84
O‘simlik, hayvon, zamburug‘ va ularning qoldiqlari bilan oziqlanadigan hayvonlar
ham
-
maxo‘r hayvonlar
deyiladi
(5.9-rasm)
.
Tirik organizmlarda yashab, ular hisobiga oziqlanadigan hayvonlar esa
parazit hayvonlar
deyiladi
(5.10-rasm)
.
Hayvonlarning oziq topish usuli birinchi navbatda hayvonning o‘troq yoki faol hayot
kechirish tarziga bog‘liq.
Shuningdek, hayvonning yakka yoki guruh bo‘lib yashashi ham
oziqlanishiga ta’sir qiladi.
1. Passiv oziqlanish.
O‘troq yoki kam harakatlanuvchi hayvonlar uchun xos. Bu hayvonlar-
ning tanasida moddalar almashinuvi ancha sust boradi va ular oziqni kam qabul qiladi. Ularga
bo‘shliqichlilar, ayrim chuvalchanglar, o‘troq yashovchi qisqichbaqasimonlar misol bo‘ladi.
2. Aktiv oziqlanish.
Bunday oziqlanish hayvonlardan oziqni izlab topish uchun ko‘p ener-
giya sarflashni talab etadi. Ko‘pchilik sutemizuvchilar va qushlar aktiv oziqlanadi
(5.11-rasm)
.
5.8-rasm.
Yirtqich hayvonlar.
5.7-rasm.
O‘txo‘r hayvonlar.
5.10-rasm.
Parazit hayvonlar
5.9-rasm.
Hammaxo‘r hayvonlar.
85
Tuban ko‘p hujayralilarda tana bo‘shlig‘i ichak vazifasini bajaradi. Oziq hujayra ichida hazm
bo‘ladi, hazm bo‘lmagan qismi esa tana bo‘shlig‘iga, so‘ngra og‘iz orqali tashqariga chiqariladi
(5.12-rasm)
.
Yassi chuvalchanglarda dastlab uchi berk shoxlangan o‘rta ichak paydo bo‘lgan. Ozuqa og‘iz
teshigi orqali qisqa halqumga, u yerdan ichakka o‘tib, hazm bo‘ladi. Hazm bo‘lmagan
qismi
og‘iz orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Ularning orqa ichagi va chiqaruv teshigi bo‘lmaydi.
Parazitlik qilib yashaydigan tasmasimon chuvalchanglarda ovqat hazm qilish jarayoni sodda
-
lashib, oziq tana yuzasi bo‘ylab so‘rib olinadi.
To‘garak chuvalchanglarda ovqat hazm qilish sistemasi og‘iz, halqum, qizilo‘ngach, o‘rta
ichak va orqa ichakdan iborat. Oziqning hazm bo‘lmagan qismi anal teshigi orqali chiqarib
yuboriladi. To‘garak chuvalchanglardan boshlab orqa ichak va anal teshigi paydo bo‘lgan.
Halqali chuvalchanglarda ovqat hazm qilish sistemasi og‘iz, halqum, qizilo‘ngach, jig‘ildon,
oshqozon, ichaklardan iborat. Ichak yuzasi burma shaklida botiqliklarni hosil qiladi,
bu esa
ichakning shimish yuzasi ortishiga sabab bo‘ladi.
Mollyuskalarning ovqat hazm qilishi halqali chuvalchanglarnikiga o‘xshaydi. Ulardan bosh
-
lab halqumda muskulli til, tilning ustida mayda tishchalar hosil bo‘lgan. Hazm qilishda ishtirok
etadigan bezlarning faolligi ortadi. Jigar ishlab chiqaradigan suyuqlik oshqozonga quyiladi, bir
juft so‘lak bezlarining yo‘llari esa halqumga ochiladi.
Bo‘g‘imoyoqlilarda jag‘lar faoliyati kuchayib, ular yordamida oziq maydalanadi. Bezlarning
faoliyati ham kuchayadi
(5.13-rasm)
.
5.11-rasm.
Hayvonlarning aktiv oziqlanishi.
paypaslagich
og‘iz
ozuqa
gastrotsel
xivchin
ferment
oziq zaxirasi
hazm
vakuolasi
oziqning vakuolada
hazm bo‘lishi
5.12-rasm.
Gidraning ovqat hazm qilishi.
86
Masalan, o‘rgimchaklarda zahar bezi ovqat hazm qilishda ham ishtirok etadi. Bir juft so‘lak
bezlarining yo‘li esa og‘iz bo‘shlig‘iga ochiladi. O‘rgimchak o‘lja tutadi va uni zahar bezidan
chiqadigan suyuqlik ta’sirida falajlaydi. Suyuqlik tarkibidagi fermentlar o‘lja tanasidagi modda-
larni parchalab, qisman hazm bo‘lgan suyuq moddaga aylantiradi, o‘rgimchak uni so‘radi.
Boshskeletsizlarda ovqat hazm qilish sistemasi to‘g‘ri, qismlarga ajralmagan nay shaklidagi
ichakdan iborat. Ichak halqumdan boshlanib, anal teshigigacha davom etadi.
Baliqlarda hazm qilish sistemasi og‘iz, halqum, qizilo‘ngach, oshqozon,
ingichka ichak,
yo‘g‘on ichak va anal teshigidan iborat. Ko‘pchilik baliqlarning jag‘larida bir xilda tuzilgan
tishlar joylashgan. Jigari yaxshi rivojlangan bo‘lib, o‘t pufagi paydo bo‘lgan.
Amfibiyalarning hazm qilish sistemasi og‘iz, halqum, qizilo‘ngach, oshqozon, ingichka ichak,
yo‘g‘on ichak va kloakadan iborat. Og‘iz bo‘shlig‘ida tishlar va so‘lak bezlari yaxshi rivojlangan.
Ichagi baliqlarnikiga nisbatan uzun.
Reptiliyalarning ovqat hazm qilish sistemasi amfibiyalarnikiga o‘xshash, lekin hazm bezla-
rining faoliyati jadalligi bilan farq qiladi. Zaharli ilonlarda bir juft zahar bezlari bo‘lib, ovqat
hazm qilishda ham ishtirok etadi.
Qushlarning hazm qilish sistemasi og‘iz, halqum, qizilo‘ngach, bezli va muskulli oshqozon,
ingichka ichak, yo‘g‘on ichak va kloakadan iborat. Ularda uchishga moslanish imkonini bera-
digan o‘zgarishlar paydo bo‘lgan. Tishlari yo‘q, ichaklari qisqargan.
Ovqatni maydalashda
qizilo‘ngachdan hosil bo‘lgan jig‘ildon ham qatnashadi. Oshqozon muskullari kuchli rivojlan
-
gan. Qushlarda oziq tez hazm bo‘ladi. Bu esa hazm bezlarining faoliyati bilan bog‘liq. Jigar
-
da ishlab chiqariladigan o‘t suyuqligi va oshqozonosti bezi shirasi ingichka ichakka quyiladi.
Hazm bo‘lmagan oziq kloaka orqali tashqariga chiqariladi
(5.14-rasm)
.
5.14-rasm.
Qushlarning ovqat hazm
qilish organlari tuzilishi.
5.13-rasm.
Qisqichbaqaning ovqat hazm qilish organlari tuzilishi.
Oshqozon
Ichak
Og‘iz
Yashil
bez
Anal teshigi
yo‘g‘on ichak
orqa
chiqaruv
teshigi
ingichka
ichak
halqum
oshqozon
jigar
taloq
og‘iz va tishlar
oshqozonosti bezi
o‘t pufagi
jig‘il don
og‘iz
qizilo‘ngach
oshqozon
ingichka
ichak
kloaka
5.15-rasm.
Sut emizuvchilarning ovqat hazm qilish
organlari tuzilishi.
87
Sutemizuvchilarda oziqning xilmaxilligi tufayli hazm sistemasida moslanishlar paydo
bo‘lgan. Og‘iz bo‘shlig‘i muskulli lablar bilan o‘ralgan. Bu moslanish bolasini sut bilan boqish
hisobiga hosil bo‘lgan. Og‘iz bo‘shlig‘ida ixtisoslashgan tishlarning paydo bo‘lishi sutemizuv-
chilar hazm sistemasidagi
muhim moslanish hisoblanadi
(5.15-rasm)
. Ovqat hazm qilish sis
-
temasi og‘iz, qizilo‘ngach, oshqozon, ingichka, yo‘g‘on va to‘g‘ri ichakdan iborat. Ichaklarning
o‘lchami kattalashgan. Chuvalchangsimon o‘simta ham ovqat hazm qilishda qatnashadi. Kavsh
qaytaruvchi juft tuyoqlilarda oshqozon murakkab bo‘lib, oziqning hazm bo‘lishi oshqozonda
saprofit holda yashaydigan bakteriyalar va infuzoriyalar faoliyati hisobiga amalga oshadi.
Dostları ilə paylaş: