79
O‘simlik hujayrasi tarkibining 70–95% i suvdan iborat bo‘lib, moddalar almashinuvida
asosiy o‘rinni egallaydi. Harorat pasaysa, ildiz suvni sekin so‘ra boshlaydi, bu esa o‘simlikning
so‘lib qolishiga olib keladi. Kislorod yetishmaydigan sharoitda ildizning
nafas olishi sekinla
-
shadi va bu energiya almashunuvi buzilishiga sabab bo‘ladi. Sitoplazmadagi suvning harakati
uchun esa energiya kerak.
Suvo‘tlar va lishayniklar suvni qanday qabul qiladi?
O‘simliklarga suv yetishmasligi ularda boradigan
barcha fiziologik jarayonlarga, xususan,
suvning so‘rilishiga, ildiz bosimiga, barg og‘izchalarining harakatiga, suv bug‘latishga, fotosin
-
tezga,
nafas olishga,
fermentlarning faolligiga, mineral moddalarning
qabul qilinishiga salbiy
ta’sir qiladi.
O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishida mineral elementlar muhim ahamiyatga ega.
Azot.
O‘simliklarda azot oqsillar, nuklein kislotalar, fitogormonlar, aminokislotalar tarkibiga
kirib, urug‘larda, zaxira oqsillar tarkibida to‘planadi.
Tuproqda azot yetishmasa, o‘simliklar-
ning o‘sishi sekinlashadi va uning barglari maydalashib, sarg‘ayadi. Gul va kurtaklar to‘kiladi.
Azotning o‘ta yetishmasligi o‘simlik qurib qolishiga olib keladi
(5.4-rasm)
.
Fosfor.
O‘simliklarda nuklein kislotalar va fosfolipidlarning tarkibiy qismiga kiradi. Fos
-
forning asosiy qismi tuproqdagi o‘simliklar va hayvonlar qoldiqlaridan, chirindi va minerallar
tarkibidan qabul qilinadi. O‘simlikning o‘sishi va mevalarning
pishishi sekinlashadi,
kislorod
yutilishi tezligi kamayadi, nafas olish jarayonida qatnashuvchi fermentlar faolligi o‘zgaradi. Bu
oqsillar va nuklein kislotalar biosintezi buzilishiga ham olib keladi.
Dostları ilə paylaş: