I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

 izotonik eritma 
deyiladi. Izotonik eritmada erit-
rotsitning tabiiy holati o‘zgarmaydi. 0,9 % dan yuqori 
osh tuzi eritmasi 
gipertonik eritma
bo‘lib, bunday 
muhit da eritrotsitdagi suv tashqariga chiqadi va eritrot-
sit bujmayib qoladi. 0,9 % dan past osh tuzi eritmasi 
gipotonik eritma
bo‘lib, bunda suv hujayra ichiga kiradi 
va eritrotsitning yorilishiga olib keladi 
(7.3-rasm)

O‘simlikka suv yetishmaganda so‘lib qolishi, suv 
quyilgandan so‘ng hujayraning taranglashishi osmosga 
ko‘ra ta’minlanadi.
O‘simliklar ildiz orqali tuproqdan suv va mineral 
moddalarni shimib oladi. Suvning ildizga shimilishi 
ham osmos orqali amalga oshadi. 
Ildizning suv shimishini tushunish uchun uning 
ichki tuzilishini o‘rganish muhim. 
Ildiz o‘simlikning yer ostki organi bo‘lib, quyidagi 
zonalardan iborat 
(7.4-rasm)
.
1. O‘tkazuvchi zona
– suv va unda erigan modda-
larni poyaga o‘tkazib beradi.
2. So‘ruvchi zona
– ildiz tukchalari joylashgan. Bitta 
tukcha bitta hujayradan iborat, 10–20 kun yashay-
di. Ildiz o‘sib, tuproqqa kirgani sari pastki qismi
-
da tukchalar hosil bo‘lib, yuqori qismidagilari halok 
bo‘lib boraveradi. Ildiz tukchalari suvni tuproqdan 
shimib oladi.
3. O‘suvchi zona
– hujayralar o‘sib kattalashadi va ma’lum bir funksiyalarni bajarishga 
ixtisoslashadi.
4. Bo‘linuvchi zona
– yosh hujayralar doimiy bo‘linib, ildizning bo‘yiga o‘sishini ta’minlaydi. 
Ildizning bo‘linuvchi zonasi ildiz qinchasi bilan himoyalangan.
Ildizning so‘ruvchi qismidan ko‘ndalangiga kesib qaralsa, ildiz qinchasi, po‘st hujayralari va 
o‘tkazuvchi naylarni ko‘rish mumkin. Po‘st hujayralari tirik, yumaloq va yupqa qobiqli bo‘ladi. 
Hujayralar orasida havo bilan to‘lgan bo‘shliqlar bo‘lib, ildizdagi hujayralar shu havo bilan 
nafas oladi. Ildizning markaziy qismida qalin devorli naylar joylashgan.
Osmos hodisasi tufayli ildiz tukchalariga kirgan suv hujayradan hujayraga o‘tib, ildizning 
markaziy qismida joylashgan naylarga 
yetib boradi. O‘tkazuvchi naylar orqa
-
li suv poyaga o‘tkaziladi 
(7.5-rasm)
.
Tuproqdan ildiz tukchalariga o‘tgan 
suv va mineral tuzlar o‘simlikning 
transport sistemasi, ya’ni o‘tkazuvchi 
to‘qima hujayralari orqali o‘simlikning 
barcha organlariga yetkaziladi. Poya
-
ning ko‘ndalang kesmasi quyidagicha 
tuzilgan 
(7.6-rasm)

Poyada transport vazifasini ksile-
mada joylashgan o‘tkazuvchi naylar 
va floemadagi elaksimon naylar 
suv va mineral
tuzlar
ildiz tukchasi
7.3-rasm. 
Eritrotsitlardagi osmos 
hodisasi.
 
7.4-rasm. 
Ildiz zonalari.
 
7.5-rasm. 
Ildiz bosimining hosil bo‘lishi.
Gipertonik
Izotonik
Gipotonik
1
2
3
4


104
amalga oshiradi. Ksilema murakkab tuzilgan bo‘lib, o‘tkazuvchi, mexanik (yog‘ochlik tolalari), 
asosiy (jamg‘aruvchi) to‘qimalardan tashkil topgan. Ksilemaning o‘tkazuvchi to‘qimasi, ya’ni 
o‘tkazuv chi nay hujayralari orqali ildizdan o‘simlikning barcha organlariga suv va mineral 
moddalar transporti amalga oshiriladi.
Floema ham murakkab tuzilgan bo‘lib, o‘tkazuvchi, mexanik (lub tolalari), asosiy (jamg‘a-
ruvchi) to‘qimalardan tashkil topgan. Floemaning o‘tkazuvchi to‘qimasi, ya’ni elaksimon nay 
hujayralari orqali barg larda hosil bo‘lgan organik moddalar o‘simlikning barcha organlari
-
ga tashiladi. Elaksimon nay yadrosiz tirik hujayralardan iborat. Ular yonidagi yadroga ega 
yo‘ldosh hujayralar elaksimon naylarni oziq va energiya bilan ta’minlaydi. Naylar orasidagi 
elaksimon to‘siqlar shakarni suvda erigan holda o‘tkazadi. Floema va ksilema ildizda, poyada 
va bargda yonma-yon joylashadi va mexanik to‘qima tolalari bilan birga nay-tolali bog‘lam
-
larni hosil qiladi 
(7.6-rasm)
.
O‘simlik bargi doimiy ravishda suv 
bug‘latib, o‘simlikni qizib ketishdan 
saqlaydi. Bu jarayon barg og‘izchalari 
orqali amalga oshiriladi va 

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin