I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

XULOSA CHIQARAMIZ

Barcha tirik organizmlar kabi o‘simliklar ham oziqlanadi. O‘simliklar ildizi orqali mine-
ral oziqlanib, barglarida anorganik moddalardan organik modda sintez qiladi. Bu jarayonda 
quyosh energiyasidan foydalanadi. Bunday oziqlanish avtotrof oziqlanish deyiladi.
YANGI BILIMLARNI QO‘LLAYMIZ
Bilish va tushunish
1. O‘simliklarning oziqlanishida suvning qanday ahamiyati bor?
2. O‘simlik hayotida minerallarning yetishmasligi qanday namoyon bo‘ladi?
3. Fotosintezning tabiatdagi ahamiyatini aytib bering.
4. O‘simliklarning mineral oziqlanishi elementlarning davriy aylanishida qanday ahamiyatga ega?
Qo‘llash
. “O‘simliklarni o‘g‘itlashning zamonaviy 
usullari” mavzusida biologik esse yozing.
Tahlil
. Azotli go‘ng ishlab chiqarish dunyoning 
ko‘plab mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi sanoatining 
ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Buning sababini qanday 
izohlaysiz?
Sintez
. Azotli o‘g‘itlar o‘z ta’sirini uzoq saqlamaydi 
va tuproqda ko‘p to‘planmaydi. Buning sababi nima?
Baholash
. Mutaxassislar ammoniy sulfatni kul bilan 
birga ishlatmaslikni tavsiya qiladi. Siz bu fikrga qanday 
qaraysiz?
5.2. LOYIHA ISHI. 
MINERAL O‘G‘ITLARNING O‘SIMLIK RIVOJIGA TA’SIRINI O‘RGANISH
Maqsad:
o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga minerallarning ta’sirini o‘rganish.
Yashil o‘simliklar organizmidagi hayotiy jarayonlar uchun nafaqat uglevodlar, balki oqsil
-
lar, lipidlar, vitaminlar, fitogormonlar ham zarur. Bu moddalar tarkibiga uglerod, vodorod, 
kislorod, azot, oltingugurt, fosfor va boshqa elementlar kiradi. Bu elementlarni o‘simliklar 
mineral moddalar: sulfatlar, nitratlar, fosfatlar ko‘rinishida qabul qiladi. O‘simliklar suvda 
erigan mineral moddalarni tuproqdan shimib oladi.
Bizga kerak:
4 ta o‘rtacha kattalikdagi gultuvak, mayda toshchalar, boyitilmagan oddiy 
tuproq, kurakcha, suv purkagich, bulg‘or qalampiri urug‘i, 50 gr selitra, 500 gr organik o‘g‘it, 
tuxum po‘chog‘i, pista po‘chog‘i, plastik idishlar.

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin