63
normal kechishini ta’minlaydi. Yadro irsiy axborotni saqlash va nasldan naslga o‘tkazish, oqsil
sintezini boshqarish funksiyalarini bajaradi.
To‘qima.
Hayvon organizmi – ko‘p hujayrali yaxlit biologik sistema. Uning har bir hujayrasi
ko‘p hujayrali organizmga xos bo‘lgan barcha fiziologik jarayonlarni amalga oshira olmaydi.
Ko‘p hujayrali organizmda hujayralar ayrim bir hujayraga nisbatan samarali va unumli faoliyat
yurituvchi funksional tizim – to‘qimalarga birlashadi.
To‘qima hujayralar hamda ular ishlab chiqaradigan hujayralararo moddadan tashkil topgan
biologik sistema hisoblanadi. Har bir to‘qimadagi hujayralar soni va hujayralararo moddaning
nisbati har xil bo‘ladi. Bu esa to‘qimaning muhim xususiyatlaridan biri bo‘lib, uning yagona
funksional birlik sifatida ishlashini ta’minlaydi. Masalan qon ichki muhit to‘qimasi (birikti-
ruvchi to‘qima) bo‘lib, qon hujayralari, ya’ni eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlardan hamda
hujayralararo modda – plazmadan tashkil topadi.
Organ.
Organ – organizmning o‘ziga xos tuzilishga ega, muayyan vazifani bajaradigan
tarkibiy qismi. Organ ma’lum funksiyani bajarishga moslashgan turli xil hujayralar va to‘qima
-
lar to‘plamidan iborat. Masalan, o‘pka –
nafas olish organi, oshqozon – ovqat hazm qilish
organi. Har bir organ bir necha xil to‘qimalardan iborat. Organning faoliyati uni tashkil etuvchi
to‘qimalarning muvofiqlashgan tarzda ishlashiga bog‘liq.
Organlar sistemasi.
Har bir organ o‘zi
alohida emas, balki boshqa organlar bilan funk
-
sional jihatdan o‘zaro bog‘liq holda ishlaydi. Bir xil vazifani bajaruvchi
bir nechta organlar
yig‘indisi
organlar sistemasi
deb ataladi.
Burun bo‘shlig‘i, hiqildoq, traxeya,
bronxlar, o‘pkalar nafas olish organlari sistemasini
tashkil etadi. Yurak,
arteriya, vena qontomirlari qon aylanish sistemasi organlaridir. Ko‘p
hujayrali hayvonlarda hayotiy jarayonlarning borishi organlar sistemalari faoliyati bilan
ta’minlanadi. Organlar sistemalari bajaradigan vazifalariga qarab nomlanadi. Odam va hay
-
vonlarda 1)
tayanch-harakat sistemasi; 2) nafas olish sistemasi; 3)
ovqat hazm qilish sis
-
temasi; 4) qon aylanish sistemasi; 5) ayirish sistemasi; 6) reproduktiv sistema; 7) nerv sis
-
temasi; 8) endokrin sistemasi; 9) immun sistemasi rivojlangan.
Organizm
Organlar sistemasi
Organ
To‘qima
Hujayra
Molekula
Ovqat hazm qilish sistemasi
Qon aylanish sistemasi
Nerv sistemasi