67
IV BOB
KOORDINATSIYA VA O‘Z-O‘ZINI BOSHQARISH
4.1. TIRIK ORGANIZMLARNING O‘Z-O‘ZINI BOSHQARISHI
MUAMMONI ANIQLAYMIZ.
Koordinatsiya nima? O‘z-
o‘zini boshqarishda nerv sistemasi ning o‘rni qanday?
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ.
Nerv sistemasi
tirik organizmlar hayotiy jara yonlarini boshqaradi va organizmlarning o‘zaro
hamda tashqi
muhit bilan munosabatlarini muvofiqlash tiradi.
Neyronlarning tuzilishi va turlari.
Neyronlar va neyrogliya hujayralari nerv to‘qimasi-
ning asosini tashkil etadi. Neyronlar – nerv sistemasining tuzilishi va funksional birligi hi-
soblanadi. Neyronlar organizmdagi boshqa hujayralar kabi membrana, sitoplazma, yadrodan
tuzilgan. Neyronlar hajmi, shakli va joylashishiga qarab bir-biridan farqlansa-da, deyarli barcha
neyronlar uchta muhim qismdan
– hujayra tanasi, akson
va
dendrit
lardan tuzilgan. Neyronlar
odatda bitta uzun o‘simta – aksonga ega. Dendritlar esa kalta o‘simtalardir. Neyronlarning
kalta o‘simtalari kulrang tusga ega bo‘ladi
(4.1-rasm)
.
4.1-rasm.
Nerv hujayrasi (neyron) tuzilishi.
Neyronlar tuzilishi va funksiyasiga ko‘ra sezuvchi, oraliq
va harakatlantiruvchi neyronlarga ajratiladi.
Sezuvchi ney-
ronlar
nerv signallarini sezgi organlaridan bosh va orqa mi
-
yaga uzatadi.
Oraliq neyronlar
markaziy nerv sistemasida
sezuvchi va harakatlantiruvchi neyronlar oralig‘ida joylash
-
gan. Sinapslar yordamida qo‘zg‘alish
oraliq neyron orqali
sezuvchi neyrondan harakatlantiruvchi neyronga o‘tkazila
-
di. Oraliq neyronlar tanasi va o‘simtalari markaziy nerv sis
-
temasidan chetga chiqmaydi.
Harakatlantiruvchi neyronlar
nerv impulslarini markaziy nerv sistemasidan organlarga
va muskullarga o‘tkazadi.
Dostları ilə paylaş: