88
7–8 yoshdan sut tishlari doi miy tish-
lar bilan almashina boshlaydi. 10–12
yoshga kelib tishlar almashinishi tu-
gallanadi
(5.17-rasm)
.
Ovqat og‘izda chaynalib, qiziloʻn
-
gach orqali oshqozonga tushadi.
Qiziloʻngach ogʻiz boʻshligʻi
bilan
oshqo zonni oʻzaro bogʻlaydi.
Ovqat
oshqozonda
kimyoviy va mexanik
taʼsirlarga uchraydi.
Oshqozon
devori
muskullari
ovqat ni ara lashtirib, mexanik parcha
-
laydi. Fermentlar va oshqozon shirasi
esa ovqatning kimyoviy parchalanishini taʼminlaydi.
Oshqozonda hazm bo‘lgan oziq ichaklar
-
ga oʻtadi. So‘ng ichaklardan qonga so‘riladi. Oziqning hazm boʻlmagan qismi va suv yoʻgʻon
ichakka oʻtadi. B
u yerda suv soʻriladi va hazm boʻlmaydigan moddalar qoldiq sifatida toʻgʻri
ichakdan oʻtib, anal teshigi orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.
Ovqat hazm qilishda soʻlak bezlari, oshqozonosti bezi, jigar va oʻt pufagi ham qatnashadi.
Soʻlak bezlari
dan ajralib chiqadigan so‘lak og‘izda oziqni namlaydi. So‘lak tarkibidagi fer
-
mentlar ovqat tarkibidagi kraxmalni kimyoviy parchalashni boshlab beradi.
Dostları ilə paylaş: