tkazuvchi sistema
5.5-rasm.
Ildizning so‘ruvchi zonasi
ildiz
tukchasi
81
qurilishiga sarflanadi yoki oziq zanjiri orqali geterotrof organizmlarga o‘tadi. Fotosintez jara-
yonida atmosferaga ajralib chiqqan erkin kislorod aerob organizmlarning nafas olishi uchun
sarflanadi. O‘simlik nafas olishi jarayonida organik moddalar suv va karbonat angidridgacha
parchalanadi. Natijada o‘simlikning hayotiy faoliyati uchun zarur energiya ajraladi. O‘simliklar
fotosintez qilish hisobiga bir yil davomida Yer yuzida o‘rtacha 100–115 mlrd tonna uglerodni
biomassaga aylantirib beradi.
Dostları ilə paylaş: