XULOSA CHIQARAMIZ •
Barcha tirik organizmlar kabi odamlar ham oziqlanadi. Odamda ovqat hazm qilish sis
-
temasi og‘iz, halqum, qizilo‘ngach, oshqozon, ingichka ichak, yo‘g‘on ichak va to‘g‘ri ichakdan
iborat. Ovqat hazm qilishda soʻlak bezlari, oshqozonosti bezi, jigar va oʻt pufagi ham qatna
-
shadi.
•
Qo‘shimcha moddalar bilan boyitilgan, gazli yoki yarim tayyor mahsulotlarni qabul qilish
inson salomatligiga va ovqat hazm qilish organlarining ishiga salbiy ta’sir qiladi.
YANGI BILIMLARNI QO‘LLAYMIZ Bilish va tushunish 1. Ovqat hazm qilish organlarini aytib bering.
2. Ovqat hazm qilishda tishlar va tilning vazifasi nima?
3. Ovqat tarkibidagi moddalar hujayragacha qanday yetib
boradi?
4. Tishlar sog‘lom bo‘lishi uchun siz qanday gigiyena
qoidalariga rioya qilasiz?
Qo‘llash “Mening ovqat ratsionim” mavzusida jadval tuzing.
Tahlil . Do‘konlardan sotib olinadigan oziq-ovqatlarning yaroqlilik muddatlari nimani anglatadi?
Sintez . Iste’mol qilgan ovqatingiz tarkibini aniqlang. Xulosalaringizni muhokama qiling.
Baholash . Yarim tayyor mahsulotlarda mavjud bo‘lgan bo‘yoqlar va stabilizatorlar immunitetga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, turli xil allergik reaksiyalarga olib keladi. Siz bu fikrga qanday
qaraysiz?
jigar
o‘n ikki barmoqli ichak
oshqozonosti bezi
o‘t pufagi
oshqozonosti bezi yo‘li
umumiy o‘t yo‘li
5.18-rasm. Odamning jigari va oshqozonosti bezining tuzilishi.
Topshiriq Ovqat hazm qilish organlari
gigiyenasi qoidalarini yozing, gu
-
ruhda muhokama qiling va mak
-
tab oshxonasiga joylashtiring.
90
5.6. AMALIY MASHG‘ULOT. OVQAT HAZM QILISH SISTEMASINI MODELLASHTIRISH