I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

XULOSA CHIQARAMIZ

Barcha tirik organizmlar kabi odamlar ham oziqlanadi. Odamda ovqat hazm qilish sis
-
temasi og‘iz, halqum, qizilo‘ngach, oshqozon, ingichka ichak, yo‘g‘on ichak va to‘g‘ri ichakdan 
iborat. Ovqat hazm qilishda soʻlak bezlari, oshqozonosti bezi, jigar va oʻt pufagi ham qatna
-
shadi. 

Qo‘shimcha moddalar bilan boyitilgan, gazli yoki yarim tayyor mahsulotlarni qabul qilish 
inson salomatligiga va ovqat hazm qilish organlarining ishiga salbiy ta’sir qiladi.
YANGI BILIMLARNI QO‘LLAYMIZ
Bilish va tushunish
1. Ovqat hazm qilish organlarini aytib bering.
2. Ovqat hazm qilishda tishlar va tilning vazifasi nima? 
3. Ovqat tarkibidagi moddalar hujayragacha qanday yetib 
boradi?
4. Tishlar sog‘lom bo‘lishi uchun siz qanday gigiyena 
qoidalariga rioya qilasiz?
Qo‘llash
“Mening ovqat ratsionim” mavzusida jadval tuzing.
Tahlil
. Do‘konlardan sotib olinadigan oziq-ovqatlarning yaroqlilik muddatlari nimani anglatadi? 
Sintez
. Iste’mol qilgan ovqatingiz tarkibini aniqlang. Xulosalaringizni muhokama qiling.
Baholash
. Yarim tayyor mahsulotlarda mavjud bo‘lgan bo‘yoqlar va stabilizatorlar immunitetga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, turli xil allergik reaksiyalarga olib keladi. Siz bu fikrga qanday 
qaraysiz?
jigar
o‘n ikki barmoqli ichak
oshqozonosti bezi
o‘t pufagi
oshqozonosti bezi yo‘li
umumiy o‘t yo‘li
5.18-rasm.
Odamning jigari va oshqozonosti bezining tuzilishi.
Topshiriq
Ovqat hazm qilish organlari 
gigiyenasi qoidalarini yozing, gu
-
ruhda muhokama qiling va mak
-
tab oshxonasiga joylashtiring.


90
5.6. AMALIY MASHG‘ULOT. 
OVQAT HAZM QILISH SISTEMASINI MODELLASHTIRISH

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin