82
7. Urug‘lar unib chiqquncha har kuni, unib chiqqandan keyin kunora sug‘oring.
8. 1-tuvakdagi maysalarni
faqat oddiy suv bilan, 2-tuvakdagi
maysani chirindi ivitilgan
suv bilan, 3-tuvakdagi maysani tuxum po‘chog‘i va pista po‘chog‘i aralashtirilgan suv bilan.
4-tuvakdagi maysani 5 litr suvga 4 gr selitra solib tayyorlangan eritma bilan 5 kunda bir
sug‘oring.
9. Maysalardagi o‘zgarishlarni daftaringizga yozib boring.
Muhokama qiling va xulosa chiqaring:
Nima uchun tuvaklardagi maysalarning o‘sishida farqlar paydo bo‘lganini sinfdoshlaringiz
bilan muhokama qiling.
5.3. LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
BARGDA ORGANIK MODDALARNING HOSIL BO‘LISHI
Maqsad:
bargda organik moddalarning hosil bo‘lishini tajribada o‘rganish.
O‘simlikda barg og‘izchalari orqali havodan o‘zlashtirilgan karbonat angidrid gazi, barg eti
hujayralaridagi xlorofill donachalari ishtirokida va yorug‘lik ta’sirida organik moddalar hosil
bo‘ladi. Bu jarayonda xlorofill donachalarida karbonat angidrid suv bilan birikadi.
Natijada
dastlab shakar, so‘ng kraxmal hosil bo‘ladi. Karbonat angidrid suv bilan birikkanda shakardan
tashqari yana
erkin kislorod gazi ajralib, og‘izchalar orqali havoga chiqadi.
Fotosintez jara-
yonida o‘simlikning ba’zi organlarida oqsil va yog‘lar ham hosil bo‘ladi. O‘simlik
hujayralari
shu organik moddalardan oziqlanadi. Ortiqcha organik moddalar urug‘, meva, ildiz va boshqa
organlarning to‘qimalarida to‘planadi va boshqa barcha tirik organizmlar uchun oziq manbai
bo‘lib xizmat qiladi.
Bizga kerak:
tuvakda o‘sayotgan o‘simlik, spirt lampasi, stakan, suv, probirka, qaychi, qora
qog‘oz, spirt, yod, tomizg‘ich, Petri idishi.
Dostları ilə paylaş: