78
Golozoy oziqlanish bir necha bosqichdan iborat:
oziqning yutilishi, hazm qilish organlarida fermentlar
ta’sirida parchalanishi hamda qonga so‘rilishi. Oziqla-
nishning bu tipi odamlar va hayvonlarga xos. Golozoy
oziqlanishdan farqli ravishda, saprofit oziqlanish bos
-
qichlari quyidagi tartibda sodir bo‘ladi: hazm ferment
-
larining
tashqi muhitga ajralishi, oziqning ferment
-
lar ta’sirida
parchalanishi, organizm parchalanish
mahsulotlarini qabul qilishi.
Saprofit organizmlarga
qalpoqchali zamburug‘lar, bakteriyalar misol bo‘ladi.
Parazitlar xo‘jayin organizmidagi tayyor oziq mod
-
dalar hisobiga yashaydi. Parazit hayot kechirish ay
-
rim bakteriyalar (ko‘kyo‘tal, vabo, o‘lat,
qoqshol kabi
kasallik qo‘zg‘atuvchilar), zamburug‘lar (vertisillium,
qorakuya, zang zamburug‘lari), o‘simliklar (rafflezi
-
ya, devpechak,
zarpechak, shumg‘iya), protoktistalar
(leyshmaniya, bezgak paraziti, tripanosoma), hayvon-
lar (askarida, jigar qurti)ga xos.
Qaysi usulda oziqlanishdan qat’i nazar, organizmlarning normal
hayot faoliyati uchun
organik modda (oqsil, yog‘, uglevod va vitamin)lar, suv va minerallar zarur. Shu sababli bar
-
cha tirik organizmlar oziq moddalarga ehtiyoj sezadi. Oziq tarkibidagi organik moddalar, ya’ni
oqsil, yog‘, uglevod, vitaminlar, suv hamda minerallar ma’lum ahamiyatga ega.
O‘simliklar yashash uchun tashqi muhitdan zarur moddalar va energiyani o‘zlashtiradi
(5.2-rasm).
Bu moddalar o‘simlik hujayralarida o‘zgarishga uchraydi va o‘simlik
tanasi quri-
lishida ishtirok etuvchi moddalarga aylanadi. O‘simlik organizmi qurilishiga sarflanadigan mod
-
dalarni hosil qilish uchun energiya zarur. Masalan, hujayradagi barcha biokimyoviy jarayonlar
suvli muhitda kechadi, o‘tkazuvchi to‘qimalarda moddalar
suvda erigan holda tashiladi, suv
o‘simlikni qizib ketishdan saqlaydi
.
O‘simlik tanasida suv doimiy ravishda uzluksiz almashinib
turadi va bu jarayon
suv rejimi
deyiladi. Yuksak o‘simliklarda suv ildiz orqali shimiladi, shimil
-
gan suv o‘simlik tanasi bo‘ylab taqsimlanadi va barg og‘izchalari orqali bug‘lanadi
(5.3-rasm)
.
5.3-rasm.
O‘simliklarda suvning harakatlanishi.
Kislorod
Quyosh nuri
Karbonat
angidrid
Barglar orqali suv bug‘lanishi natijasida ildiz
orqali shimilgan suv yuqoriga ko‘tariladi
Poyadagi suv o‘tka-
zuvchi naylar
Poya orqali
suvning ha rakat
yo‘nalishi
Suv molekulalari
orasidagi vodorod
bog‘lar
Dostları ilə paylaş: