MUAMMONI ANIQLAYMIZ.
Quyidagi tajribada qanday
umumiy lik bor? Siz bu holatni qanday izohlaysiz?
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ.
Nafas olish muhim fiziologik jarayon bo‘lib, tirik
organizmlarning eng ahamiyatli xususiyatidir. Hayvonlar ham nafas olish jarayonida barcha
tirik organizmlar singari kislorod qabul qilib, karbonat angidrid ajratadi. Nafas olish jarayoni
-
da qabul qilingan kislorod oziq moddalarning parchalanish jarayonida ishtirok etadi. Parcha
-
lanish natijasida ajraladigan energiya hayvon organizmidagi barcha biologik jarayonlar uchun
sarf bo‘ladi.
Koʻpchilik umurtqasiz hayvonlar (gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, chuvalchanglar, tuban qis
-
qichbaqasimonlar, ignaterililar)da nafas organlari boʻlmaydi (
6.7–6.8-rasmlar
). Ular kislorodni
butun tana yuzasi orqali qabul qiladi. Dengizlarda yashovchi mollyuskalar jabralari bilan, chu
-
chuk suv va quruqlikda tarqal gan mollyuskalar esa o‘pkalar orqali nafas oladi.
Nafas olish organlari yordamida qabul qilingan kislorod qon orqali barcha organlarga yet
-
kaziladi.
Bo‘g‘imoyoqlilar tipiga mansub qisqichbaqasimonlar jabralar orqali nafas oladi.
Quruqlikda yashaydigan bo‘g‘imoyoqlilarning nafas olish organlari traxeya yoki oʻpkalar
hisoblanadi. O‘rgimchaklar bir juft o‘pka xaltalari va ikki tutam traxeyalar yordamida nafas
oladi. Chayonlar faqat o‘pkalar, falanga va kanalar esa traxeyalar yordamida nafas oladi.
Hasharotlarning nafas olish organlari naychalarga o‘xshash traxeyalardan iborat. Havo
hasharotlarning qorin bo‘limida joylashgan nafas olish teshiklari orqali traxeyalarga o‘tadi.
Traxe yalar shoxlanib, barcha organlarga yetib boradi. Havo muskullarning qisqarishi tufayli
almashinib turadi
(6.9-rasm)
.
6.7-rasm.
Bir hujayrali hayvonlar
va bo‘shliqichlilarning nafas olishi.
Nafas olish gigiyenasi •
O‘pka • Jabralar • Traxeyalar
• Ko‘krak qafasi • O‘pka •
Alveolalar • Plevra
6.8-rasm.
Halqali chuvalchanglar
ning teri orqali nafas olishi.
O
2
terimuskul
xaltasi
kapilyar
CO
2
O
2
CO
2
O
2
CO
2
97
Lansetnik halqumining ikki yonidagi jabra teshiklari devori mayda qontomirlari bilan
qoplangan. Qontomirlari devorida gaz almashinuvi sodir bo‘ladi.
Baliqlarda jabralar nafas olish organi hisoblanadi. Baliqlar suvda erigan kislorod bilan
nafas oladi. Ular og‘zi orqali yutilgan suv jabralarni yuvib, jabra teshiklari orqali chiqarila
-
di. Jabralar jabra ravoqlaridan iborat
(6.10-rasm)
. Har bir ravoqning keyingi tomonida och
qizg‘ish tusli varaqlari, oldingi tomonida jabra qilchalari joylashgan. Jabra qilchalari suv bilan
oqib keladigan oziqning tashqariga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Jabra varaqlari juda mayda
kapillyar qontomirlar bilan qoplangan. Jabralardan o‘tayotgan suvdan kislorod jabra varaq lari
kapillyarlaridagi qonga shimiladi; karbonat angidrid esa qondan suvga ajralib chiqadi. Baliq-
lar embrionlari dastlab tana yuzasi orqali nafas oladi, keyinroq ularda nafas olish sistemasi
paydo boʻladi.
Avstraliya, Afrika va Janubiy Amerikada uchraydigan muguztishsimon baliqlar jabrasidan
tashqari qo‘shimcha o‘pkasi bilan atmosfera havosidan ham nafas oladi. Bu narsa ushbu
baliqlar suv havzasi qurib qolganda omon qolishga yordam beradi.
6.10-rasm.
Baliqlarning nafas olishi.
Suvda va quruqlikda yashaydigan hayvon
-
lar oʻpka bilan birga teri orqali ham nafas
oladi. Ularning o‘pkasi sodda tuzilgan bir juft
xaltachadan iborat. Xaltacha devorida va teri
-
da juda ko‘p kapillyarlar bor. Kapillyarlarda-
gi qonga atmosfera havosidan kislorod o‘tib
turadi.
Baqaning ko‘krak qafasi rivojlanmagan.
Shuning uchun nafas olayotganda tomog‘i
pastga tortilib va ko‘tarilib turadi. Tomoq
pastga tortilga nida havo burun teshigi va og‘iz
6.9-rasm.
Hasharotlarning traxeyalar orqali nafas olishi.
traxeyalar
traxeyalar
havo qopchalari
hujayralar
nafas teshigi
6.11-rasm.
Baqaning nafas olishi.
o‘pka
burun bo‘shlig‘i
burun teshigi
til
og‘iz
bo‘shlig‘i
suv
qontomirlar
jabra ravog‘i
O
2
CO
2
CO
2
O
2
jabra varaqlari
suv
suv
|