69
Shu bilan birga, odam va hayvonlarning hayoti davomida hosil bo‘ladigan
reflekslar ham
bor. Agar akvariumdagi baliqchalarga chiroq yoqib oziq berilsa va oziqlantirish shu tarzda bir
necha bor takrorlansa, baliqchalarda shartli refleks hosil bo‘ladi. Baliqchalar chiroq yoqilishi
bilan oziq berilmasa ham suzib kela boshlaydi. Hosil bo‘lgan bunday reflekslar
shartli ref leks
lar
deyiladi. Shartli reflekslar nasldan naslga o‘tmaydi va uzoq saqlanib qolmaydi. Shartli refleks-
lar hosil bo‘lishida markaziy nerv sistemasi bosh miya yarimsharlarining po‘stlog‘idagi nerv
markazlari ishtirok etadi. Вunday reflekslar odam yoki hayvonlar hayotida doimiy bo‘lmaydi,
ma’lum vaqt oralig‘ida takrorlanmasa, yo‘qolib ketadi. Shartli reflekslarga ham ko‘plab misol
-
lar keltirish mumkin. Hayoti davomida qush o‘ziga zarur oziqni farqlashni o‘rganadi. Odam
hayoti davomida gapirishni, o‘qish va yozishni o‘rganadi, mehnat qiladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, shartli reflekslar hosil bo‘lishida organizmning yoshi,
fiziologik
xususiyatlari, qobiliyati, yashash sharoiti kabi omillar muhim rol o‘ynaydi.
Dostları ilə paylaş: