75
4. Lupa yordamida tana halqalarining qorin tomonida joylashgan tuklarni toping.
5. Chuvalchangni oyna ustiga va silliq bo‘lmagan qog‘oz ustiga qo‘yib, harakatini kuza ting.
Uning oyna ustida qiyin harakatlanishi sababini tushuntiring.
Tashqi tuzilishi
Qog‘oz ustida harakatlanishi
Oyna ustida harakatlanishi
6. Preparoval nina yoki qalam uchini chuvalchang tanasining turli joyiga tekkizib, chuval
-
changning ta’sirlanishini kuzating.
7. Chizg‘ich bilan chuvalchang tanasining uzunligini har xil holatda o‘lchab ko‘ring. Chuval
-
chang rasmini chizib, organlarini ko‘rsating.
8. Chuvalchangni tuproq ustiga qo‘yib, uning tuproq zarralari orasiga kirishini kuzating.
Natija:
yomg‘ir chuvalchangi harakatlanganida qorin tomonidagi tuklar tayanch vazifasini
bajaradi. Oyna yuzasi silliq bo‘lganligi uchun yomg‘ir chuvalchangi
tukchalari sirpanib keti
-
shi sababli qog‘ozga nisbatan qiyin harakatlanadi. Qalam uchini chuvalchang tanasining turli
qismlariga tekkizib ta’sir etilsa, tanasining o‘sha tomoni ta’sirlanib, har xil harakat qiladi.
Dostları ilə paylaş: