73
Serharakat hayot kechiradigan va ko‘pchiligi yirtqich bo‘lgan boshoyoqli mollyuskalarda
nerv sistemasi murakkab tuzilishga ega. Boshoyoqli mollyuskalarning
bosh qismida joylash
-
gan nerv tugunlari o‘zaro birlashib, “bosh miya”ni hosil qiladi.
Bo‘g‘imoyoqlilarning nerv sistemasi halqali chuvalchanglarning nerv sistemasiga o‘xshash,
lekin funksional jihatdan takomillashgan, qorin nerv zanjiridagi juft nerv tugunlari qo‘shilishi
natijasida nerv tugunlari yiriklashgan. Ularning bosh bo‘limida asosiy sezgi organlari joylash-
ganligi sababli nerv markazlarining hajmi kattalashgan.
Dostları ilə paylaş: