77
V BOB
OZIQLANISH
5.1. ORGANIZMLARNING OZIQLANISHI
MUAMMONI ANIQLAYMIZ.
Iste’mol
qilinadigan oziq-
ovqat mahsulotlari tarkibini bila sizmi?
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ.
Barcha tirik organizmlar bilan atrof-muhit o‘rtasida
uzluksiz modda va energiya almashinuvi sodir bo‘ladi. Tirik organizmlardagi hayotiy jara yonlar,
ya’ni hujayralardagi organik moddalar sintezi, membrana orqali moddalar transporti, hujayralar-
ning o‘sishi va bo‘linishi, to‘qima
va organlar faoliyati, tana harorati
doimiyligini saqlash uchun
energiya zarur. Bu energiya oziq moddalarning parchalanishi jarayonida hosil bo‘ladi.
Tirik organizmlarning modda va energiyani o‘zlashtirishi
oziqlanish
deyiladi.
Oziq moddalar organizmning har bir hujayrasini energiya va qurilish materiallari bilan ta’min
-
laydi.
Oziqlanish tirik organizmlarning muhim fiziologik xususiyatidir.
Tabiatdagi barcha organizm
-
lar oziq manbai sifatida bir-biri bilan bog‘lanib, oziq to‘rini hosil qiladi
(5.1-rasm).
Oziq zanjirida
o‘simliklar – hosil qiluvchi (produtsent), hayvonlar – iste’mol qiluvchi (konsument), bakteriya va
zamburug‘lar – parchalovchi (redutsent) hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: