XULOSA CHIQARAMIZ •
O‘simliklarning nafas olishi – hujayralarni energiya bilan ta’minlaydigan jarayon. O‘sim-
liklar karbonat angidrid kabi kislorodga ham muhtoj. Nafas olishda kislorod va organik mod-
dalar dastlabki, suv va karbonat angidrid esa oxirgi mahsulot hisoblanadi. Fotosintez jara-
yonida suv va karbonat angidriddan organik modda sintez bo‘ladi.
YANGI BILIMLARNI QO‘LLAYMIZ Bilish va tushunish 1. Nafas olish nima?
2. Hosil bo‘lgan energiya qanday jarayonlarga sarf bo‘ladi?
3. Anaerob va aerob sharoitlarda nafas olish qanday ro‘y beradi?
4. Nafas olish zanjiri nima va u qanday komponentlardan tuzilgan?
5. Nima uchun tirik organizmlar nafas oladi? Nafas olish va energiya hosil bo‘lishi jarayonlari o‘zaro
qanday bog‘langan?
Qo‘llash . Nafas olishning fotosintez bilan o‘xshash va farqli tomonlarini ayting.
Tahlil . Atmosferada kislorodning miqdori ikki barobar kamayganda ham nafas olish jadalligi pasay
-
masligi sabablarini tahlil qiling.
Sintez . Nafas olish zanjirining sxemasini tuzing.
Baholash . Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari saqlanayotgan
ombor larda meva va poliz mahsulotlarining uzoq saqlanishi mu
-
hitdagi CO
2
miqdoriga bog‘liq, ya’ni ushbu gaz miqdorining ko‘p
bo‘lishi ularning nisbatan uzoq saqlanishiga olib keladi. Chun
-
ki to‘qimalarda CO
2
miqdorining ko‘p bo‘lishi urug‘lar ning uzoq
vaqt tinim holatida bo‘lishiga yordam beradi. Siz bu fikrga qan-
day qaraysiz?
Topshiriq Nima uchun yotoqxonalarga
xona o‘simliklarini joylashtirish
tavsiya etilmaydi?
6.6-rasm. O‘simlik urug‘i, ildizmevasi va novdasining nafas olishi.